1 / 20

PREZINTATSIYA

PREZINTATSIYA. KBI-78 guruh talabasi Ostonova Shohida. Reja: 1. Umumiy qoidalar 2. Ixtiyoriy tugatish 3. Majburiy tugatish 4. Tugatuvchining vakolatlari va majburiyatlari 5. Moddiy nazorat va inventarlash 6. Aktivlarni tekshirish 7. Aktivlarni baholash va sotish

paniz
Download Presentation

PREZINTATSIYA

An Image/Link below is provided (as is) to download presentation Download Policy: Content on the Website is provided to you AS IS for your information and personal use and may not be sold / licensed / shared on other websites without getting consent from its author. Content is provided to you AS IS for your information and personal use only. Download presentation by click this link. While downloading, if for some reason you are not able to download a presentation, the publisher may have deleted the file from their server. During download, if you can't get a presentation, the file might be deleted by the publisher.

E N D

Presentation Transcript


  1. PREZINTATSIYA KBI-78 guruh talabasi Ostonova Shohida

  2. Reja: 1. Umumiy qoidalar 2. Ixtiyoriy tugatish 3. Majburiy tugatish 4. Tugatuvchining vakolatlari va majburiyatlari 5. Moddiy nazorat va inventarlash 6. Aktivlarni tekshirish 7. Aktivlarni baholash va sotish 8. Omonatchilar va kreditorlar talablarini so’ndirish 9. Tugatish jarayonini yakunlash

  3. Bankni tugatish-boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga huquqiy vorislik tartibida huquqlar va majburiyatlar o’tmagan holda bank faoliyatini tugatish. Tugatish komissiyasi Markaziy bank bilan kelishilgan holda aksiyadorlar umumiy yig’ilishi tomonidan bankni tugatish to’g’risidagi qaror kuchga kirgan kundan boshlab 3 kun mobaynida tayinlanadi. Komissiya tarkibiga Markaziy bank va uning bank joylashgan manzil bo’yicha hududiy bosh boshqarmasi mutaxassislari kiradi. Tugatishning maqsadi-bank omonatchilari va kreditorlari talablarini tezlik bilan qondirishdir. Bank ixtiyoriy yoki majburiy ravishda tugatilishi mumkin. Banklarni tugatish uchun quyidagilar asos bo’ladi: - Bank operatsiyalarini amalga oshirish litsenziyasi Markaziy bank tomonidan chaqirib olinishi; - Markaziy bank roziligi mavjud bo’lgan holda aksiyadorlar va muassislar umumiy yig’ilishining bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to’g’risidagi qarori.

  4. Bankni tugatish jarayoni Markaziy bank boshqaruvining litsenziyalarini qaytarib olish to’g’risidagi qarori chiqqan kundan boshlangan deb hisoblanadi va bank rahbariyatiga imzo qo’ydirilgan holda topshiriladi. Qaror qabul qilingandan keyin, Markaziy bank banklarni ro’yxatga olish davlat kitobiga bankda tugatish jarayoni ketayotganligi to’g’risidagi yozuvni kiritadi. Bankni tugatish jarayoni quyidagi bosqichdan iborat: • Moddiy nazorat va inventarlash; • Aktivlarni tekshirish; • Aktivlarni baholash va sotish; • Sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish; • Tugatish jarayonini yakunlash. Tugatish komissiyasi rayis etib tayinlangan shaxs va tugatish komissiyasining boshqa a’zolari Markaziy bankning banklar rahbarlari va bosh buxgalterlariga nisbatan qo’ygan malaka talablariga mos kelishi lozim.

  5. Bankni tugatish bilan bog’liq xarajatlar bankni o’z hisobidan amalga oshiriladi, Markaziy bank tomonidan ta’minlashga yo’l qo’yilmaydi. Bank tugatilganga qadar u Markaziy bank nazorati ostida bo’ladi va Markaziy bank uni tekshirib turish huquqiga ega. Markaziy bankning bankni ixtiyoriy tugatishdan bosh tortishi, shuningdek bankni majburiy tugatish to’g’risidagi qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat berishi mumkin.

  6. Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish quyidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi: 1. Bank aksiyadorlar yoki muassislar umumiy yig’ilishi qaroriga asosan bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga ruhsat berish to’g’risidagi iltimosnoma bilan Markaziy bankka murojaat qilishi lozim va bu iltimosnoma aksiyadorlar yoki muassislar umumiy yig’ilishi vakolar bergan shaxs tomonidan imzolanishi kerak; 2. Bu iltimosnoma bilan birga Markaziy bankka quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak: - aksiyadorlar umumiy yig’ilishi tomonidan bankni tugatilish sabablari ko’rsatilgan qarori; - Iltimosnoma bilan Markaziy bankka murojaat qilingan vaqtdagi balans hisoboti; -Tugatish komissiyasi a’zolari ro’yxati; - Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi tasdiqlagan tugatish rejasi

