1 / 14

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 4-modda.

«…o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga til orqali, ona allasi, ona tilining bеtakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning ruhidir» Islom Karimov.

azure
Download Presentation

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 4-modda.

An Image/Link below is provided (as is) to download presentation Download Policy: Content on the Website is provided to you AS IS for your information and personal use and may not be sold / licensed / shared on other websites without getting consent from its author. Content is provided to you AS IS for your information and personal use only. Download presentation by click this link. While downloading, if for some reason you are not able to download a presentation, the publisher may have deleted the file from their server. During download, if you can't get a presentation, the file might be deleted by the publisher.

E N D

Presentation Transcript


  1. «…o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga til orqali, ona allasi, ona tilining bеtakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning ruhidir» Islom Karimov

  2. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 4-modda.

  3. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili o‘zbek tilidir”“Davlat tili haqida”gi qonun,1-modda. • Til — umumbashariy qadriyat, insoniyatga ato etilgan ulug‘ ne’matdir. Muhtaram Yurtboshimiz «Ona tili bu — millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar», deya ta’kidlaydi. Til — shaxsni shakllantirgan, millatni vujudga keltirgan, uni taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan mo’tabar xilqat.

  4. Mundin so’ngra uch nav’ tildurkim, asl va mo’tabardur… ammo turkiy va forsiy va hindiy asl tillarning mansha’idurki, Nuh payg’ambar…ning uch o’g’lig’akim, Yofas (Abu-t-turk) va Som va Homdur, yetishur” “Muhokamat ul- lug’atayn”

  5. Meni tuzatolmas hech dori-darmon, Jonimga Masihdir shu ona tilim… Mayli, qashshoq bo’lsin mayli, behasham, Lekin mening uchun aziz va suyuk. Jahon minbarida yangramasa ham Ona tilim menga muqaddas, buyuk… Rasul Hamzatov

  6. Ming yillarkim, bulbul kalomi O’zgarmaydi, yaxlit hamisha. Ammo sho’rlik to’tining holi O’zgalarga taqlid hamisha. Ona tilim, sen borsan, shaksiz Bulbul kuyin she’rga solaman. Sen yo’qolgan kuning, shubhasiz, Men ham to’ti bo’lib qolaman… Abdulla Oripov

  7. Til – millat ko‘zgusi, uning o‘zligini, ma’naviy qiyofasini ko‘rsatuvchi bebaho boylikdir. Ona tilini muqaddas bilish o‘zini, qadr-qimmatini, g‘ururini anglash, tarixini, milliy qadriyatlarini hurmat qilish demakdir. • 1989 yilning 21 oktyabrida respublikamizda «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, tilimizga davlat tili maqomi berildi. Bu Qonun millatning qismatiga bevosita daxldor edi. U tilimizning ro‘yobga chiqishi va imkoniyatlari ochilishiga zamin yaratdi. Tilga ma’naviy-madaniy meros, umummilliy boylik, oliy qadriyat sifatida yondashuv shakllandi. Tilni milliy ruh va milliy imkoniyatlar asosida ilmiy tadqiq etish harakati kuchaydi, tilning ilmiy, diniy, rasmiy va idoraviy uslublari shakllandi, yangi darsliklar, butun bir atamalar tizimi, bir tillik, ikki tillik, uch tillik lug‘atlar yaratildi. Qonun va yurisprudensiya tili, ifodalash uslubi yuzaga keldi.

  8. 1993-yil 2-sеntabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbеk alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinganligiga bu yil 24 yil to‘ldi. O‘tgan shu davrda ona tilimizning yanada sayqallanishi, badiiyligi, tarixiyligi va dunyo miqyosida ahamiyati hamda nufuzini oshirishga qaratilgan qator madaniy, ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy, ijodiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bugungi kunda jahondagi ko‘plab mamlakatlar xalqlari davlatimiz ramzlari – O‘zbеkiston Rеspublikasi bayrog‘i, gеrbi, davlat madhiyasi qatorida o‘zbеk tiliga ham hurmat bilan qarab, nafis va boy til sifatida yuksak baho bеrib kеlmoqdalar.

