1 / 13

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI Oliy va o’rta maxsus talim vazirligi Andijon Mashinasozlik Instituti

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI Oliy va o’rta maxsus talim vazirligi Andijon Mashinasozlik Instituti Y U T T kafedrasi T V I T yo’nalishi 4-kurs 2 -guruh talabasi ASHUROV AXRORNING ning “Xarakat xavfsizligini tashkil etish asoslari” fanidan. Mustaqil ish.

Download Presentation

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI Oliy va o’rta maxsus talim vazirligi Andijon Mashinasozlik Instituti

An Image/Link below is provided (as is) to download presentation Download Policy: Content on the Website is provided to you AS IS for your information and personal use and may not be sold / licensed / shared on other websites without getting consent from its author. Content is provided to you AS IS for your information and personal use only. Download presentation by click this link. While downloading, if for some reason you are not able to download a presentation, the publisher may have deleted the file from their server. During download, if you can't get a presentation, the file might be deleted by the publisher.

E N D

Presentation Transcript


  1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI Oliy va o’rta maxsus talim vazirligi Andijon Mashinasozlik Instituti Y U T T kafedrasi T V I T yo’nalishi 4-kurs 2-guruh talabasi ASHUROV AXRORNINGning “Xarakat xavfsizligini tashkil etish asoslari” fanidan Mustaqil ish

  2. Mavzu: Xarakatlanish uchun xavfli yo`l bo`laklarini aniqlashda statistik va ziddiyatli vaziyat usuli. • Reja. • Kirish. Fanni o`rganishdan maqsad. • Xarakatlanish uchun xavfli yo`l bo`laklarini aniqlashda statistik usul. • Xarakatlanish uchun xavfli yo`l bo`laklarini aniqlashda ziddiyatli vaziyat usuli. • Xulosa. • Foydalanilgan adabiyotlar.

  3. Kirish. Fanni o`rganishdan maqsad. • Respublikamiz xozirgi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishda avtomobilsozlik sanoati va transport tizimining rivojlanishi xamda transport infratuzilmasining eng muxim yo`nalishlaridan biri magistral avtomobil yo`llari tarmog`ini rivojlantirish bo`lib, bu yo`llardan yaqin va uzoq davlatlar bilan tranzit aloqalarini amalgam oshirishdir. • O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng iqtisodiy o`zgarishlar xayotga izchil joriy etila boshlandi. Chunonchi, avtomobil ishlab chiqarish sanoati yo`lga qo`yildi, yo`l qurilish soxasi jadallashtirildi, shunungdek, chet el davlatlari bilan savdo aloqalari yuqori darajaga ko`tarildi. Bu esa, tabiy ravishda Respublika avtomobil yo`llarida xarakat miqdori yildan-yilga ortishiga olib keldi. Xozirgi va istiqboldagi asosiy masalalardan biri avtomobil yo`llarida xarakat xavfsizligini taminlashdan iborat bo`lib, unda yo`l-transport xodisalari, ularda xalok bo`luvchilar va tan jaroxati oluvchilar sonini, ko`riladigan umumiy ijtimoiy-iqtisodiy zaqrarlarni kamaytirishga qaratilishi zarur.

  4. Yo`l xarakati bo`yicha mutaxassislar avtomobil yo`llarida sodir etilayotgan yo`l-transport xodisalarini atroflicha o`rganishlari uchun ularning turlari, miqdorlari xaqida malumotga ega bo`lishlari,YTX larni yig`ish tizimi, ularni xisobga olish tartiblarini va ularni taxlil etish usullarini mukammal bilishlari zarur. • Biz quyida xarakatlanish uchun xavfli yo`l bo`laklarini aniqlashda statistik va ziddiyatli vaziyat usuli bilan tanishib chiqamiz. • Xarakatlanish uchun xavfli yo`l bo`laklarini aniqlashda statistik usul. • Avtomobil yo`lining xavfli bo`lagini aniqlashda tezkor usullardan biri YTX ning statistika malumotlaridan keng foydalaniladi. Buning uchun quyida keltiriladigan mezonlardan foydalanish tavsiya etiladi.

  5. Biror bir yo`l bo`lagida ( 300 metrgacha) xisobot davrida ( 5 yilgacha) 3 ta va undan ko`p YTX qayd qilinsa, unda bunday yo`l bo`lagi statistika malumotiga ko`ra xavfli xisoblanadi. • YTX ning minimal soniga va yo`l bo`lagining uzunligiga asoslanib, YTX ning ko`p yillik malumotlarini taxlil qilish natijasida yo`l xarakati xavfsizligi ilmiy tadqiqot institutida xavfli yo`l bo`laklarini topish bo`yicha ko`rsatkichlar aniqlanadi. • Biron-bir yo`l bo`lagida ( 100 m-1000 m masofagacha) 4 yil ichida 10 va undan ko`p YTX qayd qilingan bo`lsa, unda bunday yo`l bo`lagi xavfli deb xisoblanadi. • Statistika usulini amalda qo`llash uchun YTX xisobga olganda sodir bo`lgan yo`l bo`lagining aniq masofasi ko`rsatilishi zarur. Afsuski, aksariyat YTX taxlil qilinganda ularning qanday kilometrda sodir etilgani ko`rsatiladi.

