1.58k likes | 14.53k Views
G’afur G’ulom she’riyati. “Vaqt” she’ri tahlili. Sinf: 8 Fan: Adabiyot O’qituvchi: Bekchanova Dono Rashidbekovna. G’afur G’ulomning ijodini faqatgina O’zbekistonda emas, avvalambor har tomonlama, butun dunyoga mashhur qilishimiz kerak. Islom Karimov.
E N D
G’afur G’ulom she’riyati. “Vaqt” she’ri tahlili Sinf: 8 Fan: Adabiyot O’qituvchi: Bekchanova Dono Rashidbekovna
G’afur G’ulomning ijodini faqatgina O’zbekistonda emas, avvalambor har tomonlama, butun dunyoga mashhur qilishimiz kerak. Islom Karimov
MEN O’ZBEK SHOIRIMAN –O’Z XALQIMNING TILIMAN G’afur G’ulom
Abdulla Oripov – shoir! Xudoyberdi To’xtaboyev – adib! Naim Karimov – adabiyotshunos!
Shoir bo’lsa – qissalar yaratganku! Adib bo’lsa – she’rlarichi? Ababiyotshunos deyishimiz mumkinmi? Publistchi? Ham shoir, ham adib, ham adabiyotshunos, ham publist bo’lishi mumkin! Ammo tarjimon bo’lishi mumkinmi???
G’afur G’ulom shoir! U “Sog’inish”, “Vaqt”, “Sen yetim emassan”, “Alisher” kabi ko’plab go’zal she’rlar yaratgan.
G’afur G’ulom adib! U “Shum bola”, “Yodgor”, “Netay” kabi qissalari bilan o’zbek qissachiligi rivojiga salmoqli hissa qo’shdi.
G’afur g’ulom adabiyotshunos va publist! U Navoiy, Mashrab, Muqumiy, Furqat kabi ko’plab adabiyotimizning yirik vakillari haqida maqolalar yozdi. Xususan, “Fol’klorni o’rganaylik”, “Shoir ayblaydi” (Furqat haqida), “Oybek – yozuvchi va olim” kabi ilmiy-publististik maqolalari mavjud. Undan tashqari ikki tomlik “Adabiy-tanqidiy maqolalar” (1971,1973) to’plami adibning adabiyotshunos sifatidagi ilmiy izlanishlari mahsulidir.
G’afur G’ulom mening jonajon do’stim va ustozimdir: u qanchalik o’zbekniki bo’lsa, shunchalik tojik xalqining ham, boshqa qardoshlarimizning ham ulkan shoiridir. Mirzo Tursunzoda
G’afur G’ulom turkiy xalqlar she’riyati rivojiga buyuk hissa qo’shgan, butun ko’p millatli adabiyotimizning cho’ng, ko’rkam vakillaridan biri, barchamizning g’ururimiz bo’lgan ajoyib so’z san’atkoridir. Chingiz Aytmatov
G’afur G’ulomning o’lmas, barhayot she’rlari bugungi kunda o’z ona tili – o’zbek tilida, rus hamda boshqa qardosh xalqlar va xorijiy tillarda jaranglamoqda. G’afur G’ulom – xalq shoiri. U qaysi bir tilga tarjima qilinmasin, uzoq va mangu yashaydi. Rasul Hamzatov
Men rus shoiriman, G’afur G’ulom jahon she’riyatiga qanday yangilik olib keldi, deb so’rasalar, aytar edimki, o’zbek shoiri hayot shodliklarini madh etdi, Osiyoning yangi kishisi obrazini yaratdi, yaratgan Sharq qo’shig’ini kuyladi. U tasvirlagan yangi inson qadrdon diyorining qiyofasini o’zgartirdi… U o’zining shoirona iste’dodi bilan o’zbek she’riyatini, o’zbek xalqining mehnatini ulug’ladi. Nikolay Tixonov
Mening tasavvurimda shoir G’afur G’ulomni inson G’afur G’ulomdan ajratish qiyin. U mukammal shaxs edi. Shuning uchun ham uning she’rlarini hayotidan va aksincha, hayotini she’rlaridan ajratib bo’lmaydi. Hayotda ham, she’rlarida ham u saxiy qalbli inson edi, odamlarni chin dildan sevardi. Konstantin Simonov
G’afur G’ulom ijodiyoti – zo’r gulxan, uning har qanday ko’rinishi xilma-xil yonish, ya’ni nur va harorat, demakdir. G’afur G’ulom poeziyasining zo’r kuchi, jozibasi, ko’zni qamashtirib yuboradigan go’zalligi shundadir. Abdulla Qahhor
G’afur G’ulom sharq she’riyati tarixini ham, rus va Yevropa poetik madaniyatini ham mukammal bilgan va o’zlashtirgan shoir edi. Ammo, uning ijodida Jambulga xos soddalik bilan Umar Xayyomga xos falsafiylik va teranlik ko’proq bo’rtib turadi. Naim Karimov
nazmi • Birinchi she’riy to’plami 1931-yilda “Dinamo” nomi ostida chop etiladi. • 1932-yilda ikkinchi “Tirik qo’shiqlar” she’riy to’plami nashr qilinadi. • “Sharqdan kelayotirman” to’plami uchun Davlat mukofotini oladi. • 1933-yilda “Ko’kan” nomli poemasini yozadi. • “To’y va “Ikki vasiqa” balladalari mashhur. • “Farzandlarimga” (1983) she’riy to’plami nashr etildi. • “Bari seniki” (1953) she’riy to’plami chop qilindi.
