1.91k likes | 8.39k Views
Davolash fakultetining fakultet va gospital terapiya, tibbiy profilaktika fakultetining ichki kasalliklar kafedrasi. BRONXIAL ASTMA. BRONXIAL ASTMA (BA).
E N D
Davolash fakultetining fakultet va gospital terapiya, tibbiy profilaktika fakultetining ichki kasalliklarkafedrasi BRONXIAL ASTMA
BRONXIAL ASTMA (BA). • nafas yo`llarining surunkali yallig`lanish kasalligi bo`lib, bunda turli xildagi xujayralar, jumladan semiz xujayralar va eozinofillar ishtirok etadi. • moyilligi b¢lgan individuumlarda bu yallig`lanish nafas yo`llarining tarqalgan, lekin doimiy b¢lmagan obstruksiyasi bilan bog`liq bo`lgan simptomlar rivojlanishini keltirib chiqaradi. bronxlar obstruksiyasi k¢pincha spontan yoki davo natijasida qaytar b¢lib, nafas yo`llarining turli tashqi ta'sirlarga sezuvchanligining oshishi bilan kechadi
TARQALGANLIGI yer yuzasining 4 – 10% qismi ba bilan kasallangan, bolalar o`rtasida tarqalganligi 10-15%. ni tashkil etadi. 10 yoshgacha – o`g`il bolalarda, katta yoshda ayollarda ko`p uchraydi .
ETIOLOGIYA • XAVFLI OMILLAR • allergen bilan kontaktda bo`lish • nasliy moyillik
TRIGGERLAR (PROVAKATORLAR) • nafas yo`llari infeksiyasi (avvalambor orvi), b-adrenoblokatorlar qabul qilish, pollyutantlar (SO-2, NO-2 va boshqalar), sovuq havo, jismoniy zo`riqish. • «aspirinli» bronxial astmali bemorlarda asetilsalisilat kislotasi va boshqa , psixologik, ekologik va professional omillar, o`tkir hidlar. • chekish faol na nofaol), yondosh kasalliklar: oshqozon-qizilo`ngach reflyuksi, sinusitlar, tireotoksikoz va boshqalar.
PАTОGЕNЕZI • BA asosini surunkali yallig`lanish patogenezi tashkil etadi. • astma uchun bronxlar yallig`lanishining ularning giperreaktivligi (turli nospesifik ta'sirlarga sezuvchanlikning me'yoridan ortiq bo`lishi) shakllanishiga olib keluvchi alohida shakli xosdir; yallig`lanishda eozinofillar, semiz hujayralar va limfositlar muhim ¢rin tutadi. • yallig`langan giperreaktiv bronxlar triggerlar ta'siriga hansirash va b¢g`ilish xurujlari bilan namoyon bo`luvchi obstruktiv sindromga olib keluvchi nafas y¢llari silliq mushaklarining spazmi bilan, shilimshiqning gipersekresiyasi bilan, nafas y¢llari shilliq qavatining shishi va hujayrali yallig`lanish infiltrasiyasi bilan javob beradi.
PАТОМОRFОLОGIYA • Bronxlarda yallig`lanish belgilari, shilliq qavatining shishi, shilliq tiqin, silliq mushaklar giperplaziyasi, bazal membrana qalinlashishi va dezorganizasiyasi aniqlanadi. • Bronxial astmada endobronxial biopsiyada bronx epiteliysining ko’chishi, shilliq qavat eozinofil infiltrasiyasi ko`riladi. • Bronxlar yuvindi suvida ko`p miqdorda epitelial, semiz xujayralar, eozinofillar va limfositlar topiladi.
КLINIКА • SHIKOYATLAR VA ANAMNEZ • Ekspirator xansirash va/yoki yo`tal xurujlari • Masofadan xushtaksimon xirillashlar eshitilishi • Ko`krak qafasida og`irlik xissi • OB’EKTIV • Ekspirator xansirash • Burun kataklarini nafas olganda kengayishi • quzg`alish • Nafas aktida qo`shimcha mushaklar ishtiroki • Majburiy xolat • PERKUSSIYADA: emfizema shakllanganda qutisimon perkutor tovush • AUSKULTASIYADA: qurug` xushtaksimon va g`o`ngillovchi xirillashlar xamda nafas chiqarish fazasining • uzayishi
BA DIAGNOSTIKASI VA OG`IRLIK DARAJASINI ANIQLASH • qaytalanuvchi xirillashlar epizodlari • kechasi va erta tongda iztirobli yo`tal va xirillashlar • jismoniy zo`riqishdan so`ng yo`tal va xirillashlar • allergen yoki pollyutantlar bilan kontaktdan keyin yo`tal, xirillashlar yoki ko`krak qafasida og`irlik his qilish • tumov, keyinchalik «ko`krakka tushadi» yoki 10 kundan ortiq davom etadi • astmaga qarshi dorilar qabul qiladimi agar qabul qilsa, qancha vaqt oralig`ida • imkoniyat bo`lsa nafas faoliyatini spirometriya yoki pikfloumetriya tekshiring.
