1 / 47

B O’G’ MA – DIFTERIYA.

B O’G’ MA – DIFTERIYA. T O SHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI Yuqumli va bolalar yu q umli kasalliklari kafedrasi. Ma’ruzachi:.

ros
Download Presentation

B O’G’ MA – DIFTERIYA.

An Image/Link below is provided (as is) to download presentation Download Policy: Content on the Website is provided to you AS IS for your information and personal use and may not be sold / licensed / shared on other websites without getting consent from its author. Content is provided to you AS IS for your information and personal use only. Download presentation by click this link. While downloading, if for some reason you are not able to download a presentation, the publisher may have deleted the file from their server. During download, if you can't get a presentation, the file might be deleted by the publisher.

E N D

Presentation Transcript


  1. BO’G’MA – DIFTERIYA. TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI Yuqumlivabolalaryuqumlikasalliklari kafedrasi Ma’ruzachi:

  2. Reja:1. Kirish – 5 min. 2. Tarixiy ma’lumotlar – 5 min.3. Etiologiyasi va epidemiologiyasi – 10 min.4. Patogenezi va patanatomiyasi – 10 min.5. Klinikasi – 30 min.6. Diagnostikasi – 8 min.7. Davolash – 10 min.8. Profilaktikasi – 7 min.9. Yakunlash – 5 min.

  3. Bo’g’ma – havo-tomchi mexanizmi orqali yuqadigan o’tkir yuqumli kasallik bo’lib, infeksiya inson organizmiga tushgan joyda (teri, ko’z milki, burun shilliq qavati, halqumda, traxeyada, jinsiy organlarda) krupoz yoki difteritik yallig’lanish hosil qilishi va umumiy intoksikatsion belgilarni namoyon bo’lishi bilan xarakterlanadi.

  4. ETIOLOGIYASI • Qo’zg’atuvchisi – Corynebacterium diphteriae – ekzotoksin ishlab chiqaruvchi shtamm, • Grammusbat, aerob • Tashqi muhitga chidamli • Difteriya tayoqchasi sharsimon, tayoqchasimon, ponasimon, tarvaqaylagan shaklda, Rim raqami V- o’xshash joylashgan bo’lishi mumkin, tayoqcha uchlarida kolbasasimon kengaygan joy bo’lib, ularda to’g’nog’ichga o’xshash valyutin zarrachalari bor.

  5. Difteriyatayoqchasini biokimyoviy xususisiyati • Ekzotoksin va neyrominidaza ishlab chiqaradi • Glyukozani fermentlaydi, sistinni parchalaydi, nitratlarni nitritga qaytaradi • Kultural va biologik hossalariga qarab uch turga bo’linadi: gravis, mitis, intermedius. Gravis turi o’ta zaxarli va kuchli invazion xususiyatga ega, kraxmalni fermentlaydi.

  6. EPIDEMIOLOGIYASI • Kasallik manbai – bemor yoki sog’lom difteriya tayoqchasini toksigen shtammini tashuvchi. • Tomoq, burun, halqum difteriyasi bilan kasallangan bemorlar nafasi bilan tashqi muxitga ko’plab kolibakterium ajratib chiqarganligi uchun epidemiologik nuqtai nazardan o’ta xavfli hisoblanadi. Ko’z, quloq, jinsiy organlar difteriyasida kasallik kontakt yo’li bilan yuqqanligi uchun uncha xavfli emas. • Nafas olish yo’li difteriyasi bilan kasallangan bemorlarga qaraganda sog’lom bakteriya tashuvchilarni kasal yuqish darajasi o’n marta kam.

  7. PATOGENEZI • Kasallikni ko’zg’atuvchisi makroorganizmga teri iva shilliq qavat orqali tushadi • Difteriya tayoqchasini toksigen shtammi organizmga tushgan joyda to’qima xujayralarga fiksatsiya qilinadi, ko’payadi va hayot davomida ekzotoksin ishlab chiqara boshlaydi • Mikroorganizm xujayrasi makroorganizmni jarohatlashda to’g’ridan-to’g’ri ishtiroketmaydi • Difteriya tayoqchasini ekzotoksini bir nechta fraksiyadan iborat:

  8. gialuronidaza – kapillyarlarni gialuron kislotasini parchalab o’tkazuvchanligini oshiradi, natijada fibrinogenga boy ekssudat ajralib chiqa boshlaydi • neyrotoksin – infeksiya tushgan joydagi epitelial hujayralarni nekrozga uchrashi natijasida ajralib chiqqan trombokinaza ta’sirida fibrinogen fibringa aylanib fibrinli plyonka hosil qiladi • Bodom bezlari boshqa organlardan farq qilib, ko’p yadroli epiteliy bilan qoplanganligi uchun fibrinli plyonka epitelial qavat ichiga kirib, to’qima bilan zich birikib ketadi

