1 / 39

O ‘ qituvchi: J. Sherqulova

O ‘ ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O ‘ RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI. QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI. BOTANIKA KAFEDRASI.

lilian
Download Presentation

O ‘ qituvchi: J. Sherqulova

An Image/Link below is provided (as is) to download presentation Download Policy: Content on the Website is provided to you AS IS for your information and personal use and may not be sold / licensed / shared on other websites without getting consent from its author. Content is provided to you AS IS for your information and personal use only. Download presentation by click this link. While downloading, if for some reason you are not able to download a presentation, the publisher may have deleted the file from their server. During download, if you can't get a presentation, the file might be deleted by the publisher.

E N D

Presentation Transcript


  1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIYVAO‘RTA MAXSUS TA’LIMVAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI BOTANIKA KAFEDRASI Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti 2-kurs biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Mikrobiologiya va virusologiya” fanidan “Viruslar va bakteriofaglar”mavzusida OCHIQ DARS O‘qituvchi: J. Sherqulova

  2. Reja: 1. Viruslarning rivojlanishi tarixi 2. Viruslarning tuzilishiva ko’payishi 3. Viruslarning klassifikatsiyasi va virusli kasalliklar 4. OITV – Odamimmuntanqislikvirusi 5. Bakteriofaglar haqida umumiy tushuncha 6. Xulosa 7. OITS haqida qisqa metrajli filmlar

  3. 1. Viruslarning ochilish tarixi Viruslar alohida bir guruh mikroorganizmlar bo‘lib, boshqa mikroorganzmlardan o‘zining fiziologik va morfologik tuzilishi bilan farq qiladi. Odam, hayvon va o‘simliklarda ma’lum bo‘lgan ko‘pchilik kasalliklarningqo‘zg‘atuvchilari oddiy mikroskopda ko‘rinmaydi. Shuning uchun L.Paster bunday kasalliklarga bakteriyalardan bir necha yuz marta kichik bo‘lgan ma’lum mikroorganizmlar sababchi bo‘ladi, deb taxmin qilgan edi. Viruslarni birinchi marta 1892-yilda rus olimi D.I.Ivanovskiy tamaki o‘simligida uchraydigan kasallikni tekshirib, unga tamaki mozaykasi deb nom beradi. Ivanovskiy o‘z tajribasida Mozayka kasalligi bilan kasallangan tamaki bargidan shirani ajratib olib, uni juda ham mayda bakteriyalar ham o‘ta olmaydigan Shamberlen filtridan o‘tkazadi. Ana shu filtratdan olib sog‘ tamaki o‘simligiga tekkizganda o‘simlikning kasal bo‘lganligi aniqlandi. Buni suyuq yoki filtrlanuvchi virus deb ataydi. Ivanovskiyning yuqoridagi kashfiyoti biologiyada hozirgi virusologiya fanining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. D.I. Ivanovskiy 1898-yilda Gollandiya olimi Beyyerink ham viruslar to‘g‘risida ish olib borib, hayvonlarda yashur kasalligini filtrdan o‘tuvchi viruslar tarqatishini aniqlaydi. Shunday qilib, D.I.Ivanovskiy va Beyyerinklarningilmiyishlari o‘simlik va hayvonlardagi viruslarni o‘rganishga asos solgan bo‘lsa, E..Djenner, F.Leffler va P.Frosh va doshqaolimlar virusli kasalliklarni o‘rganish sohasida katta va samarali ish qildilar. Hozirgi paytda viruslarning odam va hayvonlarda turli kasalliklar qo‘zg‘atuvchi 1000 dan, o‘simliklarda 800 dan ortiq turi ma’lum.

  4. 2. Viruslarning tuzilishi va rivojlanishi Viruslar juda ham mayda bo‘lib, oddiy mikroskopda ko‘rinmaydi, ularni faqat 1000 va 10000 marta katta qilib ko‘rsatadigan elektron mikroskopdako‘rish mumkin.Shuning uchun ularning kattaligi millimikron yoki nanomikron bilan o‘lchanadi. Virus–lotincha “zahar” degan ma’noni bildiradi. Chunki viruslar o‘zidan zahar chiqarib ko‘pgina o‘simliklar, hayvonlarda va odamlarda turli: ya’ni o’simliklardaqand lavlagining sariq virusi, kartoshka bargining buralishi virusi, bеda jaroxati shishi, bеda mozaikasi virusi,hayvonlarda va odamdaesa gripp, qizamiq, chechak, suvchechak, quturish kabi kasalliklarni keltiribchiqaradi. Viruslarquyidagi shakllarda bo‘lishi aniqlangan. Masalan, tayoqchasimon, sharsimon, kubsimon, ipsimon shakllarda bo‘ladi.

