2.97k likes | 11.54k Views
NAVOIY SHAHAR 12 –DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN UMUMTA`LIM MAKTABI. MATEMATIKA FANI O`QITUVCHISI. ESANOVA NOZBIKANING MATEMATIKA FANIDAN UCHBURCHAKLAR, UNING TURLARI, PERIMETRI MAVZUSIDA YOZGAN BIR SOATLIK OCHIQ DARS. ISHLANMASI. Sinf : 6. Fan: Matematika. DARSNING MAQSADI.
E N D
NAVOIY SHAHAR 12 –DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN UMUMTA`LIM MAKTABI MATEMATIKA FANI O`QITUVCHISI ESANOVA NOZBIKANING MATEMATIKA FANIDAN UCHBURCHAKLAR, UNING TURLARI, PERIMETRI MAVZUSIDA YOZGAN BIR SOATLIK OCHIQ DARS ISHLANMASI
Sinf: 6 Fan: Matematika
DARSNING MAQSADI Ta`limiy: O`quvchilarda umumiy ta`lim mahoratini shakllantiriish, ijodiy qobiliyatini o`stirish, uchburchaklar uning perimetri, turlari haqidagi tushunchani hosil qilish va uni tahlil etish. Rivojlantiruvchi: Mantiqiy tafakkurni, nutqni, xotirani rivojlantirish, uchburchaklar haqidagi tushunchani mustahkamlab, uning turlarini ajratish va perimetrini hisoblash haqidagi tushunchani misollar yechish bilan mustahkamlash. Tarbiyaviy: O`quvchilarga aqliy va axloqiy tarbiya berish, ota-ona va Vatan oldidagi o`z burchlarini chuqur tushunadigan, bilimli va erkin fikrlay oladigan ma`naviy barkamol inson ruhida tarbiyalash.
DARSNING TURI: Yangibilimberish DARSNING USULI: Suhbat, bahs,testsinovi, kichikguruhlardaishlash, Muzyorar, “O`rgan-o`rgat”, klaster. DARSNING USLUBI: Ko`rgazmali-amaliy. Dars jihozi tarqatma materiallar, test namunalari, kompyuter,proyektor, slaydlar, reklama roligi. Tayanch iboralar: Uchburchak, uchburchak turlari, perimetri, uchburchak tengsizligi.
Darsningborishi: DARS REJASI: 1.Muzyorar: o`quvchilar bilan tanishish, o`quvchilarni guruhlarga bo`lish. 2.Klaster usuli bilan o`tilgan mavzuni mustahkamlash (xotira mashqi). 3.Yangi mavzu bayoni. 4.Yangi mavzuni mustahkamlash. (“O`rgan o`rgat”) test bilan ishlash. 5.Moziydan maktub (kitob bilan ishlash). 6.Umumiylashtirish, yakunlash, baholash.
I. Tashkiliyqism II. Kirish. “Ta`limtaraqqiyoti—amalda” reklamaroligiorqalipsixologikiqlimyaratish, o`quvchilarningdarsgatayyorliginitekshirish. Darsnimuzyoyarusuliorqalio`quvchilargatanishtirish, kichikguruhlargabo`lib, ularbilanishlashorqaliolibboramiz. O`qituvchi: Payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v)ningmuborakhadisu-shariflaridashundaydeyilgan: “Ilmsahrodado`st, hayotchorrahalaridatayanch, yolg`izdamlarda –yo`ldosh, baxtiyordamlarda –rahbar, qayg`ulidamlardamadadkor, odamlarorasida –zebu-ziynat, dushmangaqarshikurashdaquroldir”. Bu so`zlarbilano`qituvchio`quvchilarniilmu-ma`rifatga, kelajakkaundaydi.
Mamlakatimizda ta`lim islohotlari jadal rivojlanib borayotgan bir davrda, bugungi darsimizni “Dars muqaddas” tavsiyasi asosida “O`rgan-o`rgat” usulida olib boramiz. Shu o`rinda xalqimizning bir pirma`no naqli yodimizga tushadi. “Shunday insonlar borki, biladi, bilishini ham biladi, undan o`rganmoq kerak. Yana shundaylar borki, bilmaydi, bilmasligini ham biladi, u qobil insondir, unga o`rgatmoq kerak. Uchinchi toifadagilar esa bilmaydi, bilmasligini ham bilmaydi, u uyqudadir, uni uyg`otmoq kerak”. Bu naqlgga amal qilib, darsimizni kichik guruhlarga bo`lib, guruhlarni “O’tkir burchaklilar” “To’g’ri burchaklilar” “O’tmas burchaklilar” deb nomlaymiz. O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun Klaster usulidan foydalanib, guruhlarga savollar beriladi.