  9. Haqiqiy difteriya toksini: • hujayra strukturasidan sitoxrom B ni siqib chiqaradi natijada xo’jayradan havo almashuviga va oqsil molekulalarning sintez qilinishiga qarshilik qiladi. Bunday o’zgarishlarga miokard, kapillyarlar va nerv hujayralari o’ta sezgir bo’lishadi • kardiomiotsitlarda boshlangan miokardiodistrofik o’zgarishlar keyinchalik nekrozga, miolizga aylanib, infeksion toksik miokardit keltirib chiqaradi • Kapillyarlarni jarohatlanishi natijasida infeksion-toksik shok rivojlanadi

  10. Nerv hujayralarini jarohatlanishi Shvann hujayralarida distrofik o’zgarishlarga, nerv tolalarida esa demielinizatsiya xolatini rivojlanishiga olib keladi. Yuqorida qayd qilingan-lardan tashqari difteriya tayoqchasining toksini umumiy intoksikatsion belgi-larini namoyon bo’lishiga sabab bo’ladi. Buyrak usti bezida qon aylanishi buziladi, hujayralarni destruktiv holati, nekroz, hamda parchalanishi kuzatiladi. Buyrakda toksik nefrozga xos belgilar kuzatiladi.

  11. Difteriyaning klinik klassifikatsiyasi 1. Tomoqdifteriyasi: • Lokal shakli: kataral, orolchali, pardali • Tarqalgan shakli • Toksik shakli – 1-dar., 2-dar., 3-dar. • Gemorragiksindrombilankechuvchi • Gipertoksik 2. Nafasyo’llaridifteriyasi: • lokal shakli (hiqildoqdifteriyasi) • tarqalgan shakli • difteriyalaringotraxeiti • difteriyalaringotraxeobronxiti 3. Burundifteriyasi 4. Ko’z difteriyasi 5. Teri vajinsiyorganlardifteriyasi

  12. KLINIKASI • Difteriyaning yashirin davri 2-10 kun. Patologo-anatomik jarayon-ning joylashishiga qarab, burun, tomoq, kekirdak yuqori nafas yo’li, ko’z, quloq, teri, jinsiy organlar difteriyasi farqlanadi.

  13. TOMOQ DIFTERIYASI • 90-95% hollarda kuzatiladi. • Quyidagi klinik shakllari kuzatiladi • o’choqli formasi: • difteriya plenkasi faqat bodom bezi ustida bo’ladi • o’choqli shakli: plyonkali, orolchasimon, kataral turlari farqlanadi • tarqalgan formasi: • bunda difteriya plyonkasi bodom bezlaridan tashqariga – yumshoq tanglayga, tilchaga tarqaladi • toksik formasi: Bu juda og’ir formasi hisoblanadi • subtoksik • toksik I, II, III darajada • gipertoksik formada • gemorragiya sindromi bilan kechadi.

  14. TOMOQ DIFTERIYASI

  15. Orolchasimon shakli – orolchali, fibrinozli, qattiq yopishgan plyonkalar DIFTERIYANING LOKAL SHAKLI

  16. Plyonkali shakli – kul rang-oq fibrinozli plyonka butun murtak bezning yuzasiga tarqalgan DIFTERIYANING LOKAL SHAKLI

  17. Tomoq (og’iz-halqum) difteriyasi chegaralangan shakli • Tomoq (og’iz-halqum) difteriyasi , chegaralangan shakli, chap murtakda plyonkasimon parda.

  18. Karashlar massiv joylashgan bo’lib, ikkala murtaklarni butunlay qoplaydi, hamda halqum orqa devoriga, ravoqlarga va tilchaga tarqaladi. Tomoq difteriyasining tarqalgan shakli

  19. Tomoq difteriyasiningtoksikshakli • Bo’yin shishining rivojlanganligi va tarqalganligiga qarab 3 ta og’irlik darajasi farqlanadi: • 1-darajasi – shish to bo’yin o’rtasigacha • 2-darajasi – shish o’mrov suyagigacha • 3-darajasi – shish o’mrov suyagidan pastda joylashadi

  20. Bemorning ahvoli juda og’ir, teri rangi oqargan, nafas olishi qiyinlashgan, yarim yotoq holatda, bo’yinida shish. Tomoq difteriyasining toksik shakli

  21. Tomoq difteriyasining gemorragik shakli • Difteriyaning bu shaklida gemorragik sindrom kuzatiladi. Bunda difteriya pardasiga qon shimilgan bo’lib, terisi ostiga qon quyiladi, burnidan, tomog’idan, milkidan, oshqozon va ichakdan qon ketadi. Oqibatb yaxshi bo’lmasligi mumkin. Agarda bodom bezi va undagi difteriya pardasiga qon shimilgan bo’lib, terisida petexial toshmalargina bo’lsa, ammo qon ketish bo’lmasa, bemorni o’z vaqtida davolansa sog’ayishi mumkin.