  5. Umuman viruslarga xos xususiyatlar quyidagilar: • 1)viruslarning kattaligi 7-20 nm dan 250-360 nm gacha; • 2) filtrlardan, ya’ni bakteriyalarni tutib qoladigan filtrlardan bemalol o‘tib ketadi; • 3)hujayraviy tuzilishga ega emas; • 4) sun’iy oziq muhitida rivojlanmaydi; • 5)faqat tirik hujayralarda parazit holda rivojlanadi va shu hujayradagi moddalar almashinuvi jarayonini o‘z foydasiga o‘zlashrtiradi. • 6) tovuq embrionida va boshqa rivojlanuvchi organizmlarda o‘sa oladi.

  6. Viruslarning hujayradan tashqarisidagi formasini virion deb, hujayra ichidagi formasini esa virus deb yuritiladi. Turli viruslar juda ko‘p tekshirilishi natijasida ularning murakkab tuzilganligi aniqlanadi, masalan, viruslar juda ko‘p bo‘lishiga qaramasdan har qaysi virus tashqi tomondan ichki moddalarini saqlab turadigan parda bilan o‘ralgandir.Eng oddiy viruslar yoki o‘simlik viruslari faqat nuleoproteidlardan iborat bo‘lib, ularning tarkibi RNK va oqsildan iboratdir. Odam va hayvon viruslari, ya’ni yirik viruslar ancha murakkabroq tuzilgan bo‘lib, tarkibida nuklein kislotalar DNK va RNK, oqsil, lipidlar, mis, biotin va polisaxaridlar ham uchraydi. Hozirgi aniqlangan viruslardan faqat gripp kasalini tarqatuvchi virusda RNK bor,boshqa hamma hayvon va odamlarda kasallik qo‘zg‘aydigan viruslarda DNK borligi aniqlangan. Keyingi tekshirishlarda ayrim viruslarda fermet borligi ham aniqlangan. Masalan, gripp viruslarida neyraminidaza fermenti borligi aniqlangan.

  7. Oddiyvironlar-nuklein kislota va uni zich o‘rab turgan oqsil qobig‘i –kapsiddan iborat. Vironlarning kapsidlari o‘z navbatida ketma –ket keluvchi subbirliklardan iborat bo‘lib, ularni kapsomerlar deb ataladi. Kapsomerlarni elektron mikroskopdako‘rish mumkin, har bir vironlaruchun kapsomerlarni soni ularga xos hisoblanadi. Masalan, adenoviruslar 252 ta, pikornoviruslarda 60 ta, kapsomerlar tutadi. Nuklein kislota va kapsomer o‘zaro birikib virusni nukleokapsidni hosil qiladi. Kapsida ichida joylashgan nuklein kislota - nuklsokapsid ba’zi vakillarda (tamaki mozaikasi virusida, adenoviruslarda) oqsil qobiqqa tegib tursa, boshqalarida (gripp,gepes viruslarida) qobiqdan alohida membrana bilan ajralgan bo‘ladi.Murakkab viruslarni nukleokapsidi tashqi tomondan lipoprotenli qobiq bilan o‘ralgan bo‘lib, superkapsid yoki peplos deb nomlanadi.

  8. Viruslarning kattaligi quyidagi usullar bilan aniqlanadi: 1) viruslarning kattaligini elektron mikroskopda o‘lchab aniqlash; 2) viruslarning kattaligini filtrdan o‘tkazib aniqlash usuli. Bunday usulda filtrning teshiklariavvaldan aniqlangan bo‘lishi kerak; 3) viruslarni kattaligini ultrasentrafuga usuli bilan aniqlash mumkin. Bunga ultrasentrafuga 1 minutda 60 ming marta aylantirilib virus zarrachalari cho‘ktiriladi; 4) viruslarning kattaligini diffuziya qilish usuli bilan ham aniqlash mumkin. Lekin bu usul unchalik ishonchli emas. Ana shunday usullar yordamida hozirgi vaqtda juda ko‘p viruslarni kattaligi aniqlangan.

  9. 2.1. Viruslarning ko’payishi Viruslar sun’iy oziq muhitida rivojlanmaydi. Viruslar organizmdagi ba’zi to‘qimalarga kirib hujayra ichida oladi. Shuning uchun viruslarni ko‘paytirish va o‘stirishda tovuq embrioni hamda hayvon to‘qimalaridan (buyrak) foydalaniladi. Hozirgi vaqtda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul – viruslarni tovuq embrionida o‘stirish usulidir. Buning uchun urug‘langan tuxum 8-10 kun inkubatorga qo‘yiladi, tuxum po‘stidan embrion yaxshi ko‘rinib qolgandan keyin virus maxsus igna orqali tovuq tuxumining sarig‘iga yuboriladi, igna bilan teshilgan joy bekitiladi, tuxum yana inkubatorga qo‘yiladi. Ana shu yo‘l bilan virus embrion to‘qimalari va pardalarida ko‘paytiriladi. Tovuq embrioning virus yuqtirish yo‘llari.