  7. Markaziy bank iltimosnoma qabul qilingan kundan boshlab 1 oy davomida bankni ixtiyoriy tugatishga rozilik beradi. Agar rozilik bermasa, rozilik bermaslik to’g’risidagi qaror beriladi. Tugatish komissiyasi Markaziy bankning tugatish to’g’risidagi roziligi olingandan keyin, kreditorlar o’z talablarini bildirishi mumkin bo’lgan manzilni ko’rsatgan holda, ushbu ma’lumotni kamida 2 Respublika gazetasida e’lon qilishi lozim. Talab qilinayotgan barcha choralar bajarilgach tugatish komissiyasi aksiyadorlar umumiy yig’ilishi tasdiqlaganidan so’ng 7 kun ichida Markaziy bankka hisobot va tugatish balansini taqdim etishlari lozim.

  8. Bankni majburiy tugatish Markaziy bank litsenziyani chaqirib olish to’g’risidagi qaroriga asosan amalga oshiriladi. Chaqirib olishga quyidagilar sabab bo’ladi: • Passivlarning aktivlardan oshib ketishi tufayli bankning to’lovga layoqatsizligi; • Litsenziya berilishiga asos bo’lgan ma’lumotlarning noto’g’riligi; • Hisobot ma’lumotlarining muntazam ravishda buzib ko’rsatilishi; • Litsenziya berilgan vaqtdan boshlab 1 yildan ortiq muddat davomida bank operatsiyalari bajarilmaganligi; • Omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soluvchi, litsenziya shartlariga zid bo’lgan barcha bank operatsiyalarining amalga oshirilishi.

  9. Bank faoliyati omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soladi deb tan olinadi. Agar: • Bank kapitalining yetarlilik koefitsienti Markaziy bank belgilagan iqtisodiy me’yorning 75 foizidan kam bo’lishi; • Bank ketma-ket keluvchi har 3 chorakda bank regulyativ kapitalining 10 %idan yoki vaqtdan qat’iy nazar regulyativ kapitalining 50%dan ortiq miqdorda zarar ko’rishi.

  10. Tugatish komissiyasi tayinlangan vaqtdan boshlab, unga bank ishlarini boshqarish vakolati o’tadi va unga quyidagi majburiyatlar yuklanadi: • Bank aktivlari va passivlarini to’liq nazorat qilish; • Bank ishlarini boshqarish bilan bog’liq javobgarlik; • Kreditorlar talablarini eng yuqori ravishda qondirilishini ta’minlovchi narxda bank aktivlarini sotish; • Har 3 oyda kamida 1 marta qilayotgan ishlari to’g’risida Markaziy bankka hisobot berishi kerak.

  11. Tugatish komissiyasining huquqlari quyidagilar: • Bank aktivlarini aniqlash, hamda tugatish maqsadlarini hisobga olgan holda mulk egasi va bank boshqaruvi organlari vakolatlari doirasida ularni tasarruf etish; • Bank nomidan tugatish ishlari va bank faoliyatini yakunlash maqsadlariga muvofiq bank rahbariyati vazifalarini bajarish; • Bank aktivlari va mulkining zaxiraga olish; • Bank hujjatlari va mulki butligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar o’tkazish; • Tugatilayotgan bankning moliyaviy ahvolini hisobga olgan holda, mehnat qonunchiligiga muvofiq xodimlarga ish haqi va boshqa to’lovlarni belgilash.

  12. Tugatish komissiyasi tayinlangunligiga qadar oxirgi 3 oy davomida kreditorlarning biriga yoki bank bilan aloqador istalgan shaxsga imtiyoz berish maqsadida amalga oshirilgan to’lovlar va boshqa aktiv operatsiyalar tugatish komissiyasi tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin, u holda tugatuvchi amalga oshirilgan to’lov yoki bankning boshqa aktiv operatsiyalari hqiqiy emas deb topilishi to’g’risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qiladi. Kelib tushayotgan barcha depozitlar va garov xatlari ijro etilmay, bank tugatilayotganligi haqidagi bildirishnoma bilan jo’natuvchiga qaytarilishi shart. Tugatish jarayoni boshlangach, tugatuvchi bank mulkini invertarlashni tashkil etishi va oraliq balansni tuzishi shart.

  13. Markaziy bank tomonidan bankni tugatush to’g’risidagi qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab, tugatuvchi bank aktivlari ustidan jismoniy nazoratni ta’minlashi shart. Firibgarlik yoki jinoiy faoliyat to’g’risida shubha tug’dirayotgan hollar aniqlansa, tugatish komissiyasi zarur choralar ko’rish uchun u haqda zudlik bilan Markaziy bankka ma’lum qilishi zarur. Bankning so’nggi ish kuniga yakuniy balans tayyorlanishi lozim. Aktivlarni sotishdan tushgan barcha tushumlar tugatish hisobvaraqlarida saqlanadi. Tugatish komissiyasi bankning vakillik hisobvaraqlari ustidan alohida nazorat o’rnatishi lozim.

