2.49k likes | 21.3k Views
27-umumta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi ABSAMATOVA DILOROMNING ona tili fanidan « Zidlov bo`g`lovchilari yordamida bog`langan qo`shma gaplar » mavzusida o`tkazilgan OCHIQ DARS ISHLANMASI. I. Mavzu: Zidlov bo`g`lovchilari yordamida bog`langan qo`shma gaplar.
E N D
27-umumta`lim maktabiningona tili va adabiyot fani o`qituvchisiABSAMATOVA DILOROMNING ona tili fanidan«Zidlov bo`g`lovchilari yordamida bog`langan qo`shma gaplar»mavzusida o`tkazilgan OCHIQ DARS ISHLANMASI
I. Mavzu: Zidlov bo`g`lovchilari yordamida bog`langan qo`shma gaplar. • II. Maqsad: • a) ta`limiy: o`quvchilarga zidlov bog`lovchilari yordamida bog`langan qo`shma gaplar yuzasidan nazariy bilim berish; • b) tarbiyaviy: o`quvchilarga do`stlikning kuch-qudrati va ahamiyatini uqtirish; • d) o`quvchilarni mustaqil ishlashga, ijodiy fikrlashga o`rgatish;
III. O`quv jarayonini tashkil etish. • a) Uslub: aralash • b) Uslub: mustaqil ta`lim, aqliy hujum, suhbat, o`yin, guruhlarda ishlash • d) Tipi: yangi bilimlar hosil qiluvchi. • e) Baholash: 5 imkoniyat asosida 5 balli tizimda.
Dasrning imkoniyatlari. • 1. Dasrga tayyorgarligi. 1 ball • 2. Uy ishi. 1 ball • 3. Mustaqil ishlashi. 1 ball • 4. Nutq ravonligi. 1 ball • 5. Savol-javob 1 ball
IV. Dars taqsimoti: • 1. Tashkiliy qism 3 daqiqa • 2. Uy ishini so`rash 10 daqiqa • 3. Hikmatlar sabog`i (yangi mavzu asosida) 8 daqiqa • 4. Mashqlar ustida ishlash 10 daqiqa • 5. O`yla-juftlikda ishla-fikr almash 7 daqiqa • 6. Mustahkamlash daqiqasi 4 daqiqa • 7. Uyga topshiriq 3 daqiqa
V. Darsning borishi: • I. guruh “Donolar” • II. guruh “Topqirlar” • III. guruh “Zukkolar”
“Hikmatlar sabog`i”1-topshiriq • Ko`chiring. • Gaplar tarkibidagi zidlov bog`lovchilarini ayting. • 1. Dilimizda orzu balandroq edi, • Lekin ko`klam noqulay keldi. • Gul to`g`risida yozganini ko`rganim yo`q, lekin paxta haqida ko`p yozadi. Yo`lning ikki chetidagi g`alla tovlanardi, ammo ular o`tgan yillardagi kabi baland emas edi. Kechasi yana qor yoqqan, biroq havo unchalik sovuq emas edi. • Savol: • 1. Zidlov bog`lovchilari deb qanday bog`lovchilarga aytiladi? • 2. Zidlov bog`lovchilariga qaysi bog`lovchilar kiradi?
Yangi mavzu bayoni. • Bilim oling. Zidlov bog`lovchilari bog`langan qo`shma gap qismlarini bog`lash bilan birga, ular o`rtasida zidlik munosabati mavjudligini ham ifodalaydi. • Zidlov bog`lovchilari qo`shma gapning ikkinchi qismi boshida qo`llanadi, qo`shma gap qismlari vergul bilan ajratiladi. • Eslab qoling: –u (-yu), -da yuklamalari bog`langan qo`shma gap qismlarini bog`lash bilan birga, ular o`rtasida zidlash, ketma-ketlik munosabati mavjudligini bildiradi. • Masalan: Havo ochildi-yu, harorat sezilmadi. • Ba`zan zidlik mazmunini kuchaytirish uchun zidlov bog`lovchisi va –u (-yu) yuklamasi birga ishlatiladi. • Oy yoritadi-yu, lekin isitmaydi.
62-mashq I-guruh uchun • 1. Ashula nihoyasiga yetdi, lekin bir zumdan keyin yana yangi tovush parvoz qildi. • 2. Bu daraxtlarning bo`yi baland, lekin mevasi kam. • 3. Hammasini tinglardim ammo O`xshashini topmadim aslo. • 4. Oy yoritadi, lekin isitmaydi • 5. Maqtamasman moziyni biroq, o`tmishingni o`ylayman bir zum.
II-guruh uchun: 63-mashq (yozuv taxtasida bajariladi) • III-guruh uchun: • Zidlov bog`lovchilari yordamida bog`langan qo`shma gap tuzish.