  22. Hiqildoq difteriyasi (chin bo’g’ma) • Kasallik prrogressiv holda kechadi va 3 davriga bo’linadi: • Kataral davri (1-2 kun davom etadi): • isitma odatda o’rtacha darajada bo’ladi • tovushdag’allashadi • yo’talbo’g’iq • 2. Stenotikdavri (1-2 kun): • yuqori nafas yo’llarining stenoziga xos belgilar kuchaya boshlaydi • shovqinlinafasolish • nafas olganda ko’krak qafasini bo’sh joylari ichiga tortilib, yordamchi mushaklar ishtirokida nafas olinadi

  23. 3. Asfiksiyadavri: • Gaz almashuvini buzilishiga xos o’zgarishlar kuzatiladi • Sianoz • Paradoksalpuls • Terlash • Mushaklartonusinipasayishi • Qorachiqkengayadi • In’eksiyanisezmaydi, xushsiz • Gipotoniya, tomirurishiipsimon • Vaqti-vaqtibilantirishadi • Xoxishsizravishdapeshobvanajasajraladi • Asfiksiyadano’ladi

  24. Chin bo’g’ma

  25. BURUN DIFTERIYASI Bemorni tana harorati meyorida yoki subfebril bo’ladi, intoksikatsion belgilar kuzatilmaydi. Boshlanishda burunni bir tomoni shilliq qavatida jarohatlanish bo’lib, seroz yiringli yoki qonli yiringli modda ajrashi kuzatiladi. Tez orada burunning ikkinchi tomoni ham yallig’lanishi mumkin. Burun chetlarida qatqaloq paydo bo’ladi. Burun difteriyasini tarqalgan shaklida patologik jarayon burun bo’shliqlariga yoyladi. Burun difteriyasining toksik shaklida lunj va bo’yinda shish paydo bo’ladi.

  26. BURUN DIFTERIYASI O’zgarishlar xarakteriga qarab 2 xil shakliga farqlanadi: • Kataral-yarali shakli – eroziyalar, yaralar, qipiqlar. • Pardali shakli – qalin oqish-kulrang pardalar, shilliq qavat bilan birlashgan holda.

  27. BURUN DIFTERIYASI

  28. Ko’z, teri, quloq jinsiy organlar difteriyasi kamdan-kam hollarda uchraydi. Ko’pincha tomoq (xalqum) difteriyasida ikkilamchi ko’rinishda namoyon bo’ladi.

  29. Ko’z difteriyasi • Ko’z difteriyasida parda ko’z shilliq qavatida bo’ladi, ayrim hollarda ko’z soqqasiga ham yoyilishi mumkin.Jarohatlangan tomonda ko’z qovoqlari shishadi, zichlashadi, ko’zdan yiringli modda ajraladi, gohida yiringli modda qon aralash bo’lishi mumkin. Yallig’lanish ko’pincha 1 ta ko’zda kuzatiladi. Bemorning ahvoli qoniqarli bo’ladi.

  30. Teri difteriyasiterining jarohatlangan sohasida rivojlanadi. Terining yorilgan, tirnalgan, shishli, yarali, po’stloq-qatqoloqli, kuygan, sovuq urgan va h.k. sohalarida shish va difteriya pardasi hosil bo’ladi. • Jinsiy a’zolar difteriyasidaqiz bolalarda tashqi jinsiy a’zolar shilliq qavatida yallig’lanish hamda difteriya pardasi kuzatiladi. • Ayrim hollarda kindigi kesilgan chaqaloqlarda kindik difteriyasikuzatiladi.

  31. ASORATLARI • Miokardit • Infeksion-toksik shok • Nevritlar va polinevritlar • Nefrotik sindromi

  32. DIFTERIYANING TIPIK ASORATLARI • Difteriyaning tipik asoratlariga periferik falajlar kiradi. • Erta falajlar:odatda bosh miya nervlari jarohatlanishi natijasida yumshoq tanglay falaji, manqalanib gapirish, yonayotgan shamni o’chira olmaslik, qalqib ketish hisobiga suyuq ovqatlarning burundan tushishi, yumshoq tanglay refleksi yo’qolishi, yumshoq tanglayning osilib turishi, tilchaning sog’lom tomonga qiyshayishi. • Ayrim hollarda akkomodatsiya falaji kuzatiladi. Bunda bemorlar mayda predmetlarni ajrata olmaydilar, mayda hatlarni o’qiy olmaydilar.Oftalmoplegiya, ptoz, yuz nervi nevriti alomatlari ham kuzatiladi.

