1 / 10

Ilmiy rahbar: Hayitov Z.

Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti IV bosqich talabasi Rashidov Shohjahonning “O’zbekiston Respublikasining Janubiy Koreya bilan iqtisodiy, madaniy aloqalarini o’rganish uslubi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishining taqdimoti. Ilmiy rahbar: Hayitov Z.

dacia
Download Presentation

Ilmiy rahbar: Hayitov Z.

An Image/Link below is provided (as is) to download presentation Download Policy: Content on the Website is provided to you AS IS for your information and personal use and may not be sold / licensed / shared on other websites without getting consent from its author. Content is provided to you AS IS for your information and personal use only. Download presentation by click this link. While downloading, if for some reason you are not able to download a presentation, the publisher may have deleted the file from their server. During download, if you can't get a presentation, the file might be deleted by the publisher.

E N D

Presentation Transcript


  1. Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti IV bosqich talabasi Rashidov Shohjahonning “O’zbekiston Respublikasining Janubiy Koreya bilan iqtisodiy, madaniy aloqalarini o’rganish uslubi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishining taqdimoti Ilmiy rahbar: Hayitov Z.

  2. Janubiy Koreya dunyodagi rivojlangan mamlakatlardan biri bo’lib, u Osiyo – Tinch okean mintaqasi davlatlari orasida birinchi bo’lib O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi.

  3. O’zbekiston va Janubiy Koreya o’rtasida 1992-yil yanvar oyida diplomatik munosabatlar o’rnatildi.

  4. Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishida mamlakat rahbarlarining uchrashuvlari va imzolangan hujjatlari asos bo’ldi.

  5. Yurtboshimiz Islom Karimovning 1992, 1995,1999, 2006, 2008, 2011-yildagi Janubiy Koreyaga rasmiy tashriflari ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalar rivojini yangi bosqichga olib chiqdi.Koreya prezidenti Kim Yon Samning 1994-yildagi, prezident No Myun Xonning 2005-yildagi, Li Myon Bakning 2009 va 2011-yildagi mamlakatimizga tashriflar Janubiy Koreya va O’zbekiston o’rtasidagi do’stlikni abadiylikka muhrladi.

  6. Hozirda yurtimizda koreyalik hamkorlar bilan tashkil etilgan 360 qo’shma korxona faoliyat yuritmoqda, Janubiy Koreyaning 80 dan ziyod kompaniyasi yurtimizda o’z vakolatxonasini tashkil etdi. Ular asosan, savdo, to’qimachilik va yengil sanoat, tog’-kon metallurgiyasi, kimyo va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, sayyohlik, sog’liqni saqlash, transport xizmati ko’rsatish kabi sohalarda ish yuritadi.

  7. Mamlakatlarning iqtisodiy aloqalari • Janubiy Koreya mamlakatimizning eng yirik savdo sheriklaridan hisoblanadi. Bugungi kunga kelib O’zbekiston iqtisodiga Janubiy Koreya tomonidan kiritilgan sarmoya 5 milliard AQSH dollaridan oshib ketdi. Koreyaning “DEU”, “LG”, “Kabul tekstayl”, “Samsung”, “Xayntekst”, “Shingdon Enerkom” kabi dunyoga mashhur kompaniyalari yurtimizda faoliyat yuritmoqda.

  8. Madaniy sohadagi hamkorlik • Madaniyat va san’at, ilm-fan va ta’lim, boshqa qator sohalarni o’z ichiga olgan ijtimoiy majmuaga ham katta e’tibor qaratildi. Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ijtimoiy sohadagi aloqalar rivojiga salmoqli hissa qo’shmoqda. Uning yo’llanmasi bilan iqtisodiyot, tibbiyot, ta’lim kabi muhim sohalarda xizmat qilayotgan salkam 500 nafar yurtdoshimiz Koreyadagi maxsus kurslarda malaka oshirdi. 2004-yilda Toshkentda axborot texnologiyalari markazi ochildi. Yurtimizda ko’plab koreys milliy markazlari tashkil etilgan. “Sharq taronalari” musiqa festivalida koreyalik sozandalar muntazam qatnashib kelmoqda.

  9. 2005-yilda O’zbekiston oliy o’quv yurtlarida 30 ga yaqin talaba va aspirant tahsil olgan, 130 ga yaqin hamyurtimiz Koreya Respublikasining turli bilim dargohlarida o’z bilimlarini oshirdilar. Toshkentda 1992-yildan buyon faoliyat ko’rsatayotgan Koreya Ta’lim markazi oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari va talabalari uchun tanlov asosida til va mintaqaviy stajirovkalar, malaka oshirish kurslari tashkil qilib kelmoqda.

  10. O’zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti va Samarqand Davlat Xorijiy tillar institutida koreys tili va madaniyati markazlari faoliyat yurgizmoqda. O’nlab oliy ta’lim muassasalarimizda koreysshunoslik kafedralari tashkil etilgan, 112 maktabda koreys tilidan dars berilmoqda.

More Related