  9. 1995-yil 21-dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonuni yangi tahrirda e’lon qilindi. • Bu bilan davlat tiliga doir siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy taraqqiyot talablari, ona tilimizni yanada rivojlantirish vazifalari o‘zining huquqiy asosiga ega bo‘ldi. Bugun davlat tilining qo‘llanish doirasi kengayib, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, yangi-yangi lug‘atlar chop etilayotir.

  10. O’ZBEK TILINING IMLO LUG’ATI 85 000 SO’ZLI!!! • O’zbek telining katta hajmli imlo lug’ati (65000 so’zli) nashr etilganidan beri 35 yildan ortiqroq vaqt o’tdi. Bu orada yangi alifboga o’tdik, til leksikasida, qator so’zlar imlosida sezilarli o’zgarishlar ro’y berdi. Mazkur imlo lug’ati ana shu kabi o’zgarishlarni hisobga olib tuzilgan, avvalgi imlo lug’atiga nisbatan so’z va terminlarni kengroq qamragan. • Lug’at ta’lim tizimining barcha bo’g’inlaridagi o’qituvchi, o’quvchi va talabalarga, ommaviy axborot vositalari xodimlariga, nashriyotlar muharrirlariga, umuman, keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan. Узоқ кутилган китоб! • Tuzuvchilar: Filologiya fanlari doktori, professor. E.A. Begmatov va filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim A.P. Madvaliyev. Hajmi: 520 bet, muqovasi qalin, bichimi: 84х108 1/16

  11. O‘zbek milliy kurashining jahon bo‘ylab ommalashuvi samarasida xalqaro maydonlarda "kurash", "ta’zim", "halol", "chala", "yonbosh" kabi o‘zbekcha atamalarning baralla yangrayotgani qalbimizda cheksiz faxr-iftixor uyg‘otadi. lardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bu bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylash, boyitish, nufuzini yanada oshirish, kelajak avlodga uni butun jozibasi va go‘zalligi bilan yetkazish har birimizning burchimizdir. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. • Nafaqat mamlakatimizda, hattoki xorijiy mamlakatlarda adabiyot va san’at yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan taniqli tilshunos olimlar, turkiy tillarning boyligi va xususiyatlari, jumladan, o‘zbеk tilining jahon tillari orasida eng go‘zal va nafis til ekanligi, tarixiyligi bilan ajralib turishi haqida ko‘p yozganlar. Turli anjumanlarda ona tilimizning boy til ekanligi haqida odilona-xolisona fikrlar bildirganlar.

  12. … Aning nazmi vasfida til qosir va bayon ojizturur.Husayn Boyqaro • Nizomiddin Mir Alisher Navoiy – buyuk mutafakkir, olim, musiqachi, rassom va davlat arbobi, o’zbek adabiy tilining asoschisi, Bobur ta’biricha, “tili Andijon shevasi bilan rost” bo’lgan shoirdir!

  13. “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgan oynai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”Abdulla Avloniy • Abdulla Avloniyning ona tili va adabiyotni buzish, boshqa tillar bilan aralashtirib, mazmun-mohiyatini o‘zgartirish, pirovard natijada, bir tilning boshqa tildan ustun turishiga, tilning ruhiyatini buzishga qaratilgan har qanday urinish va zid harakatlarga qarshi chiqqanligi quyidagi purma’no so‘zlarida yaqqol isbotlanadi. «Zig‘ir yog‘i solub, moshkichiri kabi qilub, aralash-quralash qilmak tilning ruhini buzadir. Bobolarimizga еtishg‘on va yaragan muqaddas til, adabiyot bizga hеch kamlik qilmas. Dunyoning lazzati sodiq do‘stlar ila suhbat qilmoqdan iborat».

  14. E’tiboringiz uchun katta rahmat

More Related