1.64k likes | 3.34k Views
Microsoft ® Office Word 2007 ni o‘rganish. Tezlikka erishish. K urs mundarijasi. Qisqacha ma’lumot : Word haqida eshitganmisiz ? 1 -dars : Tasma bilan tanishish 2-dars : Har kungi buyruqlarni topish 3 -dars : Oddiy ro‘yxatlar.
E N D
Microsoft® Office Word 2007ni o‘rganish Tezlikka erishish
Kurs mundarijasi • Qisqacha ma’lumot: Word haqida eshitganmisiz? • 1-dars: Tasma bilan tanishish • 2-dars: Har kungi buyruqlarni topish • 3-dars: Oddiy ro‘yxatlar Birinchi ikkita dars taklif etilgan vazifalar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi va barcha darslar sinov savollari to‘plamini o‘z ichiga oladi.
Qisqa ma’lumot:So‘z haqida eshitganmisiz? Word 2007 – tashqarida. Bu kurs Sizga tezlikka erishishga yordam beradi. Siz do‘stlaringiz va hamkasblaringizni maftun etadigan ajoyib va professional ko‘rinishdagi hujjatlarni qanday qilib yaratishni o‘rganib olasiz.
Kurs maqsadlari • Tasma bilan ishlash— Worddan foydalanishni avvalgidan ko‘ra osonlashtiruvchi yangi imkoniyatlar. • Ishingizni bajarish uchun kerak bo‘ladigan kunlik, odatiy buyruqlarni topish.
1-dars Tasma bilan tanishish
Tasma bilan tanishish Word 2007ni ochganingizda birinchi bo‘lib Word yuqorisida joylashgan Tasmaga ko‘zingiz tushadi. Uy Shrift Satr boshi Tasma eng ommaviy buyruqlarni oldinga olib chiqadi, shunday qilib, Siz avvallari qilganingiz kabi kerakli narsani topish uchun dasturning barcha qismlarini axtarishingiz shart emas. Bu Sizga osonroq va tezroq ishlashga imkon beradi.
Odatiy harakatlar uchun Tasmadan foydalanish Tasma barcha odatiy harakatlarni bir joyda ko‘rsatib foydalanish osonligi va qulaylikni taklif etadi. Uy Paste Shrift Satr boshi Masalan, Siz Uy ilovasidagi buyruqlardan foydalanib matnni qirqib olishingiz va qo‘shib qo‘yishingiz, Uslublardan foydalanib matn formatlanishini o‘zgartirishingiz va Sahifa belgilanishi ilovasida sahifa foni rangini o‘zgartirishingiz mumkin.
Tasmada nima bor? Tasmaning uchta qismi bilan tanishish Sizga undan qanday qilib foydalanishni tushunishga yordam beradi. Ular ilovalar, guruhlar va buyruqlardir. Uy Shrift Satr boshi Ilovalar:Tasma yuqorisida yettita asosiy ilova mavjud. Har biri faoliyat maydoniga ega. Guruhlar:Har bir ilova mos keluvchi elementlarni birga ko‘rsatadigan bir necha guruhlarga ega. Buyruqlar:Buyruq – tugma, menyu yoki ma’lumot kiritishingiz mumkin bo‘lgan oyna.
Guruhlardagi Dialog oynasini ochuvchilar Uy Shrift Shrift Belgilararooraliq Shrift Ba’zi guruhlar Dialog oynasini ochuvchideb ataladigan quyi-o‘ngga qaratilgan kichkina diagonal milga ega. Shu guruhga tegishli ko‘proq parametrlarni ko‘rish uchun uni cherting. Ular Wordning avvalgi versiyalaridan Sizga tanish bo‘lgan ko‘rinishdagi dialog oynasi yoki vazifalar panelida paydo bo‘ladi.
Qo‘shimcha ilovalar paydo bo‘ladi Ma’lum ilovalar faqat Sizga ular kerak bo‘lgan paytdagina paydo bo‘ladi. Rasmlar bilan ishlash Format Rasm shakli Rasm chegaralari Rasm uchun effektlar Rasm uslublari Aytaylik, Siz rasm kiritdingiz va qirqish yoki matn uning atrofini qanday o‘rashini o‘zgartirish kabi bir necha amallarni bajarmoqchisiz. Bu buyruqlar qayerdan topiladi?
