1 / 13

Dars mavzusi: Sudralib yuruvchilar sinfi Dars maqsadlari:

JIZZAX VILOYAT PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI Tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi o’qituvchisi Gadayev Qamaraddinning 7-sinf Zoologiya fanidan tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi. Dars mavzusi: Sudralib yuruvchilar sinfi Dars maqsadlari:.

nash
Download Presentation

Dars mavzusi: Sudralib yuruvchilar sinfi Dars maqsadlari:

An Image/Link below is provided (as is) to download presentation Download Policy: Content on the Website is provided to you AS IS for your information and personal use and may not be sold / licensed / shared on other websites without getting consent from its author. Content is provided to you AS IS for your information and personal use only. Download presentation by click this link. While downloading, if for some reason you are not able to download a presentation, the publisher may have deleted the file from their server. During download, if you can't get a presentation, the file might be deleted by the publisher.

E N D

Presentation Transcript


  1. JIZZAX VILOYAT PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTITabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi o’qituvchisi Gadayev Qamaraddinning 7-sinf Zoologiya fanidan tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi

  2. Dars mavzusi:Sudralib yuruvchilar sinfiDars maqsadlari: a) ta’liimiy: O’quvchilarning sudralib yuruvchilar sinfi haqidagi bilimlarini mustahkamlash, sudralib yuruvchilarning tashqi va ichki tuzilishi haqida ma’lumot berish; b) tarbiyaviy: O’quvchilarning tabiatga muhabbat, bir- biriga o’zaro hurmat, jamoa bo’lib ishlash, o’zaro baho berish va ma’suliyat sezish ko’nikmalarini tarkib toptirish ; d) rivojlantiruvchi: O’quvchilarning mustaqil fikrlash, xotirasini mustahkamlash, tez fikrlash, sudralib yuruvchilar fikrni aniq ifodalashga o’rgatish.

  3. Dars tipi: Aralash.Dars turi: Noan’anaviy.Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik o’yin texnologiyasi.Dars o’tish uslublari:”Muzyorar”, ”Auksion”, “Moychechak” o’yinlari, guruhlarda ishlashDars jihozlari: Darsliklar, tarqatma materiallar, rasmlar, slaydlar. Darsning rejasi: Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilarning dardga tayyorligini va davomatini aniqlanadi. O’tgan mavzu bo’yicha umulshtiruvchi darsni tashkil qilish. “Muzyorar” usulini qo’llagan holda sinf o’quvchilari 4 guruhga bo’linadi.Har bir guruh ro’yxati tuziladi.Topshiriqlar ham yozma, ham og’zaki tarzda o’tkaziladi.Har bir javob uchun ball berib boriladi.Agar birinchi guruh savolga javob bera olmasa, ikkinchi guruh javob brrib qo’shimcha ball oladi.Musobaqaning natijalari jadvalda belgilab boriladi.

  4. 1-topshiriq.”Krestlar – nollar ” o’yini .

  5. 2-topshiriq. ”Nuqtalar o’rniga mosini tanla”. • Sudralib yuruvchilar . . . tipiga mansub bo’lib, . . . turkumlarini o’z ichiga oladi. • Sudralib yuruvchilarning tanasi . . . bilan qoplangan. • Ko’payishi . . . usulda amalgam oshadi. • Sudralib yuruvchilarning yuragi . . . kamerali bo’lib, qon aylanish . . . aylanish doirasi . . . tipda tuzilgan.

  6. 3- topshriq. “Auksion” o’yini. • O’qituvchi hayvonlarning rasmini ko’rsatadi.O’quvchilar rasmlarda tasvirlangan hayvonlarni topib , qisqacha ta’rif berishadi.Kim ko’ptopsa, kop ball beriladi.

  7. 4- topshiriq. “O’yla, izla, top” o’yini.Agar birinchi ta’rif topilsa - 4 ball, ikkinchisi topilsa -3 ball va hk. • 1 – guruhga savol: • 1- ta’rif.O’zbekiston suv havzalarida uchraydi. • 2- ta’rif. Baliqlar va baqalar bilan ozqlanadi. • 3- ta’rif. Baliqchilikka zarar yetkazadi. • 4- ta’rif. Zaharsiz ilon. (Suvion)

  8. 2 – guruhga savol: • 1- ta’rif. Baqalar, ilonlar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi. • 2- ta’rif. Uzunligi 170-200 sm. • 3- ta’rif. Zahari kuchli, dori tayorlashda ishlatiladi. • 4- ta’rif. Odam yaqinlashishsi bilan tanasini ko’taradi. (Kobra)

  9. 3 – guruhga savol: • 1- ta’rif. Tanasining uzunligi 80-90 sm. • 2- ta’rif. O’rta osiyo cho’llarida yashaydi. • 3- ta’rif. Bezovta qilinsa bitta joyda turib aylanadi va tangachalarning bir- biriga ishqalanishi natijasida o’ziga xos ovoz chiaradi. • 4- ta’rif. Chaqsa juda og’riydi, lekin o’limga olib kelmaydi. (Efa)

  10. 4 – guruhga savol: • 1- ta’rif. Tanasining uzunligi 68sm. • 2- ta’rif. Toshkent va Samarnd viloyatlari, Xorazm va Mirzacho’lda uchraydi. • 3- ta’rif. Chaqqanda shish paydo bo’lib, harorat ko’tariladi. • 4- ta’rif. Bu ilonning nomi askarlar himoya quroli nomiga o’xshaydi.(Qalqontumshuq)

  11. 4- topshriq.”Klaster”. Sudralib yuruvchilar organlari aytiladi va tizimlarga ajratib yoziladi. 5- topshiriq.” Moychechak” o’yini.Har bir guruh stolida turli irsiy kasalliklarga ta’luqli bo’gan xususiyatlar yozilgan yaproqchalar, kley, marker, qaychi va qog’oz bo’ladi. 1- guruh: Kaltakesaklar va Gekkonlar uchun xos bo’lgan xususiyatlarni ajratib , Moychechak gulini yasash topshiriladi; 2-guruh: Ilonlarga; 3- guruh: Timsohlarga; 4- guruh: Triton (buqalamun) larga xos xususiyatlatdan Moychechak gulini yasashadi.

  12. III .O’quvchilarni baholash va uyga vazifa berish. • O’qituvchi har bir guruhni jamlagan ballarini hisoblab g’olib guruhni va faol ishtrok etgan o’quvchilarni rag’bat ballari bilan mukofotlaydi. • Darslikni o’qib, o’tilganlarni takrorlab kelish.

  13. E’tiboringiz uchun raxmat.

More Related