  10. Virusning sezgir hujayraga ta’siri 5 davrga bo‘linadi: • Adsorbsiya, bunda virus zarrachalari tuxum embrion hujayralariga shimiladi. • Hujayra ichiga kiradi. • Virus zarrachasining asosiy qismlari sintezlanadi. • Tuxum ichida bir butun virus zarrachasi tashkil qilinadi. • Hosil bo‘lgan viruslarning zarrachalari hujayradan ajralib chiqadi. • Ko‘pchilik kasallik qo‘zg‘atuvchi viruslar tovuq embrionida rivojlantirilib, ulardan itlarning o‘latiga, odam va parrandalarning chechak, qoramollarning o‘lat kasalliklariga qarshi vaksinalar tayyorlanadi. • Viruslar bakteriyalarga o‘xshash antigenlik xususiyatiga ega. Shuning uchun virusli infeksiyalardan keyin kasallikdan tuzalgan organizmda virusni neytrallovchi modda (antitelo) to‘planadi va natijada organizm immunitetli bo‘ladi. Virus organizmga kirgandan keyin 18-24 soat ichida viruslarni neytrallovchi maxsus antitelolar hosil bo‘ladi. • Viruslarning chidamliligi. Barcha viruslar past temperaturaga chidamli bo‘ladi -20-70°C sovuqda viruslar yillab o‘lmaydi. Yuqori temperaturaga juda ham sezgir bo‘ladi, ayniqsa qaynatilganda darhol halok bo‘ladi. Quyosh nuri va dizenfiksiyalovchi moddalardan formalin, xloramin, fenol va boshqa eritmalar viruslarni o‘ldiradi.

  11. Virusni hujayraga kirishi

  12. 3. Viruslar klassifikatsiyasi va virusli kasalliklar 1966-yili Moskvada bо‘lib о‘tganIX Xalqaro mikrobiologlar kongressida viruslarning yangi klassifikatsiyasi qabul qilingan. Ushbu klassifikatsiya viruslar morfologiyasiga tarkibida DNK va RNK borligiga asoslanib tuzilgan. 3.1. Tarkibida DNK bo‘lgan viruslar P o k s v i r u s l a r 1. Chin chechak virusi 2. Gerpes virusi 3. Suv chechak virusi A d e n o v i r u s l a r 1. Adenovirus infeksiyasini vujudga keltiruvchilar. F a g l a r 1. Bakteriofaglar (bakteriyalar virusi) 2. Sianofaglar (ko‘k yashil suv o‘tlar virusi) 3. Aktinofaglar (aktinomitsstlar virusi)

  13. 3.2. Tarkibida RNK bo‘lgan viruslar M i k s o v i r u s l a r 1. Gripp virusi 2. Qizamiq virusi 3. Quturish virusi R i o v i r u s l a r- yomon shish kasalliklarini qo'zg'atadi P i k o r n o v i r u s l a r 1. Oqsil virusi