Qo‘shimcha ilovalar paydo bo‘ladi Ma’lum ilovalar faqat Sizga ular kerak bo‘lgan paytdagina paydo bo‘ladi. Rasmlar bilan ishlash Home Format Rasm shakli Rasm chegaralari Rasm uchun effektlar Rasm uslublari Ularni axtarib yurishingiz shart emas. Uning o‘rniga: Rasmni tanlang. Rasmlar bilan ishlashpaydo bo‘ladi. Format ilovasini cherting. Rasmlar bilan ishlash uchun, Rasm uslublari guruhiga o‘xshagan qo‘shimcha guruhlar va buyruqlar paydo bo‘ladi.
Kichkina vositalar paneli Ba’zi formatlash buyruqlari shunchalik foydaliki, nima qilayotganingizdan qat’iy nazar Siz ulardan erkin foydalanishni istaysiz. Sahifalar belgilanishi A23B Aytaylik, Siz biror matnni tezda formatlashni istaysiz, lekin Siz Sahifalarbelgilanishi ilovasida ishlayapsiz. Formatlash parametrlarini ko‘rish uchun Siz Uy ilovasiga chertishingiz ham mumkin, lekin bu ishning tezkorroq usuli ham mavjud.
Kichkina vositalar paneli Ba’zi formatlash buyruqlari shunchalik foydaliki, nima qilayotganingizdan qat’iy nazar Siz ulardan erkin foydalanishni istaysiz. Sahifalar belgilanishi A23B Sichqoncha yordamida matnni belgilang va tanlangan qismga o‘qtang. Kichkina vositalar panelixiraroq ko‘rinishda paydo bo‘ladi. Agar Kichkina vositalar paneliga o‘qtasangiz, u yaxlit ko‘rinishga o‘tadi va undagi formatlash parametrlaridan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.
Tezkor foydalanish paneli Tezkor foydalanish paneli Tasmaning yuqori chap qismida joylashgan kichkina maydondir. Uy Tezkor foydalanish paneliga qo‘shmoq U Siz har kuni qayta va qayta foydalanadigan narsalarni o‘z ichiga oladi: Saqlamoq, Qaytarmoq va Takrorlamoq. Tezkor foydalanish panelini moslashtirmoq... Tasma ostida Tezkor foydalanish panelini ko‘rsatish Tasmani o‘ramoq Rasm Sizga Tezkor foydalanish paneliga qanday qilib boshqa yoqtirgan buyruqlaringizni qo‘shib qo‘yish mumkinligini ko‘rsatadi. Shuningdek, Tezkor foydalanish panelidan tugmalarni olib tashlashingiz ham mumkin.
Amaliyot uchun maslahatlar • Tamadan foydalaning. • Qo‘shimcha ilovalarni paydo qiling, keyin esa rasm kiriting va Rasm vositalari bilan ishlang. • Kichkina vositalar panelibilan ishlang. • Tezkor foydalanish panelidan foydalaning. • Guruhlar va buyruqlarni yashiring.
Test 1, savol 1 • Agar Siz Word 2007da tugmasini bossangiz nima sodir bo‘ladi? (Bitta javob tanlang.) • Siz vaqtincha Tasmani yashirasiz va hujjatingiz uchun ko‘proq joyga ega bo‘lasiz. • Matningizga kattaroq shrift o‘lchamini qo‘llaysiz. • Qo‘shimcha parametrlarni ko‘rasiz. • Tezkor foydalanish paneliga buyruq qo‘shasiz.
Test 1, savol 1: Javob • Qo‘shimcha parametrlarni ko‘rasiz. Ko‘pincha dialog oynasi paydo bo‘ladi va u Wordning avvalgi versiyalaridagi kabi tanish ko‘rinishi mumkin.
Test 1, savol 2 • Tezkor foydalanish paneli qayerda joylashgan va uni qachon ishlatish kerak? (Bitta javob tanlang.) • U ekranning yuqori-chap burchagida joylashgan va uni yoqtirgan buyruqlaringiz uchun ishlatishingiz kerak. • U matningiz ustiga qalqib chiqadi va formatlash o‘zgarishlarini qilish kerak bo‘lganda uni ishlatishingiz kerak. • U ekranning yuqori-chap burchagida joylashgan va hujjatdan tez foydalanish lozim bo‘lganda uni ishlatishingiz kerak. • U Uy ilovasida joylashgan va yangi hujjatni tezlik bilan ishga tushirish yoki ochish lozim bo‘lganda uni ishlatishingiz kerak.
