1 / 27

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI BOSHLANG’ICH TA’LIM MUTAXASSISLIGI MAGISTRANTI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI BOSHLANG’ICH TA’LIM MUTAXASSISLIGI MAGISTRANTI MUSTAFAQULOVA LOBAR NING “BOSHLANGICH SINF O’QUVCHILARI MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA XALQ OG’ZAKI IJODIDAN FOYDALANISH” ( maqollar, AYTISHUVLAR misolida ) MAVZUSIDAGI MAGISTRLIK DISSERTASIYASI TAQDIMOTI.

harry
Download Presentation

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI BOSHLANG’ICH TA’LIM MUTAXASSISLIGI MAGISTRANTI

An Image/Link below is provided (as is) to download presentation Download Policy: Content on the Website is provided to you AS IS for your information and personal use and may not be sold / licensed / shared on other websites without getting consent from its author. Content is provided to you AS IS for your information and personal use only. Download presentation by click this link. While downloading, if for some reason you are not able to download a presentation, the publisher may have deleted the file from their server. During download, if you can't get a presentation, the file might be deleted by the publisher.

E N D

Presentation Transcript


  1. QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI BOSHLANG’ICH TA’LIM MUTAXASSISLIGI MAGISTRANTI MUSTAFAQULOVA LOBARNING “BOSHLANGICH SINF O’QUVCHILARI MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA XALQ OG’ZAKI IJODIDAN FOYDALANISH” (maqollar, AYTISHUVLAR misolida) MAVZUSIDAGI MAGISTRLIK DISSERTASIYASI TAQDIMOTI ILMIY RAHBAR: dots. N.X.ORIPOVA

  2. “Шуни унутмаслигимиз керакки, келажагимиз пойдевори билим даргоҳларида яратилади, бошқача айтганда, халқимизнинг эртанги куни қандай бўлиши фарзандларимизнинг бугун қандай таълим ва тарбия олишига боғлиқ. Каримов И.А. Юксак маънавият енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008, 61 б.

  3. МУНДАРИЖА Kirish........................................................................................................................................................................ I - BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI MA’NAYIYATINI SHAKLLANTIRISHNINGNAZARIY ASOSLARI 1.1 .Ma’naviyat tushunchasining mazmuni va mohiyati....................................................................................................... 1.2. Yosh avlod ma’nayiy tarbiyasining tarixiy ildizlari..........................................................................................................  1.3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda xalq og’zaki ijodidan foydalanishning mayjud ahvoli…… 1-bob bo‘yicha xulosalar......................................................................................... II-BOB. XALQ OG’ZAKI IJODI ORQALI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI MANAYIYATINI SHAKLLINTIRISH MAZMUNI 2.1. O’quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda maqol, hikmatli so’z, aytishuvlardan foydalanishning ahamiyati……………  2.2. Xalq o’gzaki ijodi vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari........  2-bob bo‘yicha xulosalar................................................................................ III-BOB. XALQ O’GZAKI IJODI VOSITASIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISH JARAYONINING SAMARADORLIK DARAJASI 3.1. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonida o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish metodikasi................................  3.2. Tajriba-sinov ishlari tahlili ...........................................................................................................................................  3-bob bo‘yicha xulosalar.................................................................................................................................................... Umumiy xulosalar ........................................................................................................................................................... Foydalanilgan adabiyotlar............................................................................................................................................... Ilovalar ..……....................................................................................................................................................................