  14. A r b o v i r u s l a r Bular toq tuyoqli hayvonlarda Afrika o‘lati kasalligini qo‘zg‘atuvchilardir.

  15. 3.3. Virusli kasalliklar Virusli kasalliklar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, odam, o‘simlik va hayvonlarning yuzlab kasalliklarini viruslar qo‘zgatadi. Viruslar nihoyatda ko‘p suyuqlikka aralashtirilganda ham aktivligini yo‘qotmaydi, masalan, tamakining oddiy mozaykasi virusi 109 marta suyultirilganda ham o‘simliklarni zararlash xususiyatini yo‘qotmagan. Ayrim infeksiya davrida hujayralarda viruslar soni juda ko‘payib ketadi. Tamaki mozaykasi bilan zararlangan tamaki bargida barg vaznining 10% ni (quruq modda hisobida) virus tashkil etadi, 1 l o‘simlik shirasida esa taxminan 2 g virus bo‘ladi. Fitopatogen viruslar. O‘simliklarni kasallantiradigan viruslar fitopatogen viruslar deb ataladi va tarkibiga RNK kirishi bilan xarakterlanadi; shu bilan birga hayvonlar bilan odamni kasallantiradigan viruslarga tarkibida DNK to‘tuvchi viruslar kiradi. Fitopatogen viruslarning yana bir xususiyati viruslarning o‘simliklarga faqat shikastlangan joydan kirishidir. Viruslar o‘simliklar hujayrasiga kirib, u yerda ko‘payadi va moddalar almashinuvini buzib, o‘simliklarni kasallantiradi. Virusli kasalliklarning belgilari juda o‘ziga xos bo‘lib, ko‘p hollarda ularni zamburug‘ va bakteriyali kasallik belgilaridan farq qilish mumkin. O‘simliklarning virusli kasalliklarini tashqi belgilariga qarab ikki katta guruhga – mozayka va sariq kasalligiga bo‘lish mumkin. Mozayka kasalligida barglar (kamdan-kam boshqa organlar) mozaykasi kuzatiladi; bunda barg plastinkasining bir qismi tiniq yashil rangini saqlaydi, boshqa qismi och yashil yoki sariq rangga kiradi. Bunda barg olachipor, mozaykali bo‘lib ko‘rinadi. Viruslar o‘simliklarda yana ham kuchli o‘zgarishlar hosil qilishi mumkin, masalan, past bo‘ylilik barglarning maydalanishi, buralishi va shaklining o‘zgarishi, qing‘ir-qiyshiqligi, gullarning ko‘karishi va hokazo.

  16. Loviya barqining mozaykasi - Nicotiana virus Uzum bargi -Mozaykasi kasalligi – Vitis virus.

  17. Viruslar odam va hayvonlarda ham turli kasallkni qo‘zgatadi. Gripp virusi (sharsimon), Hayvonlar chinchechak virusi, gepatit viruslari, OITV – Odam immun tanqislik virusi kabi kasallklarni keltirib chiqaradi. Gepatitviruslari Hozirgi kunda gepatit viruslarini 8 ta A, B, C, D, F, G, H, TTV tiplari ma’lum, bulardaeng ko‘p A, B va C viruslari kasallik keltirib chiqaradi. Gepatit viruslari sog‘liqni saqlash tizimining asosiy muammolaridan biri hisoblanadi.Ba’zi bir davlatlarda esa bu milliy davlat muammosiga aylangan. Gepatit kasalliklari eng qadimiy kasalliklardan hisoblanib, bu to‘g‘risidaGippokrathamyozibqoldirgan.Ibn Sino sariq kasalligi to‘g‘risida yozib: bu kasallik ko‘plab jigar jarohatlanish kasalliklarining klinik ko‘rinishi deb aytgan. 1973y-Feyston S. Elektron mikroskopda topgan -Morfologiyasi: Sferik shaklda 27nm-Genomi: bir ipli (+)RNK. Superkapsidi yо‘q Simmetri tipi – kubsimonKapsid о‘zini tarkibida 32 ta kapsomer tutadi4-ta proteyindan tarkib topgan (VP1-VP4)-1980y xujayra kulturasida va xozirgi kunga kelib kuk martishka maymunini buyrak xujayralarida kо‘paytiriladi-Chidamliligi: Yuqori xaroratga о‘ta chidamli, organik erituvchilarga ham chidamli, xona xaroratida bir necha xafta yashashi mumkin4-12soatda yо‘qotadi85-da 1 necha minutda о‘ladi, Xlor preparatlariga chidamsiz. Sariqlik davri eng xavfli davri xisoblanadi Immuniteti-Kuchli va uzoq qoladi-Profilaktikasi Vaksinatsiya, γ-globulin Gepatit A virusi

  18. Gepatit В virusi 1963-yil Blumberg qon zardobidan topgan 1970-yil Deyna elektron mikroskopda topgan (Deyna bo‘l.) Morfologiyasi: Sharsimon 42-45 nm. • Diyametri- 27 нм Genomi: - 2 ipli DNK – zanjir xaqasimon. DNK-polimeraza fermenti to‘ldiradi. 4-gen (S, C, P,X)

  19. Gepatit C virusi Tashqi tamondan ko‘rinishi kichik sferik shakildagi virus, tashqi qobig‘i superkapsidi bor.Virus genomi bir ipli fragmentlanmagan (+) ipli RNK. Tarkibida 8 tadan kam bo‘lmagan genlar tutadi.3 geni struktura oqsllarini sentizida qatnashadi, qolgan genlar strukturaga ta’luqli bulmagan oqsillarni sintezlaydi.