Test 1, savol 2: Javob • U ekranning yuqori-chap burchagida joylashgan va uni yoqtirgan buyruqlaringiz uchun ishlatishingiz kerak. U Saqlamoq, Qaytarmoqva Takrorlamoq tugmalariga ega bo‘lgan kichkina vositalar panelidir. Yoqtirgan buyrug‘ingizga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan chertib Tezkor foydalanish paneliga qo‘shmoqni tanlash orqali yoqtirgan buyrug‘ingizni qo‘shib qo‘yishingiz mumkin.
Test 1, savol 3 • Quyidagilardan qaysi birini bajarsangiz, Kichkina vositalar paneli paydo bo‘ladi. (Bitta javob tanlang.) • Tasmadagi faol ilovaga ikki marta chertsangiz. • Matnni belgilasangiz. • Matnni belgilab unga o‘qtasangiz. • Yuqoridagilardan istalganini bajarsangiz.
Test 1, savol 3: Javob • Matnni belgilab unga o‘qtasangiz. Shuningdek, tanlangan matnga sichqonchaning o‘ng tugmasini chertsangiz ham, u paydo bo‘ladi.
2-dars Har kungi buyruqlarni topish
Har kungi buyruqlarni topish Word 2007 – yangi va bu qiziqarli. Lekin Siz ishlarni bajarishingiz kerak. Shuning uchun, eng ko‘p foydalaniladigan buyruqlarning aniq joylashuvlarini topish vaqti endi keldi. Masalan, hujjat qayerda yaratiladi? Markerlar, uslublar va imlo tekshiruvchi qayerda? Chop etish-chi? Bu dars, dasturning yangi dizayni buyruqlarni Sizga kerakli joyga joylashtirganini ko‘rsatadi.
Microsoft Office tugmasi Uy Oxirgi hujjatlar Yangi Ochmoq Nashr etmoq Yopmoq Word parametrlari Worddan chiqish Microsoft Office tugmasiendilikda Worddagi boshlash joyi hisoblanadi Uni bosganingizda hujjatni yaratish, ochish yoki saqlash uchun ishlatiladigan menyu paydo bo‘ladi.
Uslublar haqida-chi? Quyuq va kursiv buyruqlarga nisbatan kuchli va samaraliroq formatlash yondashuviga nima deysiz? Yangi Worddagi uslublar haqida bilishni istab qolasiz. ¶ Oraliqsiz… Sarlavha 2 ¶ Normal Sarlavha 1 Uslublar Siz tayyorlab qo‘yilgan Ekspress-uslubni tanlashingiz yoki avval yaratgan uslubni qo‘llashingiz mumkin.
Uslublar haqida-chi? Siz uslublar bilan Uy ilovasidagi Uslublar guruhida ishlaysiz. ¶ Oraliqsiz… Sarlavha 2 ¶ Normal Sarlavha 1 Rasmda Siz istagan uslublarni qanday olish ko‘rsatilgan. Uslublar Ekspress-uslublar Siz tez va oson qo‘llaydigan tayyor va professional ko‘rinishdagi uslublardir. Wordning ushbu versiyasida ular yangi ko‘rinishga kirgan. Foydalanish uchun tayyor bo‘lgan ko‘proq Ekspress-uslublarni ko‘rish uchun ushbu tugmani cherting. Uslublar panelini ochish uchun Dialog oynasi ochuvchisini cherting.
Namuna bo‘yicha format Yana bir yuqori tezlikdagi formatlash buyrug‘i Namuna bo‘yicha format hisoblanadi. U Uy ilovasining eng chap qismidagi Almashish buferi guruhida joylashgan. Uy Almashish buferi Shrift Satr boshi Agar Siz Namuna bo‘yicha format bilan tanish bo‘lmasangiz, u matnning bir qismidan ikkinchi qismiga formatlashni nusxalashning tez yo‘lidir. Namuna bo‘yicha formatdan foydalanish uchun qaysi matn formatidan nusxa olmoqchi bo‘lsangiz shu matnga kursorni joylashtiring va Namuna bo‘yicha format tugmasini cherting.
