660 likes | 3.67k Views
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INISTITUTI ARAB FILOLOGIYASI KAFEDRASI BAJARDI: Kafedra o’qituvchisi Yakubova. F MAVZU: Arab tilida jins kategoriyasi. ANNOTATSIYA
E N D
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INISTITUTI • ARAB FILOLOGIYASI KAFEDRASI • BAJARDI: Kafedra o’qituvchisi Yakubova. F • MAVZU: Arab tilida jins kategoriyasi. • ANNOTATSIYA • Ushbu mavzuni yoritishdan maqsad talabalarga arab tilida mavjud bo’lgan jins katigoriyasi haqida ma’lumot berish va ularda bu borada malaka va ko’nikmalarni shakllantirish. • Taqdim etiladigan slaydlar orqali talabalar arab tilida ma’lum morfologik ko’rsatkichga ega bo’lgan muannas jinsi haqida atroflicha ma’lumotga ega bo’ladilar. Unda talabalar jins ko’rsatkichlari tamarbuta, alif-maqsura va alif-hamza qo’shimchalari hamda muannas jinsga mansub bo’lgan otlar haqida ma’lumotga ega bo’ladilar. • Slayd ohirida jins kategoriyasiga oid mashiqlar ham berilgan. • Toshkent – 2013.
Reja: 1.Muzakkar jins haqida. 2.Muannas jins haqida. Arab tilida otlar ikki jinsga muzakkar va muannasga ajraladi. Muannas jinsning grammatik belgisi so’z oxiridagi -atun, -atu qo’shimchasidir. U yozuvda ة (ta-marbuta) harfi bilan ifodalaniladi. المدينةُ-shahar غرفةٌ –xona مكتبة- kutubhona.
Shuningdek, اءُau qo’shimchasi bilan tugagan hamda ى (a) qo’shimchasi bilan tugagan so’zlar, agar, ى (a) harfi o’zak tarkibiga kirmasa muannas so’z hisoblanadi. Masalan: صحراءُ -sahro, بُشْرَى - esdalik, حُبْلَى - oqiroyoq. Arab tilida yana shunday so’zlar mavjudki ularning belgisi grammatik belgiga ega emas, shu so’zning mazmuniga qarab belgilanadi.
1. ةta marbuta harfi bilan tugagan so’z erkak zotini bildirsa yoki erkak kishiga qo’yilgan ism bo’lsa, bu so’z muzakkar so’z hisoblanadi. Masalan: خليفةٌ -halifa(faqat erkak kishi xalifa bo’la oladi) قتادةُ -Qatoda (erkak kishining ismi) حمزة -hamza (erkak kishining ismi) طلحةُ -Talha(erkak kishining ismi)
2. Muannaslik grammatik belgisi bo’lmagan quyidagi so’zlar muannas hisbolanadi. a) ayol kishini va ayollarni ismini bildiruvchi so’zlar. أمٌّ -ona, عروسٌ - kelinchak, زينبُ -Zaynab, بنتٌ-qiz. b) tanadagi juft a’zolarni bildiruvchi so’zlar. عينٌ -ko’z, يَدٌ -qo’l, أذْنٌ -quloq, رِجْلٌ -oyoq
v) aniqlik artiklni olmagan va tanvin qo’shimchasi bilan tugamaydigan geografik nomlar. مِصْرُ -Misr بَغْدادُ -Baqdod بصرةُ -Basra, طرابلوسُ -Tripoli g)shamol, olov, urush, quyosh kabi so’zlar.(bu so’zlar istisno sifatida qabul qilingan) Masalan: شَمْسٌ نارٌ حّرْبٌ سمومٌ
3. Bundan tashqari ة bilan tugamagan ayrim otlar har ikkala jinsda ham ishlatilishi mumkin. Masalan: فَرَسٌ - ot كَبْدٌ - jigar قَوسٌ - yoy
Muannas jinsdagi ismlari رحيً tegirmon يد qo’l شمس quyoshرجل oyoq سن tishأذنٌquloq يمين o’ng qo’l ضلعٌ qovurg’a شمال shimoldan esadigan shamol ريح shamol عصًا tayoq خنوب janubiy shamol كأْسٌ bokal حرور issiq shamol نار olov افعيً ilon نفس ko’ngi, jonبر quduq وِرْكٌ sonning yuqori تُعْبافُ ilon (ajdar) qismi( tana a’zosi) حربurush
دار hovli كتف yelka ذكاءُ كف kaft(qo’lning qismi) فأس bolta كرش qorin نَعْلٌ boshmoq ذراع tirsak ساق to’piq عقبtovon فخذٌ son(oyoqning qismi)
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1.Ibrohimov. N.I. «Arab tili grammatikasi» Toshkent 1997. 2.Коволев; Шарбатов «Учебник арабского языка» Mосква 1998. 3.Халидов. Б.З « Учебник арабского языка» Tашкент 1991. 4.Talabov E.T. «Arab tili darsligi» Toshkent 1995.