  20. OITV – Odamimmuntanqislikvirusi • Ushbu virus ilk bor 1980-yilda AQSH va keyinchalik Fransiyada OITS ko‘rinishidagikasallik sifatida ro’yxatiga olingan. • Virion sharsimon o‘lchami- 100 nm. • Murakkab tuzilgan- mag‘iz va tashqiy qobig‘dan iborat • Mag‘iz qismi kesilgan konusni eslatadi delta ikosaedra tuzilishiga ega. • Virioni hamma oqsillari uning antigeni ham xisoblanadi. • OITVkasalligining epidemiologik holati: • O‘zbekistonda 68homiladorayollarda OITV aniqlangan; • 2005-yilda umuman OITV ni yuqtirgan odamlar soni 5612 ta bo‘lib,shulardan 32 tasi bolalardir. • 2004-yilda aniqlangan bemorlar soni esa 2016 ta.

  21. 4. Bakteriofaglar haqida umumiy tushuncha Bakteriofaglar ham viruslarning bir turi bo‘lib, faqat bakteriyalarning, zamburug‘larning va aktinomitsetlarning virusidir. Bakteriofag«fagos» - grekcha so‘z bo‘lib, “yemiraman” degan ma’noni anglatadi. Bakteriyalarda boshqa turli tirik mavjudotlarga o‘xshash o‘zining paraziti bo‘ladi va bu bakteriofag deyiladi. Bakteriofaglarni birinchi bo‘lib rus biologi Gamaleya (1898) va ingliz olimi Tuort (1915) aniqlaydi, lekin ular buni atroflicha tekshirmaydilar. 1917-yili fransiyalik olim D.Erell dezinteriya kasalligi bilan kasallangan odamning axlatini tekshirib, axlatda filtrdan o‘tuvchi qandaydir narsalar borligini va ana shu narsa dezinteriya (ichburug‘) kasalligini qo‘zg‘atuvchi bakteriyani eritib, kasalning tuzalishiga yordam berishini aniqlaydi. Ana shu filtrdan o‘tuvchi narsaga «bakterio­fag» deb nom berdi. Bakteriofag ta’sirida bakteriyalarning erib ketishi bakteriofagiya hodisasi deyiladi.

  22. 4.1. Bakteriofaglarning morfologiyasi, tuzilishi va ko‘payishi Fagning morfologiyasi. Tekshiruvchi olimlar bakteriofagning korpuskulyar zarrachalardan iborat ekanligini isbotladilar. Bakteriofagning kattaligi juda mayda bo‘lib, 8-10 mmk gacha ayrimlari 200-300 nm gacha bo‘lishi elektron mikroskopda aniqlangan. Elektron mikroskopda fagning shakli spermatozoidga va baraban tayoqchasiga o‘xshash ekanligi hamda sharsimon, tayoqchasimon shakllari bo‘lishi aniqlandi. Elektron mikroskopda fagning 2 qismdan: 1) bosh qism 2) dum qismdan iboratligi tekshirilib rasmga olingan. Bakteriofagning bosh qismi oqsillardan tuzilgan, bu oqsil asosan DNK va RNK lardan iboratdir. Ayrim faglar tarkibida DNK ning miqdori 37-42%ga boradi, bakteriyalar tanasida DNK 5-6%ni tashkil etadi. Bakteriofag bosh qismining markazida nuklein kislotalar ipi, ya’ni DNK turadi.DNKni oqsil pardasi hamma tomondan o‘rab turadi. Dum qismi atrofida spiral prujinaga o‘xshash plastinka joylashgan, ana shu plastinkaga bakteriofag dumining iplari yopishadi.

  23. Dum bakteriofagning bakteriya hujayrasiga yopishib, uni teshib ichiga kirish vazifasini bajaradi. Ya’ni bakteriofag bakteriyaga yopishgandan keyin ana shu dum xuddi ignaga o‘xshab bakteriya hujayrasini teshadi. Natijada bakteriofag DNKsi shu teshik orqali bakteriya hujayrasining ichiga o‘tadi va bakteriofag shu yerda ko‘paya boshlaydi. Yana shu narsa aniqlandiki, bakteriofag bakteriyaga kirganida, fagning faqat DNKsi kiradi. DNKni o‘rab turgan oqsil pardasi bakteriya hujayrasiga kirmasdan tashqariga qolar ekan. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, faglarda irsiy xabar faqat DNK orqali amalga oshar ekan, ya’ni faglar DNK orqali ko‘payar ekan.