Masshtab Biror narsa qo‘shib qo‘yganingizdan so‘ng, tafsilotlarni yaqindan ko‘rish zarur bo‘lib qolishi mumkin. Shunda, Siz masshtab boshqaruvi qayerda ekanligini bilmoqchi bo‘lasiz. Quyi-o‘ng burchakka qarang. Masshtabni kichiklashtirish uchun o‘rmalovchini chapga, kattalashtirish uchun esa o‘ngga sudrang.
Chop etishga tayyormisiz? Siz chop etishga toyyorsiz, shunday emasmi? Oldin sahifalaringiz printer uchun qanchalik mos ekanligini tekshirish maqsadiga muvofiq. Sahifalar belgilanishi Sart boshi Sizga kerakli hamma narsa Sahifabelgilanishi ilovasida joylashgan. Sahifabelgilanishi guruhi O‘lcham (8.5 x 11, A4 va boshqalar), Yo‘nalishnianiqlash (kitob va albom formati) va Chegaralarni o‘z ichiga oladi.
Ha, chop etishga tayyorman Siz rostdan ham chop etishga tayyor bo‘lganingizdan so‘ng, Microsoft Officetugmasiga qayting. Uy Hujjatni dastlabki ko‘rib chiqish va chop etish Yangi Chop etish Chop etishdan avval printerni, nusxalar sonini va boshqa parametrlarni tanlang. Ochmoq Tez chop etish Saqlamoq Taqdimotni sukut bo‘yicha ishlatadigan printerga o‘zgartirishlarni kiritmasdan jo‘natish. Quyidagidek saqlamoq Dastlabki ko‘rib chiqish Chop etishdan avval sahifalarni ko‘rib chiqing va o‘zgartirishlar kiriting. Chop etish… Esingizda bo‘lsin, endi Siz parametrlarga egasiz: Agar Chop etish buyrug‘ini chertsangiz, Siz Chop etish dialog oynasiga ega bo‘lasiz. Lekin uning o‘rniga Chop etishning o‘ngidagi milni ko‘rsangiz uchta qo‘shimcha buyruqlarni ko‘rasiz.
Ha, chop etishga tayyorman Siz rostdan ham chop etishga tayyor bo‘lganingizdan so‘ng, Microsoft Officetugmasiga qayting. Uy Hujjatni dastlabki ko‘rib chiqish va chop etish Yangi Chop etish Chop etishdan avval printerni, nusxalar sonini va boshqa parametrlarni tanlang. Ochmoq Tez chop etish Saqlamoq Taqdimotni sukut bo‘yicha ishlatadigan printerga o‘zgartirishlarni kiritmasdan jo‘natish. Quyidagidek saqlamoq Dastlabki ko‘rib chiqish Chop etishdan avval sahifalarni ko‘rib chiqing va o‘zgartirishlar kiriting. Chop etish… Esingizda bo‘lsin, endi Siz parametrlarga egasiz: Chop etish Tez chop etish Dastlabki ko‘rib chiqish
Sahna-orti Siz har kuni Wordda ishlatadigan imkoniyatlarning bari Tasmada joylashgan va ularni topish oson. Uy Oxirgi hujjatlar Yangi Ochmoq Nashr etmoq Yopmoq Word parametrlari Worddan chiqish Xo‘sh, hujjatlar ishlab chiqarish haqida bo‘lmagan, lekin Word qanday ishlashini boshqarib turadigan sahna-orti parametrlari qayerda?
Sahna-orti Word qanday ishlashini qanday qilib boshqarasiz? Uy Oxirgi hujjatlar Yangi Ochmoq Nashr etmoq Yopmoq Word parametrlari Worddan chiqish Bu parametrlarning barchasi Wordparametrlari tugmasini chertganingizda paydo bo‘ladigan Wordparametrlarining bir qismi hisoblanadi. U Microsoft Office tugmasini chertganingizda ochiladigan menyuda joylashgan.
Amaliyot uchun maslahatlar • Markerlangan ro‘yxat qo‘shing. • Ekspress-uslublarni qo‘llang va barcha o‘zgarishlarni ko‘rish uchun kichraytiring. • Ekspress-uslub to‘plamini o‘zgartiring. • Namuna bo‘yicha formatdan foydalaning. • Sahifalar belgilanishi ilovasi bilan o‘zgarishlar bajarib ko‘ring. So‘ng boshqa ilovalarni ko‘rib chiqing. • Barcha turdagi yo‘llarda chop etib ko‘ring.