  4. TADQIQOTNING MAQSADI xa’lq og’zaki vositasida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishning mazmuni, shakl va metodlari, pedagogik tizimini ishlab chiqish

  5. Tadqiqotning ob’yekti xalq og’zaki ijodi vositasida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar manaviyatini shakllantirish jarayoni

  6. Tadqiqotning predmeti kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish mazmuni, vositalari, yo’llari va usullari

  7. Tadqiqotning ilmiy farazi shundan iboratki, agarda ma’naviyat tushunchasining mazmuni va mohiyati o’rganilsa va tahlil qilinsa; yosh avlod ma’nayiy tarbiyasining tarixiy ildizlari o’ganilsa; o’quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda maqol, hikmatli so’z, aytishuvlardan foydalanishning ahamiyati ochib berilsa; boshlang‘ich ta’lim jarayonida o’quvchilar ma’naviyatini shakllantirish bo‘yicha beriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar izchillik asosida olib borilsa; - xalq o’gzaki ijodi vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirish jarayonining samaradorlik darajasi aniqlansa, kutilgan samaradorlikka erishish mumkin

  8. Tadqiqotning vazifalari 1. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash, uning tizimi va xususiyatlarini ishlab chiqish. 2. Dars jarayonida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish metodikasini yaratish. 3. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar manaviyatini shakllantirishni ta’minlaydigan shakl va metodlar, vositalar ishlab chiqish, ilmiy asoslash va tajribada tekshirish. 4. Xalq og’zaki ijodi vositasida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish bo‘yicha o‘qituvchilar uchun metodik tavsiyalar tayyorlash.

  9. Tadqiqotni amalga oshirishda foydalanilgan metodlar - boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari, o‘quvchilar bilan mavzu bo‘yicha umumiy, yakka tartibda yozma va og‘zaki suhbatlar uyushtirish, anketa so‘rovlarini o‘tkazish; - maxsus ishlanmalar asosida bajarilgan ishlarni pedagogik eksperimentdan o‘tkazish; - tajriba-sinov ishlarini olib borishda zamonaviy interfaol usullardan foydalanish; - tajriba-sinov natijalarini matematik-statistik jihatdan qayta ishlash va umumlashtirish.

  10. Tadqiqotning metodologik asoslari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Prezidentimiz I.A.Karimovning ma’naviyat va ta’lim-tarbiya haqidagi asarlari hamda nutqlari, milliy istiqlol g‘oyasi; asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasi, O‘zbekiston davlatining milliy va ma’naviy qadriyatlari haqidagi Farmonlari, hukumatimizning umumiy o‘rta ta’lim haqidagi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», boshlang‘ich ta’lim Davlat ta’lim standarti, konsepsiyasi, nutq madaniyatiga oid falsafiy, psixologik, pedagogik ta’limotlar, mavzuga tegishli ilmiy-pedagogik, metodik manbalar tashkil etadi

  11. Tadqiqotning ilmiy yangiligi - ma’naviyat tushunchasining mazmuni va mohiyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berildi; - boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirish tizimi va uning xususiyatlari aniqlandi; - kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish mashqlari ko‘rsatib berildi; - boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirish tizimi uni o‘quv–tarbiya jarayonida amalga oshirish uslubiyati ishlab chiqildi; - kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish bo‘yicha dars ishlanmalari, metodik tavsiyalar yaratildi

  12. Tadqiqotning nazariy ahamiyati -Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga oid ilmiy manbalar, adabiyotlarning tahlili asosida xulosalar ishlab chiqildi. -Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar mazmuni, metodikasi yaratildi. -Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishning ilmiy va amaliy asoslari boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga tavsiya etildi. -Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish samaradorligi oshirildi.

  13. Tadqiqotning amaliy ahamiyati olingan natijalar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga oid ilmiy nazariy ma’ruzalar tayyorlashda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirish ishlarini takomillashtirishda, ushbu muammo bo‘yicha ish tajribalarini ommalashtirishda, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda foydalanish mumkin

  14. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi va asoslanganligi tadqiq etilayotgan muammoning tashkiliy-metodik yondashuv asosida nazariy va amaliy jihatdan yoritilganligi, tadqiqot ishini olib borish jarayonida uning maqsadi, vazifalari va amaliy faraziga muvofiq metodlar majmuidan foydalanilganligi, boshlang‘ich ta’lim bosqichi o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirish uslublari, shakllari, yo‘llari va vositalari majmui yaratilganligi; tajriba–sinov ishlarining maxsus dastur asosida tashkil etilganligi va uning natijalari kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllanganlik darajalarini oshishiga ijobiy ta’sir etganligida o‘z ifodasini topgan

