1.27k likes | 4.03k Views
Sana: 14 .02.2013 Sinf: 5 -“ F ” sinf Fan: Matematika Mavzu: O`nli kasrlarni qo`shish va ayirish.
E N D
Sana:14.02.2013Sinf:5-“F” sinfFan: Matematika Mavzu: O`nli kasrlarni qo`shish va ayirish
Ta’limiy maqsad: o’quvchilarning o`nli kasrlarning yozilishi, ularni taqqoslashga doir bilim, ko’nikma va malakalariga tayangan holda ularga o`nli kasrlarni qo`shish va ayirish to’g’risida tushuncha berishTarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda Vatanga muhabbat hissini uyg’otish, ularda mehnatga ongli munosabatni tarbiyalash, ota-bobolarimiz va ularning fanga qo’shgan hissalaridan g’ururlanish tuyg’ularini shakllantirish Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning aqliy kamolotini, mantiqiy fikrlash va guruhlarda ishlash qobiliyatini, diqqati hamda xotirasini rivojlantirish
Darsning turi: yangi bilimlarni o’zlashtirish darsiDarsning usuli: noan’anaviy (guruhlarda ishlash, aqliy hujum, savol-javob, “Klaster” usuli, “Daraxtni gullatish o`yini” usuliDars uslubi: ko’rgazmali – amaliy Darsning jihozi: darslik, qo’shimcha adabiyot (matematika tarixiga oid), masalalar to’plami, tarqatma materiallar, misollardan namunalar yozilgan plakatlar, slaydlar, kompyuter texnikasi vositalari (notebook va videoproyektor), lug’atli plakat va internet materiallari
Darsning borishi:1.tashkiliy qism – 5 daqiqa2.uyga vazifani tekshirish – 2 daqiqa3.o’tgan mavzuni mustahkamlash – 3 daqiqa4.yangi mavzuning bayoni – 20 daqiqa5.yangi mavzuni mustahkamlash – 10 daqiqa6.o’quvchilarni baholash – 3 daqiqa7.uyga vazifa berish – 2 daqiqa
Darsning bayoni:Tashkiliy qism (5 daqiqa):1) salomlashish:- Good morning children (Salom, o’quvchilar). Sit down, please. (Marhamat o’tiringlar). Our lesson is mathematics (Darsimiz - matematika).2) Navbatchi axboroti tinglanadi:- Who is on duty today? (Bugun kim navbatchi?)- What is the day today? (Bugun sana nechanchi?)- Who is absent? (Darsda kim ishtirok etmayapti?)3) Sinfda psixologik iqlim yaratish:- What season is it now? (Hozir qaysi fasl?)- What holiday is it today? (Bugun qanday kun?)- The 14th of February. The birthday of Zakhiriddin Muhkammad Bobur. He is a greet uzbek poet. Xo`sh kim Bobur mirzo bobomiz ijodidan namunalar ayta oladi?
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR (1483 – 1530)Meni behol aylagan yor oydurur — Kim, oning vasli menga yoroydurur. Gar visoli bo`lmasa, ketar yerim Yo Xuroson, yo Xitoy, yo Roydurur.
4) O’quvchilarni guruhlarga bo’lish. Bunda o’quvchilar kartochkalarga yozilgan sonlarga qarab uch guruhga bo’linadilar. To’ntarilgan kartochkalarga uch guruhga mansub, o’tilgan mavzularga doir sonlar: oddiy kasr va o`nli kasr so’zlari yoziladi. Shu sonlarga qarab o’quvchilar guruhlarga bo’linadilar va ikkita yirik banklarning nomlari bilan nomlanadilar: 1 – guruh – “ASAKA BANK”, 2 – guruh – “MILLIY BANK”,
5) Ball to’plash imkoniyatlarini tushuntirish:1. Uyga vazifa – 1 ball2. Mustahkamlashdagi to’g’ri javob – 1 ball3. Savol – javob – 1 ball4. Misol yechish – 1 ball5. Ekrandagi testlarni bajarish – 1 ballUyga vazifani tekshirish (2 daqiqa): o’quvchilar o’z-o’zini baholash usulida baholanadilar.
Mavzu rejasi: 1) O`nli kasrlarni qo’shish 2) O`nli kasrlarni ayirish 3) O`nli kasrlarning xona birliklariO’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan bilim, ko’nima va malakalar:o`nli kasrlarni qo`shish va ayirish, xona birliklari bo`yicha yoyish, ularni taqqoslashni bilish
Yangi mavzuning bayoni (20 daqiqa):Har ikkala guruh a’zolaridan bir nafari o`zlariga oldindan berilgan topshiriq bo`yicha ma’ruza qilishadi va shu guruh a’zosi sherigi aytgan ma’lumot bo`yicha namuna ko`rsatadi.O`qituvchi: - O`nli kasrlarni qo’shish va ayirish Ulug`bek rasadxonasida faoliyat yuritgan G`iyosiddin Jamshid al-Koshiyning “Hisob ilmi kaliti” asarida keltirilgan.
O`nli kasrlarni qo’shish.1-misol: Yig’indini toping: 2,857+3,1Yechilishi: 1) verguldan keyingi raqamlar sonini tenglaymiz: 2,857+3,100; 2) ularni aralash son ko`rinishida yozib olamiz:
3,87 3,87 + + 12,50 12,5 16,37 16,37 O'nli kasrlarni qo'shish Misol: 3,87+12,5= =3,87+12,50=16,37
36,253 36,253 8,140 8,14 28,113 28,113 – – O'nli kasrlarni ayirish Misol: 6,7–4,285= =6,700–4,285=2,415
O`nli kasrlarning xona birliklari Yig`indini toping: 0,7+0,07+0,007=0,777 0,777 O`ndan birlar Yuzdan birlar Mingdan birlar O`nli kasrlarning xona birliklari bo`yicha yoyilmasi
1)5,7 va4,9 2)3,783 va 3,759 5>4, demak, 5,7>4,9 8>5, demak, 3,783>3,759 O'nli kasrlarni xona birliklari bo'yicha taqqoslash
Koordinata o’qida tasvirlanishi:Sonlarni taqqoslang: 1,2 va 1,7 O 1,7 1,2 1,2 < 1,7 chunki 2<6
Koordinata o’qida tasvirlanishi:Sonlarni taqqoslang: 1,2 va 1,7 O 1,17 1,14 1,17 > 1,14 chunki 7>4
Masalalar yechish:854. Hisoblang (og`zaki):1) 6,5+4,5= 5) 4,54+5,46= 2) 3,5-2,5= 6) 1,83-0,03=3) 3,6+6,4= 7) 2,508+8= 4) 8,7-3= 8) 7,45-4=
855. Hisoblang:1) 1,18+5,32= 2) 4,85-3,25 3) 2,845+9,057= 4) 5,82-2,758=5) 12,345+13,655=6) 7,238-4,72=
857. Masalani yeching: Nazira – 15,5 kg Muhammadjon – 20,8 kg Yoqut Naziradan 3,8 kg ortiq Otabek Muhammaddan 3,7 kg ortiq Birgalikda qancha uzum uzishgan?
O’quvchilarni baholash: o’quvchilar guruhlar tarkibida “Banklar o’yini” natijasiga ko’ra, ko’p yig’ilgan mablag’ga qarab 1 balldan 5 ballgacha baholanadilar.Uyga vazifa: 874 – 876 masalalarni yechish (169 – bet) va 10 ta matematik atamaning inglizcha tarjimasini yozish va yodlab kelish.Darsni yakunlash va xayrlashish.
Watch Closely…. And Enjoy this Artwork… Sound on…