  14. Tugatish komissiyasi aktivlarni tekshirib, zarur bo’lgan bildirishnomalarni jo’natgach quyidagilar asosida tugatish hisobotini tayyorlashi lozim: • Yakuniy balans; • Vakillik hisobvaraqlari ahvoli to’g’risidagi hisobotlarni qiyoslash; • Pul mablag’lari va valuta hisobini yuritish; • Balans va kredit portfeli bo’yicha kreditorlik qarzlarini tekshirish.

  15. Bankning moliyaviy aktivlari quyidagilardan iborat: • Pul mablag’lari; • Ssudalar; • Qimmatli qog’ozlar; • Valuta boyliklari. Milliy va chet el valutalaridagi banknotlar, tangalar va bank vakillik hisobvaraqlaridagi mablag’lar shaklidagi moliyaviy aktivlar nominal qiymati bo’yicha baholanadi. Qimmatli qog’ozlar shaklidagi aktivlar bahosi Qimmatli qog’ozlar bozoridagi vaziyatga bo’g’liq. Bank kreditlari portfeli berilgan kreditlarni 3-tomonga sotiladi. “Yaxshi kreditlar” sifatida tavsiflangan kreditlar bozor narxida sotilishi kerak.

  16. Muammoli zayomlarni sotishda tugatuvchi quyidagilarga amal qilishi lozim: • Ssuda qiymati uning nominal qiymatiga tenglashtiriladi. Bunday zayomlarni odatda banklar va boshqa moliya kompaniyalari xarid qiladi; • Muammoli zayomlarni sotish uchun yakka tartibdagi xaridorlarga shartnoma bo’yicha sotish, tanlab olingan qatnashchilar guruhi o’rtasida xususiy raqobat savdolari usullaridan foydalaniladi; • Zayomlarni boshqa xaridorlarga sotish imkoniyati bo’lmagan hollarda, ularni qarzdorning o’ziga nominal qiymatidan kam bahoda sotishi mumkin.

  17. Nomoliyaviy aktivlarga quyidagilar kiradi: • Binolar va inshootlar; • Transport vositalari; • San’at asarlari; • Mebel va jihozlar… Nomoliyaviy aktivlar tugatish komissiyasi tomonidan malakali baholovchi mutaxassis ishtirokida baholanadi. Tugatuvchu nomoliyaviy aktivlar narxiga ta’sir etuvchi barcha axborot va omillarni o’rganadi, keyin shular asosida taxminiy sotuv narxi belgilaydi. Nomoliyaviy aktivlar baholangandan keyin tugatuvchi potensial xaridorlarga aktivlar sotilishi ko’zda tutilayotganligi haqida xabar beradi va bank mulkini sotadi.

  18. Tugatish komissiyasi tayinlangandan keyin 1 kunlik muddatda 2 ta markaziy gazetada kreditorlar talblarini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda talablarni bildirish tartibi va muddati kreditorlar o’z talablarini da’vo qilishlari mumkin bo’lgan manzilni ko’rsatgan holda bankni tugatish ishlari boshlanganligi to’g’risidagi xabarnomani beradi. Talablarni bildirish muddati tugatish jarayoni boshlanganligi to’g’risida xabar berilgan kundan boshlab 2 oyni tashkil etadi. Tugatilayotgan bankning mulki bir navbatdagi barcha talablarni to`liq qondirish uchun yetarli bo`lmasa, mavjud mablag`lar amaldagi qonunchilikka muvofiq kreditorlar o`rtasida taqsimlanadi. Quyidagi hollarda kreditorlarning talablarini qondirishdan bosh tortilishi mumkin: • Talabnomalar belgilangan muddat o`tganidan so`ng olingan bo`lsa; • Tugatiluvchi tomonidan asossiz deb topilgan bo`lsa.

  19. Likvidator Markaziy bankka quyidagi xujjatlarni taqdim etadi: • Tugatish komissiyasining Markaziy bank tasdiqlaydigan qilingan ishlar to`g`risidagi hisoboti; • Bank aksiyadorlari umumiy yigi`lishining bankni tugatish to`g`risidagi bayonnomasi • Markaziy bank boshqaruvining litsenziyani qaytarib olish to`g`risidagi qarori; • Bankni tugatish to`g`risida gazetalarda e`lon qilingan axborot nusxasi • Tugatish komissiyasini tuzish to`g`risidagi qaror; • Bankning oxirgi ish kunidagi balansi • Tugatish balansi • Balansdan tashqari hisob varaqlar bo`yicha tugatish balansi • Va boshqalar.

  20. E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!

More Related