  15. Tadqiqotning bosqichlari tadqiqot ishi ikki bosqichda amalga oshirildi

  16. Birinchi bosqich (2011-2012 yillar)da izlanayotgan muammo bo‘yicha xalq og’zaki ijodi namunalari, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining shaxs ma’naviyati haqidagi asarlari, pedagogik - psixologik va ilmiy ommabop adabiyotlar o‘rganildi. Boshlang‘ich ta’lim dasturlari, metodik adabiyotlar, hujjatlar tahlil qilindi. Ish tajribalari bilan tanishildi. Ilmiy tadqiqotning nazariy asoslari, holati aniqlandi, tadqiqot ishining dasturi va metodlari ishlab chiqildi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirish holati bo‘yicha mavjud bilimlar aniqlandi, yutuq va kamchiliklar tahlil etildi hamda tajribalar umumlashtirildi. Tajriba-sinov maydonlari belgilandi

  17. Ikkinchi bosqich (2012-2013 yillar)da tadqiqot doirasida tajriba sinov ishlari olib borildi va uning natijalari amaliyotga tatbiq etildi. Xalq og’zaki ijodi vositasida o’quvchilar ma’naviyatini shakllantirish jarayonining pedagogik shart-sharoitlari o‘rganildi. Kuzatishlar va chiqarilgan xulosalarga asoslanib, metodik tavsiyalar tayyorlandi. Tajriba-sinov ishlari natijalari tahlil qilindi, umumlashtirildi, baholandi, tajribadan avvalgi va keyingi natijalar umumlashtirildi, mavjud materiallar dissertatsiya shaklida rasmiylashtirildi

  18. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi va amaliyotga tatbiq qilinganligi Tadqiqot 2011yilda Qarshi davlat universitetining «Boshlang’ch ta’lim» kafedrasining majlisida, ilmiy metodologik seminarlarda atroflicha muhokama qilingan va himoya uchun tavsiya etilgan. Tadqiqotchi o‘z chiqishlari bilan Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida (2012-2013 yillar) qatnashgan

  19. Ishning sinovdan o‘tganligi Tadqiqot ishi natijalari Kasbi tumanidagi 26–sonli umumta’lim maktablarining boshlang‘ich ta’lim o‘quv faoliyatiga tatbiq etilganligi hamda tajriba-sinov ishlarining muvaffaqiyatli yakunlanganligi bilan tavsiflanadi

  20. Tadqiqot natijalarining chop etilganligi dissertatsiya ishining mazmuni 2012-2013 yillarda o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyalardagi tezislarda 3 ta ilmiy maqolalarda o‘z ifodasini topgan

  21. Himoyaga olib chiqiladigan holatlar -kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish masalasi ilmiy pedagogik muammo ekanligi; -dars jarayonida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naniyatini shakllantirish mazmunining ilmiy–pedagogik usullarini ishlab chiqilganligi; -kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish uslubiyati hamda samaradorlikka erishish yo‘llari;

  22. Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi dissertatsiya kirish, 3 bob 6 paragraf, boblar bo‘yicha xulosalar, umumiy xulosa va tavsiyalar, hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, uning hajmi 99 sahifani tashkil etadi

  23. UMUMIY XULOSALAR Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning negizida yosh avlodni ma’naviy jihatdan yetuk darajada shakllangan insonlar qilib tarbiyalash maqsadi yotadi. Mamlakatimiz islohotlar va rivojlanish jarayonlarini boshidan kechirayotgan bir paytda, yosh avlodda yuksak ma’naviyatni shakllantirish davr talabidir. Yosh avlodda vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qilish, yurt tabiati va boyliklarini asrash, mehnatsevarlik, oliyjanoblik kabi sifatlarni shakllantirish ota-ona hamda tarbiyachi-pedagoglarning asosiy vazifasidir. Bu boraga ularga xalqimizning boy og‘zaki ijodi, buyuk alloma, mutafakkirlarimizning ma’naviy merosi, yozma manbalari yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash borasida benihoya qimmatli manba bo‘la oladi. Bizning ilmiy izlanishimiz boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda ta’lim-tarbiya jarayonining o‘rni beqiyos ekanligini ko‘rsatdi.