2 pog`ona engil persistirlovchi astma simptomlar haftasiga 1 marta yoki ko`proq, lekie kuniga 1 martadan kam kasallikning qo`zishi faollik va uyquni buzishi mumkin astmaning tungi simptomlari 1 oyda 2 martadan k¢p kuzatiladi NChAT yoki JNChQ me'yorning 80% o`zgaruvchanlik – 30% yallig`lanishga qarshi biror- bir preparat. uzoq ta'sir etuvchi bronxodilatatorlar qo`shish mumkin (ayniqsa tungi simptomlarda)
kundalik preventiv davo: ingalyasion kortikosteroidlar va uzoq ta'sir etuvchi bronxodilatatorlar (ayniqsa tungi simptomlarda) 3 pog`ona. o`rta darajadagi persistirlovchi astma Har kuni kuzatiladigan simptomlar kasallikning qo`zishi faollik va uyquni buzadi tungi simptomlar haftasiga 1 martadan ortiq kuzatiladi qisqa vaqt ta'sir etuvchi 2-agonist-larni har kuni qabul qilish NChAT yoki JNCh1 me'yorning 60 dan 80% gacha o`zgaruvchanlik > 30%
Pog`оnаlari BА ОG`IRLIKDARAJASINING ANIQLANISHI keraklibo`lgan medikamentoz davo davolashdan oldingi klinik ko`rinishi uzoq preventiv davo: yuqori dozada ingalyasion steroidlar, uzoq davom etuvchi bronxolitik preparatlar va uzoq davom etuvchi kurslar bilan peroral glyukokortiko-steroidlar 4 pog`ona. og`ir persistirlovchi astma doimiy simptomlar tez-tez qaytalanish tez-tez tungi simptomlar jismoniy faollik cheklangan NChAT YOKI JNChQ1 me'yorning 60% sutka davomida o’zgarishi > 30%
BA ning TASNIFI ASOSIY PATOGENETIK VARIANTLARI (G.B.Fedoseev tomonidan to`ldirilgan tasnif bo`yicha ) • infeksion-bog`liq • atopik • autoimmun • disgormonal • disovarial • asabiy-ruxiy • adrenergik disbalans • xolinergik • jismoniy zo`rig`ishdagi astma • aspirin astmasi (triada)
BRONXIAL ASTMA KEChIShI OG`IRLIGI DARAJASI • engil kechishi • o`rtacha og`irlikda kechishi • og`ir kechishi
BRONXIAL ASTMA KECHISH FAZALARI • qo`zish • nostabil remissiya • muhim remissiya (2 yildan uzoq
ASOSLARI • o`pka tomonidan: atelektaz, pnevmotoraks, o`pka yetishmovchiligi va boshqalar. • o`pkadan tashqari: o`pka-yurak, yurak yetishmovchiligi
DIFFERENSIAL TASHXIS • 1) surunkali obstruktiv kasallik • 2) o`pka emfizemasi • 3) yurak astmasi
2 pog`ona engil persistirlovchi astma har kuni: · ingalyasion kortikosteroidlar 200-500 mkg, kromoglinat yoki nedokromil, yoki uzoq vaqt ta'sir etuvchi teofillinlar; · lozim bo`lsa, ingalyasion kortiko-steroidlar dozasini oshirish. agar kortikosteroidlarning doimiy dozasi 500 mkg bo`lsa, uni 800 mkg gacha k¢taring yoki uzoq vaqt ta'sir etuvchi bronxodilatatorlar qo`shing (ayniqsa tungi simptomlarda): ingalyasion b2-ago-nistlar, teofillinlar, yoki b2-ago-nistlar tabletkalarda yoki siropda lozim bulganda (kuniga 3-4 martagacha): kiska vakt ta'sir etuvchi bronxodilatatorlar –ingalyasion b2-agonistlar
3 pog`ona. o`rta darajadagi persistirlovchi astma har kuni: ·ingalyasion kortikosteroidlar 800-2000 mkg; · uzoq vaqt ta'sir etuvchi bronxodilatatorlar, ayniqsa tungi simptomlarla: ingalyasion 2-agonistlar yoki teofillinlar, yoki 2-agonistlar tabletkalarda yoki siropda lozim bo`lganda (lekin kuniga 3-4 martadan kam): qisqa vaqt ta'sir etuvchi bronxodilatatorlar - ingalyasion 2-agonistlar
Pag`onalar Xuruj davrida qo`llaniladigan dori vositalari lozim b¢lganda: qisqa vaqt ta'sir etuvchi bronxodilatatorlar - ingalyasion 2-agonistlar Xuruj davrida qo`llaniladigan dori vositalari 4 poqona. og`ir persistirlovchi astma har kuni: · ingalyasion kortikosteroidlar, 800-2000 mkg va undan ortiq; · uzoq ta'sir etuvchi bronxodilatatorlar: ingalyasion ?2-agonistlar yoki teofillinlar va/yoki ?2-agonistlar tabletkalarda yoki siropda; · uzoq vaqtga peroral kortikosterodlar
Ustivor(bazis) davo BA ning ustivor davosi asosini yalig`lanishga. qarshi terapiya tashkil etadi. 1.Kromoglikat natriy. 2. Nedokromil natriy. 3. Kortikosteroidlar (ingalyasion, sistemali). 4. Spesifik immunterapiya.
Kromoglikatnatriy va nedokromil natriy yengil BA ni davolashda asosiy o`rinni egallaydi. O`rtacha og`ir va og`ir kechishida samara kam. Mazkur moddalar surunkali yalig`lanishda allergik reaksiyani ingibir-laydi va bronxning giperreaktivligini kamaytiradi
Kortikosteroidlar BA ni davolashda yallig`lanishga qarshi samarali modda hisoblanadi. Araxidon kislotasi metabolizmga, leykotrienlar va prostoglandin sinteziga ta'sir qiladi, kapillyarlarlar o`tkazuvchanligini pasaytiradi, sitokinlar ishlab chiqarilishini ingibirlaydi, yallig`lanish xujayralar faollashuvini tormozlaydi, nafas yo`li silliq mushaklari β-reseptorlari reaktivligini oshiradi
PROGNOZ Kasallikning vaqtida aniqlanishi, bemorning ongi va o`zini nazorat qila bilish qobiliyatiga bog`liq. Tajovuzkor omillar yo`qotilishi va o`z vaqtida malakali tibbiy yordamga murojaat qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega.