170 likes | 1.11k Views
А NDIJON VILOYATI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI « IJTIMOIY FANLAR VA MA’NAVIYAT ASOSLARI » KAFEDRASI.
E N D
АNDIJON VILOYATI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI «IJTIMOIY FANLAR VA MA’NAVIYAT ASOSLARI» KAFEDRASI
Mavzu:Iqtisodiy tizimlar. O`zbekistonda bozor munosabarlariga o`tishning o`ziga xos yo`li. Davlat mulkini xususiylashtirish va ko`p ukladli iqtisodiyot. Jahon iqtisodiyoti.
Maqsad:Iqtisodiy tizimlar. O`zbekistonda bozor munosabarlariga o`tishning o`ziga hos yo`li. Davlat mulkini xususiylashtirish va ko`p ukladli iqtisodiyot. Jahon iqtisodiyoti haqida tushuncha berish.Kutilayotgan natija: Iqtisodiy tizimlar. O`zbekistonda bozor munosabarlariga o`tishning o`ziga xos yo`li. Davlat mulkini xususiylashtirish va ko`p ukladli iqtisodiyot. Jahon iqtisodiyoti bo`yicha bilimlarini oshirish.Tayanch iboralar: Iqtisodiy tizimlar. Davlat mulkini xususiylashtirish. Yakka mulk. Jamoa mulki. Aksiyadorlik jamiyati. Ko`p ukladli iqtisodiyot. Jahon iqtisodiyoti.Reja: 1. Iqtisodiy tizimlar. 2. O`zbekistonda bozor munosabarlariga o`tishning o`ziga xos yo`li.3. Davlat mulkini xususiylashtirish va ko`p ukladli iqtisodiyot.4. Jahon iqtisodiyoti.
Iqtisodiy tizimlar.O`zbekistonda bozor munosabarlariga o`tishning o`ziga xos yo`li. Davlat mulkini xususiylashtirish va ko`p ukladli iqtisodiyot. Jahon iqtisodiyoti. Iqtisodiy bilim asoslari fani ijtimoiy gumanitar fanlar guruhiga kiradi. Bu guruhga O`zbekiston tarixi, falsafa, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik, etika, estetika, dinshunoslik, o`zbek tili va barcha chet tillari hamda jismoniy tarbiya kabi fanlar ham kiradi. Fan insonlarning o`sib boruvchi ehtiyojlarini maksimal qondirish uchun cheklangan iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish yo`llarini tanlash sharoitida kishilik jamiyatining riojlanish qonun va qonuniyatlarini o`rgatadi. Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy munosabatlar tizimidagi ishlab chiqarish, taqsimot, ayrboshlash va iste’mol sohalarida o`zaro ichki bog`liqlikda va aloqadorlikda yuzaga kelib turadigan uzviy iqtisodiy zaruriyatni taqozo etuvchi sabab-oqibat, aloqa bog`lanishlaridir. Ular ma’lum iqtisodiy jarayon va ayrim xodisalarning muqarrarligini aks ettirib, ob’yektiv xarakterga ega, ya’ni insonlarning ongi va irodasiga bog`liq bo`lmagan holda harakat qiladi. Iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati yuzaga kelishi bilan vujudga kelgan.
Iqtisodiy tizimlar.O`zbekistonda bozor munosabarlariga o`tishning o`ziga xos yo`li. Davlat mulkini xususiylashtirish va ko`p ukladli iqtisodiyot. Jahon iqtisodiyoti. Iqtisodiy tizimlar – u jamiyat oldida turuvchi iqtisodiy muammolarni hal etish usullari, mexanizmlari va vositalari yig`indisidir. Iqtisodiy tizim ma’lum mulkchilik shakllariga asoslanib, shu davlatning ishlab chiqarish usulini belgilaydi. Qanday mulkchlik shakllariga asoslanganligi undagi ishlab chiqarishning sotsial ijtimoiy va iqtisodiy maqsadini anglatadi. Iqtisodiy tizim jamiyat oldida turuvhi iqtisodiy muamolarni hal etish usullari tashkiliy va qonuniy tizimlarini o`zida mujassamlashtiradi. Totalitar tuzumning vayron bo`lishi natijasida sobiq SSSR tashkil etgan davlatlar o`rtasida tuzilgan mustaqil davlatlarning har biri o`z taraqqiyot yo`lini tanlab oldi. Shunday vaziyatda O`zbekiston ham yangi, mustaqillikka erishgan va shuningdek, jahondagi rivojlangan davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy va boshqa yo`nalishlarda har tomonlama hamkorlik qlishni va rivojlantirishni yo`lga qo`ydi.
Iqtisodiy tizimlar.O`zbekistonda bozor munosabarlariga o`tishning o`ziga xos yo`li. Davlat mulkini xususiylashtirish va ko`p ukladli iqtisodiyot. Jahon iqtisodiyoti. • O`zbekiston Respublikasining siyosiy mustaqilligi uning iqtisodiy mustaqilligi bilan uzviy bog`liqdir. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalgam oshirish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishning yangi yo`llari va bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarining nazariy-metodologik asosini yaratgan O`zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov o`zining bir nechta asarlarida yoritgan. • Demokratik asosda shakllangan bozor iqtisodiyotining mohiyati, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot har qanday siyosatdan ustun turishini anglatadi. • Bunda ham ichki ham tashqi iqtisodiy muunosabatlarni mafkuradan holi qilish zarur. Buning ma’nosi shuki, yangi jamiyat qurishning birinchi navbatdagi enh muhim sharti bo`lmish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida qo`llaniladigan iqtisodiy o`zgartirishlar strategiyasi mafkuradan butun holi etilishi, ya’ni siyosiy maqsadlarga erishish vositasi bo`lib qolmasligi kerak. Iqtisodiyot mafkuraviy tazyiqlarsiz, o`ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi lozim. Agar iqtisodiyot siyosat ortida qolsa, bu ishlarni va umuman iqtisodiy islohotlarni amalaga oshirish mumkin bo`lmay qoladi. Shuning uchun ham boshqaruvning barcha bosqichlarida eng muhimi so`z erkinligi va iqtisodiy faoliyat bilan shug`ullanish erkinligi ya’ni demokratik asosda shakllangan bozor iqtisodiyoti sharoitida “Iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak” degan qoidaga amal qiladi va bu qoida u iqtisodiyotning mohiyatini o`zida ifodalaydi. Bunday iqtisodiyot davrida monopoliyachilikka yo`l qo`ymaslik va iste’molchilarga tazyiq o`tkazmaslikka, sog`lom raqobat sharoitlarini vujudga keltirish, baholarni talab va taklif asosida shakllanishga erishishdir. O`zbekistonda iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichida ikki asosiy masala ya’ni ma’muriy buyruqbozlik tizimini tugatish va respublika sharoitlarini e’tiborga olgan holda bozor munosabatlarini shakllantirish amalga oshiriladi.
Iqtisodiy tizimlar.O`zbekistonda bozor munosabarlariga o`tishning o`ziga xos yo`li. Davlat mulkini xususiylashtirish va ko`p ukladli iqtisodiyot. Jahon iqtisodiyoti. Bozor munosabatlarining shakllanishida quyidagi asosiy ustuvor yo`nalishlar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`ldi: - o`tish jarayonlarining huquqiy asoslari ya’ni mustaqil O`zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi va ko`p ukladli iqtisodiyot negizi vujudga keltirildi. Bu o`z navbatida sanoatda, qishloq xo`jaligida mulkchilikning yangi shakllari tashkil topishiga olib keldi. Mahalliy sanoat, umumiy xizmat, savdo, umumiy ovqatlanish shahobchalari hamda uy-joylarni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish, aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Islohotlarning 1-bosqichida amalga oshirilgan bu va bundan boshqa ko`pgina ishlar ma’muriy buyruqbozlik tuzumining tugashiga va yangi, demokratik asosda shakllangan bozor iqtisodiyotining rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratdi. Iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichining asosiy vazifasi xalq xo`jaligi taraqqiyoti darajasida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdir. Ya’ni mulklarni davlat tasarrufidan chiqarish, turli shakldagi mulk egalarini shakllantirish, milliy valyuta-so`mning qadr-qimmatini mustahkamlash, inflyatsiyani tugatish, iqtisodiyot tarkibini takomillashuvi va investitsiyalarni jalb qilish hamda moliyaviy barqarorlikka erishish kabilar bilan uzviy bog`liqdir.