  24. UMUMIY XULOSALAR Amalga oshirilgan tadqiqot natijasida quyidagi xulosaga keldik. 1. O‘rganilgan ilmiy, pedagogik va badiiy manbalar tahlili va amaliyotdagi holatni o‘rganish shundan dalolat berdiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishning pedagogik asoslarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri ekan. 2. To‘plangan ilmiy dalillarni tahlil qilish o‘quvchilar ma’naviyati shakllanganligining mavjud darajasi haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini berdi va ma’naviyatni shakllantirishga ko‘maklashadigan didaktik vositalar hamda manbalarni aniqlashga yordam berdi. 3. Olingan natijalar faqat darsda emas, balki darsdan tashqari tadbirlarda ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’navyaitini shakllantirish ustida izchil ish olib borish zarurligini ko‘rsatdi.

  25. UMUMIY XULOSALAR 4. Asosiy diqqat-e’tiborni boshlang‘ich sinf “O‘qish”, ”Odobnoma” darslarida o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishning turli omillari va vositalaridan foydalanib, uning samaradorligini oshirishga qaratish lozimligi aniqlandi. 5. Dars jarayonida xalq og‘zaki ijodi namunalaridan o‘rinli va samarali foydalanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’navyaitini shakllantirishning muhim omili ekanligi belgilandi. 6. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’navyaitini shakllantirishda o‘qituvchilar asosiy kuch bo‘lib, ularni muhim ilmiy-metodik tavsiyalar hamda nazariy ma’lumotlar bilan qurollantirish zaruriyati mavjud. 7. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda sinfdan tashqari tadbirlarning asosiy shakli ertakli va ko‘rik-tanlov ekanligi tajriba-sinov ishlari yakunida o‘z tasdiqini topdi. 8. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’navyaitini shakllantirish ishi yaxlit va tizimli tashkil etilsagina, samarali natijalarga erishish mumkin.

  26. UMUMIY XULOSALAR 9. Ilmiy tadqiqot ishida III-IV sinflardagi «O'qish», «Odobnoma» kabi o'quv predmetlari o'qitish jarayonida o'quvchilarda ma'naviyat haqidagi tushunchalar, bilimlar haqida muayyan tasavvurni hosil qilish, shaxsning ma'naviyat haqidagi ko'nikma va malakalarini shakllantirishning asosiy yo'nalishi ekanligi taqiqotda isbotlab berildi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar va tajriba-sinov natijalari tadqiqotning ilmiy farazi to‘g‘riligini asoslash imkonini berdi. Yuqorida bayon qilingan xulosalar asosida quyidagilarni tavsiya qilamiz: 1. Xalq og‘zaki ijodi vositasida o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish maktab –mahalla – oila tizimida tashkil etilishi va bu tizim o‘rtasida mustahkam aloqa bog‘lanishi zarur. 2. Milliy qadriyatlarimizda aks etgan ilg‘or g‘oyalarning tarbiyaviy imkoniyatlaridan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda samarali foydalanish yo‘llarini takomillashtirish lozim. 3. Dars va darsdan tashqari ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llashga erishish maqsadga muvofiqdir. 4. Oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashda ularning shaxs ma’naviyati haqidagi bilimlarni egallashlariga alohida e’tibor qaratish zarur.

  27. E’tiboringiz uchun raxmat !

More Related