Test 2, savol 1 • Qaysi ilovaning qaysi guruhidan foydalanib markerlangan ro‘yxatlarni qo‘llashingiz mumkin? (Bitta javob tanlang.) • Sahifalar belgilanishi ilovasining Satr boshi guruhidan. • Uy ilovasining Satr boshi guruhidan. • Qo‘shib qo‘yish ilovasining Simvollar guruhidan. • Qo‘shib qo‘yish ilovasining Matn guruhidan.
Test 2, savol 1: Javob • Uy ilovasining Satr boshi guruhidan. Bu joydan markerlangan ro‘yxatlarni qo‘llashingiz mumkin. Maslahat: Siz markerlangan ro‘yxatlarni kichkina vositalar panelidan foydalanib ham qo‘llashingiz mumin. Tezlanishgao‘tmoq
Test 2, savol 2 • Wordning yangi versiyasida chop etish parametrlarini qanday qilib tanlaysiz? (Bitta javob tanlang) • Tasmadagi Chop etish tugmasini chertish orqali. • Tezkor foydalanish panelidagi Chop etish tugmasini chertish orqali. • Microsoft Office tugmasidan foydalanib. • Yuqoridagidan yo birinchisi yoki ikkinchisi.
Test 2, savol 2: Javob • Microsoft Office tugmasidan foydalanib. Bu joy Dastlabki ko‘rib chiqishni ochish joyi hamdir.
Test 2, savol 3 • Qaysi burchakda masshtab boshqaruvi joylashgan? (Bitta javob tanlang.) • Yuqori-o‘ng. • Yuqori-chap. • Quyi-chap. • Quyi-o‘ng. Tezlanishgao‘tmoq
Test 2, savol 3: Javob • Quyi-o‘ng. Masshtabni kattalashtirish va kichiklashtirish boshqaruvi quyi-o‘ng burchakda joylashgan. Masshtab boshqaruvini ko‘rish uchun Siz Ko‘rinishmenyusidan ham foydalanishingiz mumkin.
3-dars Oddiy ro‘yxatlar
Oddiy ro‘yxatlar Ma’lumotlarni jamlash yoki ularni tushunish uchun oson holga keltirishda ro‘yxatlar har qanday hujjatning foydali qismi hisoblanadi. Merkuriy Venera Yer Mars • Merkuriy • Venera • Yer • Mars • Merkuriy • Venera • Yer • Oy • Mars • Fobos • Deymos Raqamlangan ro‘yxatlar ma’lumotlar ketma-ketligini ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Agar Siz ketma-ketlik haqida xavotirlanmasangiz, markerlangan ro‘yxat yaxshiroq bo‘lishi mumkin. Ro‘yxatlar yakka-darajali (Barcha elementlar bir xil iyerarxiya va oraliqqa ega bo‘ladi) yoki ko‘p darajali (ro‘yxat ichida ro‘yxatga ega bo‘lgan ro‘yxatli)bo‘lishi mumkin.
Kiritayotganingizda ro‘yxatlar yarating Ro‘yxat boshlashining bir necha usullari mavjud, lekin engmashhurlaridanbiri kiritayotganingizda ro‘yxatni avtomatik ravishda yaratish hisoblanadi. Bo‘shliq Nuqta Nuqta A • Merkuriy • Venera • Yer • Mars Merkuriy Venera Yer Mars Merkuriy Venera Yer Mars Agar Sizga markerlangan ro‘yxat kerak bo‘lsa, yulduzchani (*) kiritib, bo‘shliqni bosing. Yulduzcha markerga aylanadi va ro‘yxatingiz boshlanadi. Ro‘yxatingizdagibirinchi elementni kiritishni yakunlagach, ENTERni bossangiz navbatdagi qatorda yangi marker paydo bo‘ladi.
Kiritayotganingizda ro‘yxatlar yarating Ro‘yxat boshlashining bir necha usullari mavjud, lekin eng mashhurlaridan biri kiritayotganingizda ro‘yxatni avtomatik ravishda yaratish hisoblanadi. Bo‘shliq Nuqta Nuqta A • Merkuriy • Venera • Yer • Mars Merkuriy Venera Yer Mars Merkuriy Venera Yer Mars Avtomatik ravishda raqamlangan ro‘yxat yaratish uchun, bir raqami va nuqtani (1.) kiritib, bo‘shliqni bosing. Bu Word 2007 uchun yangi; avvalgi versiyalarda ro‘yxat boshlanishidan oldin ENTERni bosishingiz kerak bo‘lar edi.