  24. 4.2. Bakteriofagning bakteriya hujayrasiga kirisihi va yerda ko‘payishining fazalari Bakteriofag bakteriya hujayrasiga kirgandan keyin fagning nuklein kislotalarining ipi ko‘payib, juda ko‘p DNK iplarini hosil qiladi. Shu DNK iplari bakteriofaglarga aylanadi va bakteriya hujayrasini yemirib tashqariga chiqib, yangi bakteriya hujayralariga yuqa boshlaydi yoki fagning bakteriya tanasiga kirib, u yerda ko‘payishi 4 fazadan iborat ekanligi aniqlangan. 1-faza. Bunda fag zarrachasi bakteriyaning tanasiga kelib, dum qismi bilan yopishadi. 2-faza. Fag bakteriya hujayrasini teshik, o‘zining bosh qismidagi DNKni shprits singari hujayra ichiga yuboradi. 3-faza. Bakteriya ichiga kirgan fag bakteriya hisobida oziqlanib, u yerda ko‘paya boshlaydi va maxsus ferment hosil qilib, bakteriya hujayrasining oqsil moddalarini eritib hazm qiladi. 4-faza. Bakteriofag zarrachalari ko‘paygan sari bakteriya ichida bosim ortadi, bakteriya tanasi shishib, bakteriyaning shakli o‘zgaradi va nihoyat bakteriya hujayrasi yorilib o‘ladi. Yorilgan bakteriya ichidan yosh bakteriofag zarrachalari chiqib, boshqa bakteriyalarni zararlayveradi.

  25. 4.3. Bateriofaglarningxususiyatlari Bakteriofagning asosiy xususiyatlaridan biri shuki, bir xil bakteriofag bir xil bakteriyalardagina yashab, faqat shu bakteriyalarni eritib yubora oladi. Ana shu xususiyatga bakteriofaglarning aspetsifiklik xususiyati deyiladi. Masalan, dezinteriya bakteriofagi faqat dezinteriya bakteriyasida yashay oladi. Yoki dezinteriya bakturiofagi qorin tifi bakteriyasida yashay olmaydi. Shuning uchun har bir bakteriyaning o‘zining bakteriofagi bor. Stafilakokk bakteriofag, vabo bakteriofagi, qorin tifi bakteriofagi va boshqalar. Shuning uchun ham ayrim ya’ni bir turdagi bakteriyaga ta’sir etuvchi bakteriofagga monovalentlikfag deyiladi. Fagning bunday xususiyatiga tor doiradagi xususiyat deyiladi. Arim faglar borki, ular bir nechta bakteriyaga ta’sir etishi mumkin. Bunday faglar polivalentli faglar yoki keng doirada ta’sir etuvchi faglar deb ataladi. Bakteriofagning yana bir xususiyati shundan iboratki, u antigenlik xususiyatiga ham egadir. Fagning antigenlik xususiyatini quyidagi misoldan bilish mumkin. Bir xil fagni quyonga yuborsak, quyon organizmida shu fagga qarshi neytrallovchi modda (antilizin) hosil bo‘ladi. Ana shu fag qarshi quyon uzoq vaqt immunizatsiya qilinsa, keyinchalik quyonning qon zardobi ana shu fagni neytrallash kuchiga ega bo‘ladi. Masalan, Petri kosachasidagi qattiq oziq muhitga quyon zardobidan qo‘shib va unga quyonga yoborilgan fag ham qushilib, keyin kosachaga shu fagta’sirida erib ketadigan bakteriya ekilsa, bu bakteriya fag ta’sirida erib ketmasdankoloniyalar hosil qilib o‘saveradi. Buning sababi shuki, quyon zardobida maxsus moddalar (antilizinlar) fagni neytrallab qo‘yadi, ya’ni fagni ko‘payishga qo‘ymaydi. Quyon yuqoridagidek fag bilan immunizatsiya qilinganda shu fagga qarshi neytrallovchi modda hosil bo‘lishi - fagning antigenlik xususiyat borligini ko‘rsatadi.

