1 / 8

Xo’jayli tumani-2013 yil

Xo’jayli tumaniga qarashli 2-sonli maktab Urgan-urgat bo’yicha 8 sinfga INFORMATIKA fanidan bir soatlik dars ishlanma Mavzu: Mantiqiy amallar va sxemalar. Xo’jayli tumani-2013 yil. Informatika fani o’qituvchisi Shakhabaeva Jarkinay.

irish
Download Presentation

Xo’jayli tumani-2013 yil

An Image/Link below is provided (as is) to download presentation Download Policy: Content on the Website is provided to you AS IS for your information and personal use and may not be sold / licensed / shared on other websites without getting consent from its author. Content is provided to you AS IS for your information and personal use only. Download presentation by click this link. While downloading, if for some reason you are not able to download a presentation, the publisher may have deleted the file from their server. During download, if you can't get a presentation, the file might be deleted by the publisher.

E N D

Presentation Transcript


  1. Xo’jayli tumaniga qarashli 2-sonli maktabUrgan-urgat bo’yicha 8 sinfgaINFORMATIKAfanidan bir soatlik dars ishlanmaMavzu: Mantiqiy amallar va sxemalar Xo’jayli tumani-2013 yil Informatikafanio’qituvchisi ShakhabaevaJarkinay

  2.            Mantiqiy amallar. Kundalik hayotimizda turli mulohazalardan foydalanamiz.           Mulohaza - bu narsa va hodisalarning sifatini anglatuvchi darak gapdir.            Mulohazalar sodda va murakkab bo'lishi mumkin. Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan "VA", "YoKI" kabi bog'lovchilar, "EMAS" shaklidagi ko'makchilar yordamida tuziladi.           Mulohazalarni latin alifbosi harflari bilan belgilash qabul qilingan. Har bir mulohaza faqat ikkita: "rost" yoki "yolg'on" mantiqiy qiymatga ega bo'lishi mumkin. Qulaylik uchun "rost" ni 1 raqami bilan, "yolg'on"ni esa 0 raqami bilan belgilaymiz.           Biror shart yoki usul bilan bog'lanmagan hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amal bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin.            Quyida sodda mulohazalar ustida bajarilishi mumkin bo'lgan ba'zi amallar bilan tanishamiz. Mantiqiy amallar va sxemalar.

  3. A va B sodda mulohazalar bir paytda rost bo'lgandagina rost bo'ladigan yangi ( murakkab) mulohazani hosil qilish amali mantiqiy ko'paytirish amali deb ataladi. Mantiqiy ko'paytirish amali ikki yoki undan ortiq sodda amallarni "VA" bog'lovchisi bilan bog'laydi hamda "A va B" , "A ^ B" kabi ko'rinishlarda yoziladi. Mantiqiy ko'paytirishni jadval yordamida quyidagicha ifodalash mumkin: Mantiqiy kopaytirish amali.

  4. Mantiqiy qo'shish amali. • A va B mulohazalarning kamida bittasi rost bo'lganda rost bo'ladigan yangi murakkab mulohazani hosil qilish amali mantiqiy qo'shish amali deb ataladi va "A yoki B", A V B, A+B kabi ko'rinishlarda belgilanadi. • Mantiqiy qo'shish amalini jadval ko'rinishida quyidagicha ifodlash mumkin:

  5. Mantiqiy inkor amali. • A mulohaza rost bo'lganda yolg'on, A yolg'on bo'lganda esa, rost qiymat oladigan mulohaza hosil qilish amali mantiqiy inkor amali deb ataladi.Mantiqiy inkor amali "A EMAS" , ¬A ko'rinishlarda yoziladi. Mantiqiy inkor amali jadval ko'rinishida quyidagicha ifodalanadi:

