1 / 41

C++ dasturlash tilini o‘qitilishida acm.tuit.uz saytidan foydalanish

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti. C++ dasturlash tilini o‘qitilishida http://acm.tuit.uz saytidan foydalanish. Raxmanov Qurbon Sodikovich Informatika asoslari kafedrasi dotsenti E-mail: raxmanov@gmail.com.

adonis
Download Presentation

C++ dasturlash tilini o‘qitilishida acm.tuit.uz saytidan foydalanish

An Image/Link below is provided (as is) to download presentation Download Policy: Content on the Website is provided to you AS IS for your information and personal use and may not be sold / licensed / shared on other websites without getting consent from its author. Content is provided to you AS IS for your information and personal use only. Download presentation by click this link. While downloading, if for some reason you are not able to download a presentation, the publisher may have deleted the file from their server. During download, if you can't get a presentation, the file might be deleted by the publisher.

E N D

Presentation Transcript


  1. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti C++ dasturlash tilini o‘qitilishida http://acm.tuit.uz saytidan foydalanish Raxmanov Qurbon Sodikovich Informatika asoslari kafedrasi dotsenti E-mail: raxmanov@gmail.com

  2. Kompyuterlashtirishning rivojlanishi va axborot kommunikasion texnologiyalarining qo’llanishi respublikamiz uchun ustuvor yo’nalishlardan biridir. • Bugungi kunda axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, jamiyat iqtisodiyoti va hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini ommaviy ravishda qo’llash, jahon axborot jamiyatiga kirish va jahon axborot resurslaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. • Ayniqsa ta’lim jarayoniga yangidan-yangi zamonaviy texnologiyalarini olib kirish zamon talablaridan biridir. http://acm.tuit.uz

  3. AСM tarixi haqida Har yili o’tkaziladigan OTM talabalar komandalari o’rtasidagi dasturlash bo’yicha jahon chempionatini kompyuter dunyosida eng nufuzli tashkilot AСM – Association for Computing Machinery tomonidan 1977 yildan beri o’tkazib kelinadi. Bu musobaqalar jahon kompyuter jamiyatida yosh dasturchilar elitasining eng nufuzli intellektual musobaqasi sanaladi. http://acm.tuit.uz

  4. Halqaro hisoblash texnikasi assosiasiyasi (Association for Computing Machinery (AСM))ga 1947 yil jahonda birinchi ENIAC kompyuterni yaratgan Filadelfiyadagi Pensilvaniya universiteti xodimlari tomonidan asos solingan. • Hozirgi kunda kompyuterlar sohasida yetarlicha nufuzga ega bo’lgan tashkilot bo’lib xizmat qiladi va bu tashkilot 100000 dan ortiq o’zining a’zolari – olimlar, muhandislar, dasturchilar, talabalar va boshqa hozirgi zamon kompyuter olami muammolari bilan shug’ullanuvchi mutaxassislarni birlashtiradi. http://acm.tuit.uz

  5. AСMning faoliyati keng qamrovli (konferensiyalar o’tkazish, jurnallar va kitoblar chop etish, nazariy informatika va kompyuter texnologiyalari sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar bo’yicha yillik mukofotlarni berish va h.k.) bo’lib, ular orasida muhimlaridan biri har yili mart-iyun oylarida AСM ning kompyuter haftaligi doirasida o’tkaziladigan OTM talabalari o’rtasida o’tkaziladigan dasturlash bo’yicha komandalararo jahon chempionatidir. http://acm.tuit.uz

  6. O’zbeksiton ushbu musaboqalarda 2002 yildan boshlab qatnashib kelmoqda. Hozirgi kunda “Middle Asia” mintaqasining markazi bo’lgan O’zbekistonda dasturlash bo’yicha jahon chempionatining chorak va yarim final musobaqalari o’tkazish tobora takomillashib bormoqda. • AСM doirasidagi chempionatni butun dunyo bo’yicha eng yirik universitetlar o’rtasida o’tkaziladigan dasturlash bo’yicha jahon chempionati kompyuter texnologiyalari bo’yicha eng nufuzli musobaqadir. U OTM talabalari uchun dasturlash masalalarini yechish va komanda bo’lib ishlash bo’yicha ko’nikmalarini namoyish qilishga imkon beradi. http://acm.tuit.uz