  26. 4.4. Bakteriofagning chidamliligi Bakteriofagning kimyoviy va fizikaviy omillarga chidamliligi har xildir. Bakteriofagning issiqlikka chidamliligi xuddi viruslardagidek bo‘lib, ko‘pchilik faglar 65-80°C issiqda bo‘lganda kuchsizlanadi. 50-55°C issiqda ba’zi fagning aktivligi pasayishi mumkin. Har xil faglarning temperaturaga chidamliligi turlicha bo‘ladi. Masalan, stafilokokk fagi – 60-62°C, ichak tayoqchasi fagi +70-75°C issiqlikka chidashi mumkin. Fagning issiqda chidamliligi oziq muhitning rN iga va tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan aktivligini yo‘qotgan fagning kuchini qayta tiklash mumkin. Buning uchun kuchsizlangan fag o‘z bakteriyasiga bir necha marta aralashtirilsa (massaj qilinsa) fag qaytadan kuchli bo‘lishi mumkin. Bakteriofaglar sovuqqa ancha chidamli bo‘ladi – 185°C sovuqda ham o‘z aktivligini yo‘qotmasligi mumkin. Bakteriofag qurg‘oqchilikka ham ancha chidamli bo‘ladi. Shundan foydalanib, hozirgi vaqtda ichburuqqa qarshi ishlatiladigan fagni quruq holda qo‘llanilmoqda. Ultrabinafsha nuri bakteriofagni 10-15 minutda, tik tushgan quyosh nuri esa 2-3 soatda o‘ldiradi. Bakteriyalarning vegetativ shakllariga qaraganda faglar ko‘pchilik kimyoviy dezinfektorlarga ancha chidamlidir. Ular kislotali muhitda tez nobud bo‘ladi, kuchsiz ishkoriy muhitga esa ancha chidamlidir. 1% fenol bir necha kunda, ba’zan bir haftada fagning aktivligini yo‘qota oladi. Spirt, efir va xloroform fagning kuchini juda kam o‘zgartiradi. 1% li formalin ta’sirida fag bir necha minut ichida aktivligini yo‘qotadi. Fag oshqozondagi xlorid kislota ta’siriga chidamsizdir. Yuqori darajada konsentratsiyalangan glitserin ham fagni o‘ldiradi. Bakteriofagning yana bir xususiyati shuki, u bakteriyaga spetsifik ta’sir etish bilan birga, boshqa mikrobni ham lizis qilishga moslana oladi. Uning bu xususiyati adaptatsiya deyiladi.

  27. 4.5. Bakteriofagning tarqalishi va uni ajratib olish usullari Bakteriofag tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, bakteriyalar bor joyda uchraydi. Bakteriofag chiqindi suvda, ariq, daryo, quduq, anhor suvlarida, ko‘l va dengizlarda juda ko‘p uchraydi. So‘nggi vaqtlarda har turli patogenli mikroblarga qarshilik ko‘rsatadigan bakteriofag topilgan. Bakteriofag odam va hayvonlar ichagida ham doimo bo‘ladi. Kasal odam va hayvonlarning qonida, balg‘amida, yiringida ham bakteriofag bo‘ladi. Kasal odam va hayvon sog‘ayganda ularning organizmida fag juda ham ko‘paygan bo‘ladi va uni bu davrda osonlik bilan topish mumkin. Bakteriofag sutda va pishloqda ham uchraydi. Kasal organizmdan topilgan patogenli mikrobning kulturasi bir necha yil muzda saqlansa, bora-bora bunday kulturada ham bakteriofag paydo bo‘ladi. Umuman qayerda mikrob bo‘lsa,o‘sha yerda fag ham topilishi mumkin. Bakteriofagni tuproq, suv, odam va hayvon chiqindilaridan (najas, siydik, yiring, balg‘am va boshqalar) ajratib olish mumkin.Buninguchun tuproq, suv, odam va hayvon chiqindilari filtrlanadi. Natijada bakteriyalar filtrdan o‘tmaydi. Fag esa o‘tadi yoki bakteriyalar o‘sgan oziq muhitni filtrlash yo‘li bilan ham faglar ajratib olinadi. Bakteriofagni spetsifiklik xususiyatiga asoslangan holda aniqlash mumkin. Buning uchun bakteriofag ajratib olinadigan material (najas, siydik, yiring) avval suyuq muhitiga ekiladi va 37°C issiqda 24 soat termostatga qo‘yilib, keyin o‘stiriladi. Oziq muhitida har xil mikroblar o‘sib chiqadi, keyin filtrlanadi, natijada filtrdan o‘tgan filtratdan 3-4 tomchi olib, oziq muhitda o‘sgan mikrob kulturasiga aralashtiriladi va 24 soat termostatga qo‘yib tekshiriladi.Agar filtratda fag bo‘lsa, oziq muhitdagi mikrob kulturasi tiniq bo‘lib qoladi.

  28. 4.6. Bakteriofagning qo‘llanilishi Bakteriofag tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi.Kasallikni bakteriofag bilan davolashga fagoterapiya deyiladi. Asosan dezinteriya, vabo, toun, tif kasalliklarini davolashda faglar ko‘p ishlatiladi. Fag yaralarga ishlatiladigan bo‘lsa, fagni yaraga sepish yoki dokani fag bilan ho‘llab yarani bog‘lash mumkin. Ayrim vaqtlarda fagni yaraning atrofiga ukol qilib ishlatish ham mumkin. Fagni kasalni davolashda kasal kishiga ichirish ham mumkin. Buning uchun avval kasal odamning oshqozonidagi HCIni neytrallash kerak. Buning uchun avval kasal odamga 5% sodadan 25 mg ichiriladi. Ichirilgan fag ichaklarda 7-8 kungacha saqlanadi. Shu usulda fag yordamida kasallikdan saqlanish mumkin.