Iqtisodiy tizimlar.O`zbekistonda bozor munosabarlariga o`tishning o`ziga xos yo`li. Davlat mulkini xususiylashtirish va ko`p ukladli iqtisodiyot. Jahon iqtisodiyoti. • O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tish yo'li ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo'lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan: • Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta'minlash. • Ikkinchidan, o'tish davrida davlatning o'zi bosh islohotchi bo'lishi. • Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog'i, qonunlarning ustunligi ta'minlanmog'i lozim. • To'rtinchidan, bozor munosabatlariga o'tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish. • Nihoyat, beshinchidan, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Bozor munosabatlariga o'tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili alohida e'tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozorning infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko'nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo'ladi.
Iqtisodiy tizimlar.O`zbekistonda bozor munosabarlariga o`tishning o`ziga xos yo`li. Davlat mulkini xususiylashtirish va ko`p ukladli iqtisodiyot. Jahon iqtisodiyoti. • Har qanday davlat o`zining iqtisodiy taraqqiyotini o`zga mamlakatlar bilan iqtisdiy va ishlab chiqarish aloqalarisiz tasavvur eta olmaydi. Iqtisodiy, siyosiy, demokratik hamda ekologik jarayonlar natijasida yuzaga keladigan muammolar mamlakatlar o`rtasida qo`shilib umumjahon muammolariga aylanmoqda. Natijada haqaro mehnat taqsimoti, jahon bozori, jahon savdosi baynalmilal ko`lamda ishlab chiqarishning umumlashuvi, fan-texnika taraqqiyotining ishlab chiqarish kuchining xalqaro xarakteriga ta’siri kabi omillarning rivojlanishini talab etadi. Mamalakatlarning milliy xo`jalik yahlitligi saqlanib qolganligi holda halqaro mehnat taqsimoti asosida jahon iqtisodiyoti shakllanadi. • Davlatlar iqtisodining noteksligi ularda shakllanayotgan ishlab chiqarish kuchlarining malakasi ham bir xil darajada bo`lmaslikka olib keldi. Natijada rivojlangan davlatlarda malakali ishchi kuchlarining, kam rivojlangan davlatlarda esa malakasiz ishchi kuchlarining ortiqchaligi yuzaga kladi. Ana shular xalqaro mehnat taqsimotining yuzaga kelish sabablaridir.
Iqtisodiy tizimlar.O`zbekistonda bozor munosabarlariga o`tishning o`ziga xos yo`li. Davlat mulkini xususiylashtirish va ko`p ukladli iqtisodiyot. Jahon iqtisodiyoti. • Iqtisodiy integratsiya davlatlararo ishlab chiqarish kuchlarining yangi, yuqari daraja rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi natijasida yuzaga kelgan bo`lib u o`z navbatida ishlb chiqarish va kapitalning baynalmilallashuv jarayonini tezlashtiradi. Davlatlar o`rtasida mehnat taqsimotini chuqurlashtiradi, ijtimoiy ishlab chiqarishning o`sishiga va samaradorligining ortishiga sharoit yaratadi. Integratsiya qanchalik rivojlansa, davlatlar o`rtasida iqtisodiy aloqalar shunchalik yuqori bo`ladi. • Xalqaro savdo-sotiq deganda hozirgi rivojlangan umumjahon xo`jaligi uchun zarur bo`lgan savdo usulini tushunamiz. Halqaro savdo-sotiq, mamlakat ixtisoslashuvini rivojlantirish, shu yo`l bilan o`z resurslaridan unumli foydalanish va samaradorligii oshirish uchun imkon yaratadi.