  7. Bu musobaqalar yetakchi kompyuter firmalari tomonidan eng malakali kadrlar manbai sifatida qaraladi va eng yirik kompyuter korporasiyalari tomonidan qo’llab-quvvatlanib kelinadi. Oxirgi yillarda jahon chempionati tobora mashhur bo’lib bormoqda. • Hozirgi davrda dunyoda juda ko’p dasturchilar ishlaydi. Ularning barchasi murakkab dasturlar yozadilar va ular orasida kim ustunroq ekanligini aniqlash qiyin. AСM chempionati talaba – dasturchilar uchun dastur yozish hamda komanda bo’lib ishlash qobiliyatlarini solishtirishga imkon beradigan jahonda yagona musobaqadir. http://acm.tuit.uz

  8. Intellektual musobaqalarda odatda ko’plab sondagi qatnashuvchilar bo’ladi. Berilgan masalalarni “qo’lda” tekshirib chiqish amaliy jihatdan mumkin emas. • Bundan tashqari berilgan masalani optimal yechimi ma’lum bir aniq vaqtda natija berishi oldindan belgilangan bo’ladi. Masalan, 2 sekund yoki 5 sekund va h.k. Xuddi shunday talab tuzilgan dasturning operativ xotirasi hajmiga nisbatan ham qo’yiladi. http://acm.tuit.uz

  9. Agar har bir tuzilgan dastur jyuri tomonidan har bir qatnashuvchining ishini tekshirib chiqishda qancha vaqt ketishini, shuningdek, dastur to’g’riligini “qo’lda” tekshirishning subyektiv tomonini ham hisobga olsak, unda dastur to’g’riligini avtomatik testlovchi tizimga bo’lgan ehtiyoj qancha katta ekanligi yaqqol ko’rinib qoladi. • Shu bilan birga “qo’lda tekshiriladigan” musobaqalar qatnashuvchilari boshqa qatnashuvchilar qancha masala va ularni qaysi vaqtda yechdi buni ham bilmaydi. Demak, “qo’lda” tekshirish usulining yana bir kamchiligi uni qatnashuvchilar uchun oshkormasligidadir. http://acm.tuit.uz

  10. Qatnashuvchilar online rejimida boshqa qatnashuvchilarni qancha masala yechganini bilib-ko’rib turadi. • Avtomatik testlovchi tizim dastur to’g’riligini barcha darajada testdan o’tkazadi. Agar yechim to’g’ri bo’lsa, uni qabul qiladi, xato bo’lsa uni nima uchunligini ham ko’rsatadi. • Albatta har bir keyingi to’g’rilab jo’natilgan dastur uchun o’rnatilgan tartibda “jarima” vaqti qo’yiladi. Bundan kelib chiqadiki, agar qatnashuvchilar bir xil sondagi masala yechgan bo’lsa ham qatnashuvchining musobaqadagi egallagan o’rni uning masalani yechishiga ketgan vaqti bilan farqlanadi. http://acm.tuit.uz

  11. Yuqorida aytilgan fikrlar yuzma-yuz musobaqalarga tegishli. Internet musobaqalarda esa dastur yechimini “qo’lda” tekshirish orqali amaliy jihatdan hal etib bo’lmaydi. • Masofaviy(distansion) ta’lim uchun esa avtomatik testlovchi tizimni muhimligiga alternativa yo’q. • Bu tizim orqali foydalanuvchi (talaba, o’quvchi, qatnashuvchi va h.k.) o’z bilimini tekshirib ko’radi va shu orqali imtixon topshiradi hamda o’z malakasini oshiradi. http://acm.tuit.uz

  12. Avtomatik testlovchi tizimni o’quv jarayoniga ham tatbiqi beqiyos. • Bu tizim dasturlashga oid predmetlar bo’yicha amaliy va laboratoriya ishlarini o’z vaqtida, xolisona tekshirishga imkon yaratadi. http://acm.tuit.uz