Gafur Gulomning ilk ijodining debochasi 1923 yilda matbuotda e`lon qilingan “Go`zallik nimada?” she`ridir. • Gafur Gulom urush yillarida samarali ijod qildi. “Kuzatish”, “Soginish”, “Xotinlar”, “Sen yetim emassan”, “Bizning ko`chada ham bayram bo`lajak” , “Biz yengamiz”, “Men yahudiy”, Oltin medal”, “Suv va nur” she`rlari ayni shu davrning mahsulidir. • “Kuzatish” (1941) she’rida shoir o’z o’g’li Jo’rani frontga jo’natishi haqida yozgan. Asarda G’afur G’ulom o’z shaxsiy hayotini jamiyat va xalq hayoti bilan bog’lab tasvirlaydi.
Insonga xos mangu tuyg’ular "Qish va shoirlar" (1929); "Non" (1931); "Toshkent" (1933); "Qutbda saylov" (1937); "Men Yahudiy" (1941); "Qish" (1941); "Xotin" (1942); "Afsuski, afsusni qo’shib ko’mmadi" (1945) singari she'rlarda aks etdi.
Obod,tabiat va qalb, bog’, saxiy bog’bon, umiddagi kelajak singari tuyg’ular "Bog’" (1934); "Sog’inish" (1942); "Kuz keldi" (1945); "Kuzgi Ko’chatlar" (1948); “Chaman” “Bahor ohanglari” kabi she’rlarida gavdalanadi.
Yurt, xalq, kelajak oldidagi mas'ullik, Ota timsoli aks etgan "Sen yetim emassan" (1942); "Sog'inish" (1942); "Biri biriga shogird, biri biriga ustod" (1950); "Sizga" (1947); "Bahor taronalari" (1948); singari she'rlari xalq ko’nglidan chuqur joy oldi.
“Sen yetim emassan” • Gafur Gulomning barchaga ma`lum va mashhur “Sen etim emassan” she`ri kuchli ichki tug’yon bilan yozilgan. • Ushbu she`r ikkinchi jahon urushi ayni dahshatli tus olgan bir paytda, beomon, qonli qirg’in olovi ostida qolgan belorus, ukrain va rus tuprog’ida ota-onasiz etim bo`lib qolgan murg’ak go`daklarning O`zbekiston tuprog’iga olib kelinishi davrida yozilgan. • She’rda shoirning o`z boshidan kechirgan etimlik yillarining dahshatli mashaqqatlari lirik chekinish orqali ochib berilgan. Shoir o`z xotiralarini izchil kuchayib boruvchi poetik pafos bilan she`rxonga etkazishga, uni o`zining dardli xotiralari bilan oshno etishga muvaffaq bo`lgan.
“Vaqt” she’ri • She’r 1945 yilda fashizm ustidan qozonilgan g’alaba munosabati bilan yoziladi. • Bu she’rni shoir unga soat taqdim etgan jiyani – moyor Hamidulla Husan o’g’liga bag’ishlagan. Bir onning bahosin o’lchamoq uchun Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz. Nurlar qadami-la chopgan sekundning Barini tutolmas ayhannos ovoz (“Vaqt”)
“Vaqt” she’ri yuzasidan savollar • Inson hayoti davomida nimadan unumli foydalanishi kerak? • Umr daftari nima? • Nemish generali necha sekundda qo’l qo’ydi? • She’rda “G’uncha ochulguncha o’tgan fursatni” nimaning umriga qiyos etgan? • Ba’zida bir nafas olgulik muddat nimaning so’nishi uchun yetgulik? • “Bir onning” bahosin o’lchamoq uchun nimalar kerak? • Tiriklikning ko’rki nimada deb o’ylaysiz? • Bu hayotda adib nimani g’animat deb biladi? • She’rni nimaga abadiy haykal qo’yiladi? • She’rning asosiy mohiyati nimaga qaratgan?
Tarix zarvaraqlarida Jahon urushi Reyxstag Fashist generali Gerostrat Diana ma’badi
“Sog’inish” she’ri • “Sog’inish” she’ri “Kuzatish”ning mantiqiy davomi hisoblanib, bu she’r 1942 yilda yaratilgan. “Kuzatish”da o’z o’g’lini urushga jo’natayotgan ota timsoli tasvirlangan bo’lsa, “Sog’inish” she’rida farzand sog’inchi ila o’rtanayotgan “o’zbek otasi”ning yaxlit siymosi aks ettirilgan. Ye, o’g’lim, jonginang salomat bo’lsin, O’z bog’ing, o’z mevang danagin saqla. Shu meros bog’ingni o’z qo’lingga ol, Menga topshirilgan merosiy haq-la. (“Sog’inish”)
“Sog’inish” she’ri yuzasidan savollar 1. Eng kichik zarradan Yupitergacha kim murabbiy? 2. Uzilgan nima abad yo’qolmaydi? 3. Xoki anjir tugab, nima g’arq pishgan? 4. Shoir “iblisning g’arazi” deganda nimani nazarda tutadi? 5. “Sog’inish” qahramoni “xazinai umrimdan yo’qotdi olmos” deganda kimni nazarda tutadi? 6. She’rda qaysi shoir tilga olinadi? 7. Hasharchi qo’shni qiz kim? 8. Shafaqday nimpushti, sarin, beg’ubor, deya shoir nimani ta’riflamoqda?
“Alisher” she’ri • G’afur G’ulom “Alisher” she’rini ulug’ mutafakkir bobomiz Mir Alisher Navoiyning tavallud to’yi munosabati bilan 1948-yilda yozadi. Yuksak tog’ oralab o’kirgan she’rning Na’rasiga tengdir aksi sadosi, Besh yuz yil yangradi tog’day Vatanda Buyuk Alisherning asriy nidosi. (“Alisher”)