  6.            Ko'rinib turibdiki, mantiqiy o'zgaruvchilar, munosabatlar, mantiqiy amallar, qavslar yordamida mantiqiy ifodalar hosil qilish mumkin ekan.           Mantiqiy ifodalarda mantiqiy amallar qo'yidagi tartibda bajariladi: inkor (¬ ), mantiqiy ko'paytirish ( ^), mantiqiy qo'shish (V).           Teng kuchli yoki bir xil amallar ketma-ketligi bajarilayotganda amallar chapdan o'ngga qarab, tartib bilan bajariladi; ifodada qavslar ishtirok etgan holda esa, dastlab qavslar ichidagi amallar bajariladi. Qavslar ichma-ich joylashgan bo'lsa, dastlab eng ichkaridagi qavslar ichidagi amallar bajariladi. • misol. A va B mulohazalar rost qiymat qabul qilsa, A ^ B V A amal qanday qiymatga ega bo'ladi?           Yechish. A va B mulohazalar rost qiymatli bo'lganligi uchun           A ^ B amal rost qiymat qabul qiladi. U holda jadvalga ko'ra ikkita rostni mantiqiy ko'shishdan rost hosil bo'ladi. Demak, javob "rost" ekan.

  7.            Kompyuterning xar qanday mantiqiy amali asosiy mantiqiy vositalar (elementlar) yordamida bajariladi. Elementlarning o'zi oddiy elektr sxemalaridan iboratdir. Bunda sxema kirish qismiga kelgan signallar argument deyilsa, uning chiqishidagi signallar bu argumentlarning funksiyasi bo'ladi. Sxemaning ma'lum qismida signalning mavjud bo'lishi birni, yo'q bo'lishi nolni ifodalaydi.            Eng sodda va keng tarqalgan mantiqiy elementlar bilan tanishamiz.           Mos tushish sxemasi ("VA" elementi). Mantiqiy ko'paytirishni amalga oshiradigan sxema tuzish masalasi qo'yilgan bo'lsin. Bunday sxema ikki A va B kirishga va bitta A ^ B chiqishga ega bo'ladi.           Kiruvchi va chiquvchi (natija) signallar elektr impulslaridan iborat bo'lishi kerak. Bunda impuls bo'lishiga 1, bo'lmasligiga 0 raqam mos kelsin. Faraz qilaylik, tok manbasi, lampochka va ikkita o'lchagichli elektr sxemadan yig'ilgan bo'lsin. Lampochka yonishini 1 va o'chgan holini 0 deb qabul qilamiz. Bunday sxema mos tushish sxemasi deb ataladi.            Yig'uvchi sxema ("YOKI" elementi). Bu sxema kirish signaliga nisbatan kamrok "talab qo'yadi". Kirishlardan kamida birida 1 qiymat bo'lgan holda chiqishda ham 1 hosil bo'laveradi. Mantiqiy elementlar.

  8.            "Yoki" mantiqiy amalga bo'ysinuvchi elektr sxema tok manbasi, lampochka va parallel ulan-gan ikkita ulagichdan iborat bo'lishi mumkin. Haqiqatdan ham ulagichlardan birini masalan, X ni ulashimiz bilan chiroq yonadi. Mos tushish sxemasidan farqli bu erda kirishlardan ixtiyoriy biriga signal tushishi bilanoq chiqishga o'tadi. Shuning uchun mantiqiy ko'shish amalini baja-ruvchi sxemalar yig'uvchi sxema nomini olgan. Bunday sxemalar yordamida bir nuqtaga turli-tuman tarmoqlar tutashmaydigan qilib kuchlanish uzatish mumkin.Inventor sxemasi ("EMAS" elementi). Inventor sxemasini "teskari zanjir" deb atasa ham bo'ladi. Unda bitta kirish va bitta chiqish mavjud.            EMAS mantiqiyamalgamoskeladiganelektrtokmanbasi, chiroqvatugmadaniborat. Tokimpulsikirishda signal bo'lmaganholdapaydobo'ladi. Haqiqatdan ham tugmabosilsa, tutashtirgichtutashganjoydanuziladi, ya'nielektrzanjirajraladivachiroqo'chadi. Tugmaqo'yibyuborilganpaytda, ya'nikirishda signal yo'qbo'lganholdachiroqyonibturadi. Demak, chiroqyonishitugmaningholatiganisbatanteskariekan.

More Related