  13. Avtomatik testlovchi tizim TATUda 2088 yilda ishlab chiqilgan. 2008 yildan boshlab tizimdan Respublika fan olimpiadalarini va dasturlashga doir fanlardan oraliq va yakuniy nazoratlarni o’tkazishda foydalanib kelinmoqda. Quyida tizimni ishlash sxemasini, tizimni foydalanuvchi bilan muloqoti va masalalarni kiritish usullarini ko’rib chiqamiz: http://acm.tuit.uz

  14. Tizimni ishlash sxemasi 2 Testlar to’plami yechim MBBT natija 1 3 Foydalanuvchi interfeysi Yechimni tekshirish bloklari http://acm.tuit.uz

  15. Foydalanuvchi web interfeysi MBBT Web Server + PHP interpretator Internet Foydalanuvchilar http://acm.tuit.uz

  16. Yechimni tekshirish bloki Serverdagi ma’lumotlar bazasi bilan bog’lanish bloki • Tekshirish algoritmi: • Tekshiruvni boshlash, yechimni qabul qilish • Yechimni kompilyasiyalash • Yechimga testlar to’plamini qo’llash • Har bir test natijalarini tahlil qilish • Tekshiruv natijalarini saqlash Masalani loyihalovchi Masalalar http://acm.tuit.uz

  17. Tizimning foydalanuvchiga javoblari http://acm.tuit.uz

  18. Qo’llanish sohalari • Dasturlash bo’yicha Respublika va Jahon miqyosidagi intellektual musobaqalarga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish (INTERNET versiyasi acm.tuit.uz); • Dasturlashga oid fanlar bo’yicha laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish (lokalversiyasi); http://acm.tuit.uz

  19. Tizim foydalanuvchilari • Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi talabalari; • Xalq ta’limi vazirligio’quvchilari; • Malaka oshirish kurslari va masofaviy ta’limtinglovchilari; http://acm.tuit.uz

  20. ? Dasturlashga doir tizimlarda test qanday qo’yiladi? Test nima? Internet tarmog’iga ulangan kompyuter qanday manzilga ega bo’lishi shart? A) IP-adresga B) domen nomiga C) URL-adresiga D) uy WEB-sahifasiga Bubiz bilgan oddiy test. http://acm.tuit.uz

  21. Masalani berilish strukturasi Masalan. Berilgan ikkita a + b ni hisoblang. Kiruvchi ma'lumotlar:Ikkita butun a va b sonlari probel bilan ajratilgan holda berilgan (-109≤ a, b ≤ 109). Chiquvchi ma'lumotlar:a va b sonlarini yig‘indisini toping.

  22. 2013/2014 ўқув йилигача “Информатика асослари” кафедрасида янги стандарт асосида “Дастурлаш асослари” ва “С++ дастурлаш тили” фанларидан лаборатория ва маъруза машғулотлари олиб борилмоқда. Ҳар бир семестр бўйича талабалар еттитадан лаборатория ишларини топширишларилозим.Ҳозирги вақтда ҳар бир гуруҳда талабалар сони ҳар хил. Талабалар сонидан келиб чиққан ҳолда ҳар бир лаборатория ишлари учун 30 тадан мисоллар дастурий ечим тўғрилигини автоматик текширувчи тизим (acm.tuit.uz) га жойлаштирилди. http://acm.tuit.uz

  23. Лаборатория машғулотлари ҳар бир талаба учун уникал бўлиб, улар қуйидагича рақамланган: • LSNTR – лабораторияга доир мисоолларни рақамланиши. Бунда: • L – ҳар бирлаборатория иши масалалари L ҳарфи билан бошланади. • S –ўқув йилидаги семестр рақами. 1 ёки 2 бўлиши; • N – лаборатория ишлари рақами. Мос равишда 1 дан 7 гача; • TR– талабаларни журнал бўйича тартиб рақами. У 01 дан 30 гача бўлади. http://acm.tuit.uz