  6. Masalan, Toshkent-Qo`qon avtomobil yo`lining 22 km da deb ko`rsatiladi yoki biron bir jamoa xo`jaligi xududida bo`lganligi qayd qilinadi. Lekin yo`lning aniq qaysi piketida bo`lganligi ko`rsatilmaydi. Shu sababli YTX sodir etilgan joy to`g`risida aniq malumotga ega bo`linmaydi, natijada yo`lning xavfli bo`laklarini statistik usul bilan aniqlab bo`lmaydi. Bundan tashqari, statistic usulni qo`llashda quyidagi kamchiliklar mavjud: • loyixalanayotgan yo`lning xavfli bo`lagini baxolab bo`lmaydi; • xarakat xavfsizligi taxlili YTX ning o`rtacha soni xisobidan o`tkaziladi; • YTX vaqt bo`yicha notekis bo`linadi, ayrim xollarda xavfli yo`l bo`laklarida xodisalar qayd qilinmaydi va aksincha, kam xavfli joylarda xodisalar ko`p sodir etiladi. Shuning uchun xarakat xavfsizligini to`g`ri taxlil qilishda kamida 3 yillik YTX malumotidan foydalanish zarur;

  7. Yo`lning xavfli bo`lagini malum darajada aniqlik bilan topilgandan so`ng, bu usul yordamida belgilangan ishlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash imkoniyati bo`lmaydi. • Xarakatlanish uchun xavfli yo`l bo`laklarini aniqlashda ziddiyatli vaziyat usuli. • Xarakat qatnashchilari orasida ma`lum yo`l sharoitida YTX vujudga kelayotgan xavfli vaziyatda ular o`z xarakatlarini davom ettirishlari ziddiyatli vaziyat deb tushuniladi. • Ziddiyatli vaziyat usuli ko`proq bir satxdagi chorraxalarni, yo`lning rejadagi va bo`ylama qirqimdagiegri bo`laklarini , shuningdek, to`satdan tormoz berish joylarinining xavflilik darajasini aniqlashda qo`llaniladi. Buning uchun xaqiqiy yo`l bo`lagidagi xarakat tartibining o`zgarishini kuzatish yoki EXM yordamida xarakatlanishning imitatsion modeli tuziladi. Kuzatishni xarakat miqdori eng katta qiymatga ega bo`lgan soatda quyidagi usullardan foydalangan xolda olib boriladi:

  8. transport oqimiga qo`shilib xarakatlanuvchi avtomobillabaratiriyada ko`p marotaba ( 6-10 marta) tekshirilayotgan avtomobil yo`lining bo`lagidan o`tish. Bunda kuzatuvchilar xaydovchining keskin tormoz berish, xarakat yo`nalishini o`zgartirish va boshqa YTX oldiniolish uchun bajargan xarakatlarining joylarini xisobga olib boradilar; • xarakatlanuvchi labaratoriya avtomobilda o`rnatilgan datchiklar yordamida yo`l bo`yicha tezlikning va yo`nalishlarning o`zgarishini <<samopitses>>larda yozib borish. • Ziddiyatli vaziyat usulidan foydalanib, yo`lbo`lagining xavflilik darajasini aniqlash uchun avtomobil-labaratiriya yordamida xamma yo`l bo`laklaridagitezlikning va yo`nalishning o`zgarish grafigini chizish kerak. Bu usulda yo`lning xavflilik darajasini aniqlash avtomobilning u yoki bu xolatidagi bo`ylama va ko`ndalang manfiy tezlanish qiymati bilan o`lchanadi.

  9. Ziddiyatli vaziyat o`zining xavflilik darajasi bo`yicha 3 turga bo`linadi: yengil, o`rtacha va kritik. • Yengil- xaydovchi uzoq masofadan ziddiyatli nuqtaga yaqinlashishida xavfli vaziyatni tushunib, boshqa xarakat qatnashchilarining xarakat yo`nalishini o`z vaqtida baxolash imkoniyati mavjud. • O`rtacha- kutilmaganda xavfning paydo bo`lishi yoki boshida xarakatlanish sharoitini noto`g`ri baxolash oqibatida yuzaga kelish bilan tavsiflanadi. • Kritik-xaydovchi yo`lning qisqa bo`lagida o`ta tezlik bilan xarakat qilib, YTX ning oldini olishi mumkin.

  10. Xulosa. • Men “ Xarakat xavfsizligini tashkil etish asoslari” fanida yo`llardagi sodir bo`ladigan YTX larga bir qancha omillar ta`sir qilishini, shu jumladan yo`l sharoiti xam juda katta ta`sir ko`rsatishini tushundim. • Yo`llarda sodir bo`ladigan YTX larni eng ko`p nuqtalarini topish va kerakli choralarni ko`rish, xavfli yo`l bo`laklarini aniqlashda statistik va ziddiyatli vaziyat usuli bilan tanishib chiqdim. Bunda bizga eng qulay va eng to`g`ri yo`lni belgilovchi usul ziddiyatli vaziyat usuli ekanligiga amin bo`ldim. Chunki bunda YTX lar sodir bo`ladigan asosiy nuqtalar belgilab olinib kerakli choralar ko`riladi.

  11. 5.Foydalanilgan adabiyotlar. • 1. Harakat xavfsizligini tashkil etush asoslari. Azizov Q. X Toshkent-2009. • 2. Avtotransport vositalari. Texnika holatiga xavfsizlik talablari. OzDo’st 1057-2004.-T.: O’zstandart, 2004.

More Related