  29. Adabiyotlar: 1.Гусев МюВ, Минеева Л..А Микробиология , М.,1985. 2. Мишустин Е.Н., Емцев В.Т Микробиология.,М.,1985 3. Работнова И.П. Общая микробиология., Высшая школа ,1986 4. Сухов К.С. Общая вирусология ,1988 . 5. Шлегель Г. Общая микробиология. М.,изд-во МГУ,1987. 6.Nazarav Mikrobiologiya ( Maruzalar matni) Qarshi-2000 y 7. M.Nnog’omova., A.H. Vahobov Mikrobiologiya va virusologiya asoslari T -2010 y. 8. http://video.yandex.ru 9. http://www.medved.com.ua/referatik/biology XULOSA Xulosa qilib aytish mumkinki, viruslar hujayra ichiga kirish va faqat unda ko‘payish xususiyatiga ega hayotning hujayrasiz shakli. Odam, hayvon va o‘simliklarda yuqumli kasalliklarga sabab bo‘ladi. Bakteriofag -bakteriya virusilari: bakteriya hujayrasiga ta’sir etib, uni eritib yuboradigan ultramikroskopik tuzilma.

  30. Mavzu bo‘yicha glossariy Vaksina – kuchsizlantirilgan yoki o‘ldirilgan mikroorganizmlardan tayyorlangan preparat. Virion –nuklein kislota va oqsil qobig‘idan (kapsid) tashkil topgan yetilgan, hujayradan tashqaridagi virus zarrasi Virulentlik – patogan mikrooganizmlarning kasallik tug‘dirish faolligini bildiradi. Bakteriofag – bakteriya viruslari: bakteriya hujayrasigata’sir etib, uni eritib yuboradigan ultramikroskopik tuzilma. Monovalentli fag – bir xil bakteriyalarda yashab, ularni eritib yuboradigan faglar. Polivalentli fag – bir nechta bakteriyalarda yashab, ularni eritib yuboradigan faglar.

  31. Mavzu yuzasidan savollar: 1. Viruslarning ochilish tarixi bo‘yicha D.I.Ivanovskiyning xizmatlarini tushuntiring. 2. Viruslarga xos xususiyat nimalardan iborat? 3. Viruslarning rivojlanishini tushuntiring. 4. Viruslarning klassifikatsiyasi va u nimalarga asoslanib tuzilgan? 5. Fitopatogen viruslarni tushuntiring. 6. Viruslarning spetsifiklik xususiyatlari nimalardan iborat? 7. Bakteriofaglarning kim tomonidan aniqlangan? 8. Bakteriofaglar qanday tuzilgan? 9. Fagning tarqalishi, ajratib olish usullarini tushuntiring. 10. Bakteriofag to‘g‘risidagi nazariyalar.

  32. Mavzu bo‘yicha test savollari • 1. Bakteriofag tarkibida DNKning miqdori necha foizga yetadi? • A. 45-50%; • B. 35-40%; • C. 37-42%; • D. 37-40%. • 2. Fagning bakteriya hujayrasida ko‘payishi necha fazadan iborat? • A. 3 fazadan; • B. 5 fazadan; • C. 7 fazadan; • D. 4 fazadan. • 3. Quyosh nuri fagni necha soatda o‘ldiradi? • 1-3 soatda • 2-3 soatda; • C. 3-4 soatda • D. 5-4 soatda

  33. 4. Hayvonga ichirilgan fag ichaklarda necha kun saqlanadi? A. 7-8 kun; B. 6-7 kun; C. 9-10 kun; D. 5-6 kun. 5. Viruslarning yangi klassifikasiyasi qachon qabul qilingan? A. 1956-yilda; B. 1966-yilda; C. 1946-yilda; D. 1958-yilda. 6. Gripp virusi qaysi guruhga kiradi? A. Reoviruslar; B. Pikornoviruslar; C. Arboviruslar; D. Miksoviruslaг. 7. Odam va hayvonlarda uchraydigan yomon shish kasalligini qaysi guruhga viruslar keltirib chiqaradi? A. Miksoviruslar; B. Reovirurslar; C. Paksviruslar; D Arboviruslar.

  34. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

  35. 2. Inson umid bilan yashaydi OITS haqidaqisqametrajlifilmlar 1. O‘zing va o‘zgalar umrini xazon etma!

  36. Orqaga qaytib davom etish

  37. Orqaga qaytib davom etish

  38. Orqaga qaytib davom etish

  39. Orqaga qaytib davom etish

More Related