1.66k likes | 5.61k Views
Senga sadqa bu jonim, Navro’z!. Tayyorladi: Sergeli tumani 318-sonli “Ixtisoslashgan maktab-bog’cha”majmuasi o’qituvchisi M.K.Davletjonova. Navro’zim orzumning yorug’ yulduzi. Ne baxt, yana yurtimga Navro’z ayyomi keldi Yangi kun-yangilanish,yashnash maromi keldi.
E N D
Senga sadqa bu jonim, Navro’z! Tayyorladi: Sergeli tumani 318-sonli “Ixtisoslashgan maktab-bog’cha”majmuasi o’qituvchisi M.K.Davletjonova
Navro’zim orzumning yorug’yulduzi • Ne baxt, yana yurtimga Navro’z ayyomi keldi Yangi kun-yangilanish,yashnash maromi keldi. Ezgu urf-odatlarning azaliy,Navro’zona Mehr bilan yo’g’rilgan sog’inch salomi keldi. Kun va tunni barobar teng aylaguvchi qudrat Hamal burji atalmish oliy maqomi keldi Shu kunlar deb jon fido etgan buyuk zotlarning, Xotiri e’zozlanib,mangulik nomi keldi.. Bizga ruhiy madadkor bo’lib o’tmish moziyning,- G’ijduvoniy, Naqshbndu, Sino, Hayyomi keldi. Tilimizni tobora jarangdor,nafis aylab, Alisher Navoiyning she’riy kalomi keldi.
Vasli aro ko’rdim teng emish bo’yiyu sochiTun kun ekan, zohir o’lur bo’ldi chu Navro’z • “Navro’z hayot abadiyligining, tabiatningustivor qudrati va cheksiz sahovotining, shu bilan birga necha ming yillik milliy qiyofamizning, urf- odatlarimiz mangulikifodasi, tasdiqidir.Navro’z yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uyg’onishi bilan bog’liq yangi kunning boshlanishidir.“ I.A.Karimov
Savollar : • Bolalar, biz bahorda qanday bayramlarni nishonlaymiz? • Navro’z qanaqa bayram? • “Navro’z” so’zining ma’nosini bilasizmi? • “Alyor” nima?
Javoblaringizni tekshiring! Bahorda biz 8-mart “Xotin-qizlar bayrami”ni, “Navro’z” bayramini, “Xotira va qadrlash kuni”ni nishonlaymiz. Navro’z asrlar osha yashab kelayotgan bir qancha udum,urf-odat va marosimlarni o’zida jamlagan bayram. Navro’z kunigacha ko’cha, sayilgohlar, maktab, bog’chalar , hamma joylar tartibga keltiriladi. Hasharlar uyushtiriladi.Bayram taomlari- doshqozonlarda sumalaklar pishiriladi.O’zbek xalqimizda qo’ni-qo’shni, muhtojlar holidan xabar olish kabi o’lmas milliy udumlarimiz bor.
Navro’z so’zining ma’nosi: “Navro’z” so’zi fors tilida “yangi kun”- shamsiya (quyosh) yil hisobida yilning birinchi kuni degan ma’noni anglatadi. Bahorning teng kunlikka (21 yoki 22 mart) ya’ni quyoshning hamal burjiga kirishiga to’g’ri keladi. Navro’z sharq xalqlarining qadimiy, hayotbaxsh bayramidir.U haqda ko’p afsonalar bor. Shulardan birida aytilishicha, butun ro’yi- zaminni suv bosib, to’fon bo’lganida Nuh payg’ambar har turli jonli zotlardan bir juftdan olib, kemasida suzib yurgan ekan. Bir kuni u yer yuzida quruqlik bor-yo’qligini bilib kelish uchun qaldirg’ochni uchirib yuboribdi. Bir mahal qaldirg’och tumshug’ida bir giyohni ko’tarib uchib kelibdi. Giyoh shu yaqin orada yer borligini, u yerga esa ko’klam kelganini bildirardi.Huh qaldirg’och ko’rsatgan tomonga suzib boribdida, suv o’rtasidagi zaminni ko’ribdi.Kemasidagi barcha jonzotlar yerga tushib, to’fon azobidan qutulibdilar. Ular o’sha kunni “yangi kun” yoki “Navro’z” deb bayran qila boshlabdilar.
Alyor – bu qo’siq • Navro’z kunlaridagi shodiyonalik, tabiatda yuz beradigan uyg’onish, go’zal manzaralarning nihoyatda jonli va yorqin manzarasi xalq qo’shiq- alyorlarida kuylangan. • Alyor bizga payg’ambarimiz Muhammad (s.av) ning qizlari Bibi Fotimadan meros. Payg’ambarimizning kuyovlari hazrati Ali bibi Fotimaga uylanganlar, ya’ni yor bo’lganlar.Aliyor- Aliga yor so’zidan kelib chiqqan.So’z sifatida “alyor”- yashasin, yaxshilik yor bo’lsin degan ma’nolarni anglatadi. Keldi bahorning yuzi, yor-yor Oqdi sel erib muzi, yor-yor Chiqdi yorug’ yulduzi, yor-yor Tingla so’zim kulgusiz, yor-yor
Sog’intirmay kelaqol, Navro’z! • Navro’z bayrami nafaqat bizning mintaqamizda,balki butun sharq olamida katta shodiyona bilan nishonlanadigan go’zal bayramdir. • Qadimda Navro’z bayramida janglar, urushlar ham to’xtatilgan.Bir-biri bilan arazlashib, yovlashib yurgan kishilar ginayu- arazlarini unutib, yarashgan va do’stlashganlar. Beva-bechoralar, bemorlar, qariyalar holidan xabar olingan, muhtoj kishilarga beminnat yordam berilgan, xayru- sahovot ko’rsatilgan.
Uyga vazifa: • Navro’z bayrami haqida she’rlar yodlab kelish. • Sumalak qanday tayyorlanadi?