592 likes | 3.76k Views
Navoiy shahar 12- davlat ixtisoslashtilgan umumta’lim maktab matematika fani o`qituvchisi Yuldasheva Dildora Ziyodullayevnanig “O`nli kasrlarni qo`shish va ayirish. Misollar yechish” mavzusidagi. DARS ISHLANMASI. Sana: 17.02.2014- yil Sinf: 5- “F” sinf Fan: Matematika.
E N D
Navoiy shahar 12- davlat ixtisoslashtilgan umumta’lim maktab matematika fani o`qituvchisi Yuldasheva Dildora Ziyodullayevnanig “O`nli kasrlarni qo`shish va ayirish. Misollar yechish” mavzusidagi DARS ISHLANMASI
Sana: 17.02.2014- yil Sinf: 5- “F” sinf Fan: Matematika
Mavzu: O`nli kasrlarni qo`shish va ayirish. Misollar yechish
Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad:O`quvchilarni mavzu bo`yicha olgan BKM larini amalda qo`llash; Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Dars turi: Olingan BKM larni mustahkamlsh Dars jihozi: Darslik, ko`rgazmali vositalar, mavjud texnik vositalar Dars metodi: Aralash, guruhlar bilan ishlash
Darsning borishi: • Tashkiliy qism; • O`tilgan mavzuni mustahkamlash; • Yangi mavzu bayoni; • Yangi mavzuni mustahkamlash; • O`quvchilarni baholash; • Uyga vazifa.
I.Tashkiliy qism: a) salomlashish; b) davomat; s) psixologik iqlim yaratish. d) guruhlarga bo`lish. II. O`tilgan mavzuni mustahkamlsh: a) testlar bilan ishlash; b) tezkor savol – javob.
1- GURUH 2- GURUH TETRA 4 PENTA 5
1- shart:Test: 1. Tenglamani yeching x =25 * 5 a) 100 b) 125 s) 150 2. To`g`ri to`rtburchak bo`yi 10sm, eni 5sm. S=? • S=40 sm2 b) S=50 sm2 s) S=60 sm2 3. Noma’lum son qatnashgan tenglik qanday nomlanadi? • Ifoda b) Tenglama s) Amal 4. 5 *(c+4) Soddalashtirilgan qatorni toping. • 25 c b) 5 c+4 s) 5 c +20 5. (4 * 2) + (10 * 2) Hisoblang. a) 28 b) 24 s) 30
Yangi mavzu bayoni: O`nli kasrlarni qo`shish yoki ayirish uchun: 1- qadam. Kasrlarda verguldan keyingi raqamlar sonini tenglash; 2- qadam. Ularni tagma – tag, vergulning tagiga vergul tushadigan qilib yozish; 3- qadam. So`ngra vergulga e’tibor bermay qo`shish yoki ayirish amalini bajarish; 4- qadam. Javobda vergulni berilgan kasrlar vergullari ostiga qo`yish kerak.
1- misol.Yig`indini toping: 0.7+0,07+0.007 Yechish: 1) Verguldan keyingi raqamlar sonini tenglaymiz: 0,7=0,700; 0,07=0,070; 2) 0,700+0,070+0,007=0,777 Demak, 0,777 sonini ushbu ko`rinishda yozish mumkin ekan: 0,777=0,700+0,070+0,007=0,7+0,07+0,007 O`nli kasrlarni qo`shishda, natural sonlarda bo`lgani kabi, o`rin almashtirish va guruhlash xossalari bajariladi.
O`nli kasrlarni qo`shish. 2- misol. 2,857 va 3,1 o`nli kasrlarni yig`indisini toping. Yechish: 1) Verguldan keyingi raqamlar sonini tenglaymiz. Buning uchun 3,1 kasrning o`ng tomoniga 1 dan keyin ikkita nol yozamiz: 3,100; 2) Endi 2,857 va 3,100 kasrlarni aralash son ko`rinishida yozib olamiz:
3) Javob: 5,957 Ayni shu natijani, 2,857 va 3,1 o`nli kasrlarni “ustun” usulida qo`shib ham topish mumkin. O`nli kasrlarni ayirish. 3- misol. Ayirmani toping: 6,7-4,285. Yechish. • Verguldan keyingi raqamlar sonini tenglaymiz: 6,7=6,700 2) 6,7 va 4,285 o`nli kasrlar ayirmasini topamiz:
Javob:2,415 Ayni shu natijani o`nli kasrlarni “ustun” usulida ayirib ham topish mumkin. Odatda, o`nli kasrlarni qo`shish va ayirish “ustun” usulida bajariladi. Bunda yozuv qisqa bo`ladi.
Ikkita o`nli kasrdan qaysi birining butun qism katta bo`lsa, o`sha kasr kattadir. 2- misol. 5,7 va 4,9 o`nli kasrlarni taqoslang. Yechish: 5,7 sonining butun qismi 4,9 sonining butun qismidan katta: 5>4, demak , 5,4>4,9. Butun qismilari, o`ndan bir ulushlari soni ham teng bo`lgan ikkita o`nli kasrdan qaysi birining yuzdan birlar xonasidagi raqami katta bo`lsa, o`sha kasr kattadir.
2- shart: Misollar yechish: 872- misol. Kasr qanday ketma – ket kelgan natural sonlar orasida yotadi. 1) 3,5; 2) 2,7; 3) 1,73; 4) 8,2; 5) 1,99; 6) 9,99 873- misol. Sonlarni taqqoslang: • 6,347 va 6,478; 2) 0,09 va 0,08; 3) 1,25 va 1, 249 874- misol. Amallarni bajaring va natijani tekshiring: • 3,28+ 6,72; 3) 5,49+ 4,51; 5) 4,17+ 5,83; • 19,2- 9,2; 4) 8,29- 6,19; 6) 82,37- 41,67.
875- misol. Muhammadjon velosopedda birinchi soatda 11,8 km yo`l bosadi. Ikkinchi soatda unga qaraganda 1,2 km ortiq yurdi. U ikki soatda jami necha kelometr yo`l bosgan? 876- misol. Tenglamani yeching? • 36,8 + x = 76,9; 3) 47,9 – x = 19 + 21,9; • X – 11,3 = 41,2; 4) 90 + x = 25,8 + 74,1.
3- shart: Bu shartda guruh a’zolaridan ikki nafari matematika fanidan olgan bilimlarini mustahkamlash uchun matematik chaynvort yechishadi.
O`quvchilarni baholash: Guruhlar har bir shart bo`yicha olgan kartochkalari hisoblanadi. ofarin harakat qil barakalla
Uyga vazifa: 877- 878- 879- misollar.