O`yla-juftlikda ishla- fikr almash.Guruhlarga topshiriqlar • I. “Donolar” guruhi uchun: • Teng bog`lovchilarni toping. • Ammo, hatto, biroq, va, chunki, lekin, garchi, ham, agar, shuning uchun, goh…goh, ba`zan…ba`zan, singari, balki, hamda, go`yo, na…na, xuddi. • II. “Topqirlar” guruhi uchun. • Bog`langan qo`shma gaplarni aniqlang. • 1. Eshik sekin ochildi-yu, Qalandorovning yuzi ko`rindi. • 2. Kimki yomonlar suhbatidan qochsa, u yaxshilar suhbatiga erishadi. • 3. Agar suv bo`lsa, cho`l-u sahrolar bo`stonga aylanadi. • 4. Mevalar terilgan, ammo bir necha yosh anor butasida qazil anorlar barq urar edi. • III. “Zukkolar” guruhi uchun. • Zidlov bog`lovchilari yordamida bog`langan qo`shma gaplarni ko`chiring. • 1. Shirin til odamni baxtiyor qiladi, biroq achchiq til odamni darbadar etadi. • 2. Sog`liq shunday boylikki, qadrini undan ajralgan kishilargina biladi. • 3. Seni quyoshga o`xshataman, lekin, onajon, sen quyoshdan ham saxiysan. • 4. Qalovini topsang, qor yonar.
I. “Donolar” uchun • 1. Qo`shma gap nima? • 2. Qo`shma gapning tasnifini ayting. • 3. Qo`shma gap qismlari deganda nimani tushunasiz?4. Bog`langan qo`shma gap haqida gapiring?5. Gap uchun muhum belgi nima?6. Va qanday bog`lovchi?II. “Topqirlar” uchun • 1. Bog`langan qo`shma gaplardagi sodda gaplar orasida qanday tinish belgisi ishlatiladi? • 2. –u (-yu), -da nima?3. Biriktiruv bog`lovchilari yordamida bo`g`langan qo`shma gap haqida gapiring • 4. Qo`shma gap qaysi bo`limda o`rganiladi? • 5. Yomg`ir tindi va biz yo`lga otlandik. Tuzilishiga ko`ra qangay gap? • 6. Goh…goh qanday bog`lovchi? • III. “Zukkolar ” uchun • 1. Zidlov bog`lovchilarini ayting?2. Zidlov bog`lovchilarining qo`shma gap tarkibidagi o`rnini ayting? • 3. Qo`shma gap nechta sodda gapdan iborat bo`ladi? • 4. , ___ qolip asosida qanday qo`shma gaplar hosil qilinadi? • 5. Biriktiruv bog`lovchilari o`rnida qanday yuklamalarni qo`llash mumkin? • 6. So`zning turi ko`p, lekin yolg`ondan xunukroq turi yo`q. Qanday gap?
Savollarning javobini tekshiring I-guruh • 1. Ikki yoki undan ortiq sodda gapning o`zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan, ohang tugalligiga ega bo`lgan butunlik qo`shma gap sanaladi. • 2. a) bog`langan qo`shma gap b) ergashgan qo`shma gap • d) bog`lovchisiz qo`shma gap • 3. Qo`shma gapni tashkil etgan sodda gaplar • 4. Qismlari teng bog`lovchilar bo`lsa, esa so`zlari va -u, (-yu), -da yuklamalari yordamida bog`langan gap bog`langan qo`shma gap deyiladi. • 5. Gap uchun asosiy belgi kesimlikdir. • 6. Va. Biriktiruv bog`lovchisi. • II-guruh • 1. Vergul • 2. Yuklama. • 3. Biriktiruv bog`lovchisi qo`shma gapning payt, sabab-natija munosabatida bo`lgan qismlarini bog`laydi. Bunday gap biriktiruv bog`lovchili qo`shma gap deyiladi. • 4. Sintaksisda • 5. Tuzilishiga ko`ra qo`shma gap. • 6. Ayiruv bog`lovchilari. • III-guruh • 1. Ammo, lekin, biroq • 2. Ikkinchi sodda gapning boshida keladi. • 3. Ikkita sodda gapdan iborat bo`ladi. • 4. Bog`langan sodda gaplar hosil bo`ladi. • 5. –u, (-yu), -da yuklamalarini qo`llash mumkin. • 6. Zidlov bog`lovchisi yordamida bog`langan qo`shma gap.
Darsni yakunlashMavzuni xulosalashO`quvchilar bilimini baholashG`olib guruhni aniqlashUy vazifa berishO`qituvchi: D. Absamatova O`TIBDO`: R. Zikriyayeva