Kiritayotganingizda ro‘yxatlar yarating Ro‘yxat boshlashining bir necha usullari mavjud, lekin eng mashhurlaridan biri kiritayotganingizda ro‘yxatni avtomatik ravishda yaratish hisoblanadi. Bo‘shliq Nuqta Nuqta A • Merkuriy • Venera • Yer • Mars Merkuriy Venera Yer Mars Merkuriy Venera Yer Mars Harflangan ro‘yxatlar raqamlangan ro‘yxatlarning boshqa bir turi xolos. Shuning uchun, harflangan ro‘yxatni boshlash uchun a harfini va nuqtani (a.) kiritib, bo‘shliqni bosing.
Ro‘yxatlarni to‘xtatish Siz ro‘yxatingizga engso‘nggi elementni kiritib bo‘ldingiz. Endi qanday qilib ro‘yxatni tugatib marker yoki raqamlar paydo bo‘lishini to‘xtatasiz? Rasmda eng yaxshi usullar ko‘rsatilgan. • Merkuriy • Venera • Yer • Mars • Yupiter • Saturn • Uran • Neptun • Merkuriy • Venera • Yer • Mars • Yupiter • Saturn • Uran • Neptun Enter Backspace Ro‘yxat yaratilishini to‘xtatishning eng oson yoli, chap tomonda ko‘rsatilganidek, ENTERni ikki marta bosishdir. Agar Sizga boshqacharoq narsa – masalan, o‘zining yuqorisidagi matn yoki marker darajasida oraliq tashlangan matn – kerak bo‘lsa, BACKSPACEni ishlating.
Ro‘yxatda satr boshlari bilan ishlash; ro‘yxatlarni qo‘shib qo‘yish Tasavvur qiling, Siz raqamli yoki markerli ro‘yxat yaratyapsiz va Sizga, rasmda ko‘rsatilganidek, nim satr boshlarini o‘z ichiga olgan elementlar ro‘yxati kerak. Ro‘yxat qilinmagan satr boshlari Bu ssenariy bilan ishlashning bir necha usullari mavjud; tanlovingiz hujjatingiz holati va shaxsiy imtiyozlaringizga bog‘liq.
Ro‘yxatda satr boshlari bilan ishlash; ro‘yxatlarni qo‘shib qo‘yish Tasavvur qiling, Siz raqamli yoki markerli ro‘yxat yaratyapsiz va Sizga, rasmda ko‘rsatilganidek, nimsatr boshlarini o‘z ichiga olgan elementlar ro‘yxati kerak. Ro‘yxat qilinmagan satr boshlari • Faqatgina ENTERning o‘zini bosishdan ko‘ra, SHIFT+ENTERni bosish orqali matnning har bir blokini tugatish uchun ro‘yxatda nimsatr boshlarini yaratishingiz mumkin. • Nimsatr boshlaridan so‘ng ro‘yxatni davom ettirish uchun navbatdagi raqam va nuqtani kiriting; ro‘yxat avtomatik ravishda davom etadi.
Markerlarmi yoki raqamlar? Ro‘yxatning noto‘g‘ri turi chiqdimi? Markerli bilan boshlandi, lekin raqamli bo‘lsa yaxshi bo‘lar edi, yoki aksincha, deb o‘ylaysizmi? Xavotirlanmang, biridan ikkinchisiga o‘tish oson. Uy Satr boshi Shrift • Merkuriy • Venera | Ro‘yxatingizdagi biror joyga shunchaki cherting, so‘ngra Tasmadagi Markerlaryoki Raqamalashtugmasini cherting.
Markerlarmi yoki raqamlar? Ushbu tugmalarni yangi ro‘yxat boshlash uchun ham ishlatishingiz mumkin. Uy Satr boshi Shrift • Merkuriy • Venera Birinchi ro‘yxat elementini yaratish uchun tugmani cherting va kiritishniboshlang yoki allaqachon kiritilgan matnni belgilang va har bir satr boshini ro‘yxat elementiga aylantirish uchun Markerlar yoki Raqamlash tugmasini cherting.