  24. http://acm.tuit.uz

  25. http://acm.tuit.uz

  26. http://acm.tuit.uz

  27. http://acm.tuit.uz

  28. http://acm.tuit.uz

  29. Shuningdek, bu tizimda online ravishda musaboqa (contest)lar tashkil etilib borilmoqda (http://acm.tuit.uz/contest.php). Bu musaboqalar bir oyda ikki marta kechki soat 18:00 bo’lib o’tmoqda va 2-3 soat uchun 5 – 6 ta masala berilmoqda. Har bir talaba uchun unikal bo’lgan login va parol berilgan. Har bir musaboqadan keyin bu masalalar saytga qo’yib borilmoqda. Shuningdek, bu masalalarni tahlili ham, ya’ni qanday ishlanishi bo’yicha ko’rsatmalar berib borilmoqda. http://acm.tuit.uz

  30. Musaboqa statuslari • boshlanmadi • boshlandi; • muzlatilgan; • tugadi; Asosan «muzlatilgan» holatdagisi katta qiziqishga sabab bo’ladi. Musobaqa tugashiga ma’lum bir minut (odatda musobaqa tugashiga 1 soat qolganda) qolganda natijalar jadvali muzlatiladi va real vaqtdagi natijalarni chiqarish to’xtatiladi. Faqatgina musobaqa qatnashuvchilarining o’zigina o’zlarining yuborgan dasturiy yechimlarining natijalarini ko’rishlari mumkin. Bu musobaqada his - hayajonni (intrigani) saqlash uchun juda muhim. Musobaqa vaqti tugaganidan so’ng natijalar jadvali muzlatilgan holatidan yakuniy natijalar holatiga o’tadi.

  31. Musaboqa reglamenti Musaboqa qoidalariga ko’ra, masala hisobga olinadi, qachonki taqdim etilayotgan yechim hakamlar tomonidan qo’yilgan barcha testlarga to’g’ri javob bersa. Aks holda, qatnashuvchi dasturi noto’g’ri deyiladi va nima sababdan hisobga olinmaganlik sababini qatnashuvchiga ma’lumot qilib yuboradi. Har bir hisobga olingan masala uchun jarima vaqti beriladi, musobaqa boshlanganidan to masalani muvaffaqiyatli topshirgan vaqti va har bir noto’g’ri jo’natgan urinishlari uchun yigirma minutdan jarima vaqti beriladi. Barcha masalalardagi jarima vaqtlari qo’shiladi. Hisobga olinmagan masalardagi jarima vaqtlari hisobga olinmaydi. http://acm.tuit.uz

  32. Masalalar bazalari http://icpc.baylor.edu http://www.ioi2001.edu.fi http://acm.uva.es http://acm.timus.ru http://neerc.ifmo.ru/ http://neerc.ifmo.ru/trains http://neerc.ifmo.ru/school http://ips.ifmo.ru http://www.uni-vologda.ac.ru/olympiads/interuni/ http://www.main.vsu.ru/-pmmmo/SiteRoss2004/ http://imcs.dvgu.ru/acm/arch.html http://neerc.ifmo.ru/school/1986-1993/ru-olymo-spb-1986.html http://neerc.ifmo.ru/school/1986-1993/ru-olymo-spb-1987.html http://acm.msu.ru/2003/ http://www.rgata.ru/p0.php http://neerc.ifmo.ru/subregions/northern.html http://contest.ur.ru/ural99/ http://contest.felk.cvut.cz/99cerc/ http://www.acm.ro/index.php/ACM1999/Problems http://www.iformatik.uni-uim.de/acm/Regionals/1997/ http://online-judge.uva.es/contest/data/0069/problemset/ http://plg.uvaterloo.ca/~acm00/010922/

  33. Kelgusidagi rejalar • Sayt interfeysini yaxshilash • Ixtiyoriy kesimda reytingni chiqarish • Contestlarni ko’paytirish • OTM, akademik litsey, kollej va maktablar bilan hamkorlikda ichki musobaqalar o’tkazish • Informatik fani bo’yicha O’MKHTM bilan fan olimpiadalarini o’tkazishda hamkorlik qilish. • Chet el OTM bilan hamkorlik qilish

  34. neerc.ifmo.ru

  35. E’tiboringiz uchun rahmat! raxmanov@gmail.com

More Related