  33. Kechikkan falajlariga quyidagi asoratlar xos: • Poliradikulonevrit • Pay refleksining pasayishi • Koordinatsiyaning buzilishi • Oyoq va qo’l harakatlarining qiyinlashishi • Xalqum falaji • Diafragma falaji.

  34. TASHXISI • Bemorni terisida yoki shilliq qavatida difteriyaga xos kulrang, perlamutr rangdagi yaltiroq plyonkani borligi • Bemordan olingan namunani Lyofler-Klauberg muhitiga ekish • Serologik usul yordamida antitelolarni titrini o’sishini aniqlash

  35. TAQQOSLASH TASHXISI • Anginalar • Infeksion mononukleoz • “Soxta krup” • Adenovirusli plyonkali kon’yunktivit

  36. TAQQOSLASH TASHXISI Infeksion mononukleoz Follikulyar angina

  37. DAVOLASH • Yotoq rejimi • Spesifik difteriyaga qarshi zardob Bezredko usulida yuboriladi • Vitaminoterapiya • Kislota-ishqoriy muhitni korreksiya qilish • Antibiotikoterapiya

  38. Bemorlarni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizish shart. • Bemorlarga kasallikning butun o’tkir davri davomida, asoratlari bo’lsa, asoratlarining belgilari bor davrda o’rin-to’shak tartibi tavsiya etiladi. • Agarda o’tkir toksik miokardit asorati kuzatilsa alohida e’tibor talab qilinadi. • Parxez: bemorning ovqatlari yuqori kaloriyali, vitaminlarga boy, yengil xazm bo’ladigan bo’lishi kerak.

  39. Difteriyani davolashda eng yaxshi samaraga erishish laborator tekshirishlarga namunalar olib, klinik tashxis qo’yilishi bilanoq difteriyaga qarshi antitoksik zardobni (Bezredko usulida) tezda yuborishga bog’liq. • Difteriyaga qarshi antitoksik zardob bemorlar qonidagi ozod toksinni neytrallab, to’qimalarga shimilib qolishining oldini oladi.

  40. Difteriyaga qarshi zardoblarning dozalari, bo’g’maning turli shakllarida (ming antitoksik birlik)

  41. Intoksikatsion belgilarni kamaytirish hamda gemodinamikani yaxshilash maqsadida bemorlarga: • Nativ yoki quruq plazma • neokompensan • reopoliglyukin • 10% glyukoza tomchi dori sifatida 1 kg og’irlikka 20-50 mg hisobida almashtirib quyiladi. • Shuning bilan birgalikda: • kokarboksilaza • askorbin kislotasi • insulin yuboriladi.

  42. Kislota-ishqor muhitni korreksiya qilish uchun: • 4% gidrokarbonat eritmasi tavsiya etiladi. • Degidratatsiya maqsadida: • eufillin • laziks • mannitoltavsiya etiladi. • Toksik shaklida gormonlar tavsiya etiladi. • DVS-sindromning oldini olish maqsadida: • geparinqo’llanadi. • Vitaminlar 2-3 hafta davomida beriladi.

  43. Antibiotiklardan • Penitsillin • Ampitsillin • Sefalosporinlar tavsiya etiladi. • Yurak-qon tomir preparatlaridan: • Kordiamin • Strofantin • Sulfokamfokain • Riboksin • Kaliy orotat • Panangin tavsiya etiladi.

  44. Spazmni kamaytirishda umumiy vannaning ahamiyati katta. • Spazmni kamaytirish uchun: • Efedrin • Atropin • Eufillin yuboriladi; Ichishga: • Lyuminal • Bromidlar beriladi.

  45. Tinchlantirish uchun: • Seduksen– ichishga yoki m/o; • Droperidol–tomirga tomchi dori holida fiziologik eritma bilan yoki 5% glyukoza bilan; • Oksibutirat natriy– 50/100 mg/kghisobida tomirga tomchi dori holida fiziologik eritma bilan yoki 5% glyukoza bilan.

  46. BAKTERIYA TASHUVCHILARNI DAVOLASH • Umumiy quvvatni oshiruvchi muolajalar (polivitaminlar, ratsional ovqatlanish, UFO, va h.k.) • Surunkali burun-halqum kasalliklarini davolash • Antibiotikoterapiya – eritromitsin, tetratsiklin.

  47. KASALLIKNING OLDINI OLISH (emlashning kalendar rejasi)

More Related