Burchak deb nimaga aytiladi? Burchakning turlari, ularga ta’rif bering. 1-guruh
Burchakni o’lchash, burchak o’lchov birligi. Gradus o’lchovining qanday birliklari bor? Yoyiq va to’g’ri burchakning gradus o’lchovi nimaga teng. 2-guruh
To’g’ri to’rtburchak deb nimaga aytiladi? Unig perimetri-? Yuzasi-? Birligi-?. 3-guruh
Yangi mavzuning bayoni Tekislikning bir to’gri chiziqda yotmaydigan uchta nuqta va bu nuqtalar orqali o’tuvchi uchta kesma bilan chegaralangan qismi uchburchak deyiladi. B A C ABC kabi belgilanadi A, B va C nuqtalar uchburchakning uchlari, AB, BC va AC kecmalar uchburchakning tomonlari deyiladi. Uchburchakda uchta burchak bor. Ularning gradus o’lchovlari yig’indisi 180 gradusga teng. A+ B + C=180
Uchburchaklar burchaklariga ko’ra o’tkir burchakli, to’g’ri burchakli, o’tmas burchakli bo’ladi.
Tomonlariga ko’ra uchburchaklar teng tomonli ( muntazam) , teng yonli, turli tomonli bo’ladi.
ABC teng yonli, yani AB=BC bo’ladi. AC uchburchakning asosi deyiladi. Uchburchakning uchala tomoni uzunliklariyig’indisi uning perimetri deyiladi. P=AB+BC+AC Muammo: Unutmang! Uchnburchakning ixtiyoriy bir tomoni qolgan ikki tomonidan doimo kichik, ammo ayirmasidan doimo katta bo’ladi. Ixtiyoriy ABC uchburchak uchun quyidagi tengsizliklar o’rinli: AB-BC<AC<AB+BC AB-AC<BC<AB+AC AC-BC<AB<AC+BC
Endi guruhlarga muammoli savollar beriladi. 1- guruh: Ikkita burchagi o’tmas bo’lgan uchburchak mavjudmi? Izohlang. 2- guruh: Ikkita burchagi to’g’ri bo’lgan uchburchak mavjudmi? Izohlang. 3- guruh: bir burchagi to’g’ri, biri esa o’tmas bo’lgan uchburchak mavjudmi? Izihlang. Qiziqarli masala. Uchburchak tomonlaridagi doirachalarga 1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqamlarini shunday joylashtiringki, har bir tomonidagi raqamlar yig’indisi birinchi guruhda 17 ga, ikkinchi guruhda 23 ga, uchinchi guruhda 20 ga teng bo’lsin. Chizma
Moziydan xabar. • Ajdodlar avlodlarga maktub yo`llabdi. Maktubda ko`rsatilgan mashqlar. (kitob asosida). • O’rgan-o’rgat tadbiri asosida guruhlarga masalalar beriladi. • I-tur. • Uchburchakning bir tomoni 3,6 sm, ikkinchi tomoni 6,8 sm, uchinchi tomoni esa ikkinchisidan 2,3 sm ga qisqa. Uchburchakning perimetrini toping. • Teng yonli uchburchakning perimetri 20,2 sm, asosi 7,4 sm bo’lsa uning yon tomonlari uzunligini toping. • Teng tomonli uchburchakning perimetri 44,1 sm bo’lsa, uning tomoni uzunligini toping.
II-tur. 1.Uchburchakning uchala burchagi o’zaro teng bo’lsa, shu burchaklarini toping. Bu uchburchak qanday uchburchak? 2. Bir burchagi 120 ga , qolgan ikkita burchagi o’zaro teng bo’lgan uchburchak qanday uchburchak? 3. Uchburchakning bir burchagi 40 gradus, ikkinchi burchagi esa undan 2,5 marta katta, shu uchburchakning uchinchi burchagini toping? III-tur. Uzunliklari quyida berilgan kesmalardan uchburchaklar uchburchaklar yasash mumkinmi? a. 1,3 dm; 2,7 dm; 45 sm; b. 0,8 dm; 10 sm; 0,2 dm. c. 20 sm; 2 dm; 200 mm.
V. Yangi mavzuni mustahkamlash. • Tarqatma didaktik test (zig-zak usuli). • 1.Teng tomonli uchburchakning perimetri 75,9 sm ga teng. Uning tomonlari uzunligini toping. • 25,3 sm b) 2,53 sm • c) 20,3 sm d) 7,59 sm
Test. • 2. Teng tomonli uchburchakning tomoni uzunligi 23,8 sm ga teng. Uning perimetrini topng. • 70,4 sm b) 71,4 sm c) 68,5 sm • d) 238 sm • 3. Bir burchagi qolgan ikki burchagi yig’indisiga teng bo’lgan uchburchak • a)O’tkir burchakli b) o’tmas burchakli • c)to’gri burchakli d) mavjud emas
4. Bir 56 gradus ikkinchi burchagi undan ikki marta katta. Uchburchakning uchinchi burchagini toping. a)168 gradus b) 183 gradus c) 216 gradus d)12 gradus 5. Uchburchakni shunday 2 ta bo’lakka ajratingki, ulardan to’g’ri to’rtburchak yasash mumkin bo’lsin. Bu qanday uchburchak? a) Teng yonli b)Teng tomonli c) Turli tomonli d) Mavjud emas Test.
Fanlararo bog`lanish (ko`prik) Uchburchak, uning turlari, perimetri, uchburchak tengsizligi haqidagi tushunchalarni geometriya va fizika fanlaridan masalalar yechishda qo’llash mumkin. Darsni yakunlash Guruhlar qancha bal to`plagani hisoblanib, guruhlar mahorati baholanadi. Yaxshi qatnashgan o`quvchilar baholanib, uyga vazifa beriladi. Uyga vazifa № 733-734